1. Butli o’rgimchakning tuzilishidagi o'ziga xos belgilar.
2. 0 ’rgimchakning ip bezlarining vazifasi va ahamiyati.
3. Salpuglar va pichano’rarlar turkumlariga tavsif.
4. Kanalaming tuzilishidagi parazitlikka moslanish belgilari.
5. Kanalar keltirib chiqaradigan kasalliklar.
6.SoIpug, o’rgimchak va kanalaming tuzilishi aks ettirilgan rasmlami chizing.
32-MASHG’ULOTSKOLOPENDRAMISOLIDA KO’POYOQLILARNINGTUZILISHI Tip.Bo’g’imoyoqlilar- ArthropodaKenjatip.Traxeyalilar-TracheataSinf.Ko’poyoqlilar-MyriopodaKenjasinf.Laboyoqlilar-Chilopoda Turkum.Skolopendralar-ScolopendromorphaAvlod.Skolopendralar-Scolopendra Tur.Halqaliskolopendra-Scolopendrasingulata
Ishning maqsadi: halqali skolopendra misolida ko' poyoq iilarning tuzilishini o’rganish.
Kerakli jihozlar: fiksasiya qilingan ko’poyoqlilar, petri kosachasi, qo’l lupalari, ninalar, buyum oynalari, binokulyarlar, mikroskoplar va ko’rgazmali vositalar.
Ishningmazmuni. Halqali skolopendra issiqsevar ko'poyoqlilardan bo’lib, 0 ’rta Osiyo, xususan O’zbekiston- ning tog’li tumanlarida keng tarqalgan (60-rasm).
Uning uzunligi 10-15 sm.ga yetadi. Ba'zida 28 sm kattalikda bo'lishi mumkin. Gavda shakli silindrsimon uzun, bosh va tana qismlardan iborat. Rangi qoramtir qo’ng’ir
’ tusga ega. Gavdasi 24 segmentdan tashkil topgan bo’lib, bulaming faqat 21 tasi aniq ko’rinadi (II-XXII bo’g’inlar). Boshidagi bir juft bo’g’imli mo’ylovlar-antennalari sezuv va hidlov vazifasini bajaradi. Bosh qismida mo’ylovlaridan tashqari, juft jag’lari: yuqori jag’ mandibula va ikki jufit pastki jag’lari-maksillalari mavjud. Mandibula ovqatni maydalaydigan asosiy organdir, chunki uning oxirgi' bo’g’imida xitindan iborat «tishcha»lari bo’ladi.
Maksillalar ovqatni ushlab turish va og’izga olib kelish vazifasini bajaradi. Shuningdek, bosh qismida har bir antennaning asosida mayda sodda ko’zlari joylashgan.
Boshdan keyin birinchi tana segmentida bir jufit o'roqsimon katta laboyoqi joylashgan (shuning uchun ham bularni laboyoqlilar deyiladi). Bu oyoqlar yordamida ular o'ljasini tutadi va o’ldiradi. Bu oyoqning oxirgi bo’g’imi
176
o’tkirlashib ilmoqqa aylangan va uchida zahar bezining yo’li (nayi) ochiladi. Zahar bezlari esa oyoqning asosida joylashgan.
Navbatdagi tana segmentlari yelka va qorindan yassilangan. Ularning uzunligi har xil bo’lib, uzun va kalta bo’g’imlar galma-gal bo’lib joylashgan. Bo’g’imlarning xitinli kutikulasi hamma joyida bir xil qalinlikda emas, ya'ni yelka plastinkasi-tergit va qorin plastinkasi-stemitda xitin qalin bo’lib, bo’g’im yon plastinkalari-plevralarda esa xitin juda yupqa bo’ladi. Shu sababli qirqoyoq yon tomonlarga burilib tez harakat qiladi. Har bir bo’g’imda bir jufitdan yurish oyoqlari mavjud. Skolopendraning 7 bo’g’imli oyoqlari tez yurishga va yugurishga hamda o’z o'ljasini qattiq ushlashga moslashgan. Oxirgi juft oyoqlari boshqalaridan uzunroq, ilmoqsimon, orqaga qayrilgan bo’lib, sudralib yuruvchi oyoq deb yuritiladi. Tananing oxirgi ikkita bo’g’imi juda kichkina bo’lib, oxirgi segmentda anal teshigi joylashgan. Tana yon tomonlarida (deyarli hamma uzun bo’g’imlarda) nafas teshigi-stigmalari mavjud.
Ishningbajarilishi:fiksasiya qilingan skolopendralami petri kosachasiga solib, ularning tashqi tuzilishini toMiq o’rganib chiqing. So’ngra uning bosh qismini ajratib olib, qo’1 lupasi yordamida bosh qismidagi organlami o’rganing. JagMarini ajratib olib buyum oynasiga qo’yib bir tomchi suv tomizing va yopqich oyna bilan yopib, mikroskopning kichik ob'ektivi orqali kuzating.