1-mashg’ulot mikroskopning



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə46/75
tarix19.12.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#186228
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

Ishning mazmuni. YomgTr chuvalchangi tuproqda yashaydi. Ko’p hollarda yomgTrdan so’ng yoki kechalari tashqariga chiqadi. Uzunligi 15-20 sm boTib, oldingi va
132



keyingi uchlari biroz ingichkalashgan. Tanasi deyarli bir xil tuzilishga ega bo’lgan segmentlar (halqalar) dan tashkil topgan. Yelka tomoni qoramtir, qorin tomoni esa oqishroq rangda boMadi. Tanasining oldingi tomonidagi (ikkinchi) bo’g’imida qorin tomonidan og’iz, oxirgi bo’g’imining uchida esa anal teshigi joylashgan. Tanasining har segmentida 8 tadan (tananing ikki yon tomonida) tukchalari bo’lib, ular harakat qilish organi hisoblanadi. Tanadagi 32- 37-segmentlar (yelka tomonidan) ancha yo’g'onlashib belbog’ni (mufta) hosil qiladi. Unda suyuq modda ishlab chiqaradigan bir necha mayda bezlar joylashgan. Bu bezlar ishlab chiqargan suyuqlik chuvalchang qo’ygan tuxum- laming ustini o’rab, pilla hosil qilish uchun ishlatiladi. Ko’payish vaqtida belbog’dan pillalar hosil bo’ladi. Pillalar chuvalchanglaming bosh qismidan ajralib, tuproq ichida qoladi va ularda yosh lichinkalar shakllanadi.
Yomg’ir chuvalchangi tanasining segmentlari tashqi tomondan bir-biridan segmentlararo egatcha orqali ajralib turadi. Chuvalchangning yelka tomonidagi bu egatchalarda teshikchalar bo’lib, ular orqali tana bo’shlig'i suyuqligi chiqib turadi va terini namlaydi. Buning natijasida, chuvalchangning teri orqali nafas olishi osonlashadi. Yomg’ir chuvalchangining terisi juda yupqa kutikula bilan qoplangan. Uning asosida bir qavatli epiteliydan tashkil topgan teri joylashgan. Terida bir hujayrali juda ko’p bezlar mavjud bo’lib, ular ishlab chiqargan shilimshiq modda terini namlab turadi. Epiteliy-teridan keyin halqasimon muskullar, undan keyin esa bo’ylama muskullar joylashgan. Kutikula, teri va muskul qavatlari bilan birgalikda chuvalchangning teri-muskul xaltani hosil qiladi. U esa ikkilamchi tana bo’sh!ig'i tselomdan uning devoridagi entoteliya (epiteliy)
* orqali ajralib turadi.
Yomg'ir chuvalchangi ikki jinsli (germafrodit). Erkaklik jinsiy a'zolari ikki juft urug’dondan iborat bo’lib, ular 10- va 11-segmentlarda joylashgan. Urug'donlaming ustini uch juft
133



urug’ pufaklari o’rab turadi. Bu pufaklarda urug’ yig'iladi, so'ngra o’ng va chap urug’ yoMlari orqali 15-segmentdan erkaklik jinsiy teshigiga ochiladi. Urg’ochilik jinsiy organlari 13-segmentda joylashgan bir juft tuxumdon va tuxum yo’llaridan tarkib topgan. Tuxum yoTlari 14-segmentdan, qorin tomonida joylashgan jinsiy teshigi orqali tashqariga ochiladi. Bulardan tashqari, 9 va 10-segmentlarda joylashgan ikki juft urug’ qabul qilgichlar ham urg’ochilik jinsiy sistemasiga kiradi. Chuvalchanglar qo’shilganda (juftlash- ganda) bir-biriga sperma almashishadi.
Yomg’ir chuvalchangining ovqat hazm qilish sistemasi ektodermik kelib chiquvchi oldingi ichak, endodermik o’rta va ektodermik kelib chiqqan orqa ichakdan iborat (46-rasm). Ovqat hazm qilish sistemasi gavdaning oldingi uchida joylashgan og’iz teshigidan boshlanadi. Og’iz bo’shlig'i ancha kengaygan halqum bilan tutashgari. Halqumning keyingi uchi ingichkalashib qizilo’ngach bilan ulanadi. Qizilo’ngach jig’ildon bilan, u esa muskulli oshqozon bilan tutashgan. Og’iz, halqum, qizilo’ngach, jig’ildon va muskulli oshqozon hammasi birgalikda ichakning oldingi qismini tashkil qiladi. Muskulli oshqozondan keyin boshlanadigan o’rta va orqa ichaklar tananing keyingi uchidagi anal teshigiga borib yakunlanadi.
Yomg’ir chuvalchangining ayiruv organlari uning har bir segmentida bir juftdan joylashgan kiprikli voronkasimon nefridiyalardan iborat. Naychalaming uchi navbatdagi segmentdan tashqariga ochiladi. Nefridiyalar barcha seg- mentlarda takrorlanadi, shunga ko’ra, ularni metanefridiylar deb ataladi.
134



A B
46-rasm. Yomg’ir chuvalchangi - Lumbricus terrestrining tuzilishi
A-ichki tuzilishi: 1-og’iz (prostomium); 2-halqum usti nerv tuguni; 3- halqum; 4-qizilo’ngach; 5,13-halqa qon tomirlari; 6-orqa qon tomiri; 7- urug’ xaltalari; 8-urug’donlar; 9-urug’ voronkalari; 10-urug’ yo’li;
11- halqalar o'rtasidagi to’siq; 12-metanefridiylar; 14-ichak; 15-oshqozon; 16-jig’ildon; 17-tuxum yo'li; 18-tuxum voronkalari; 19-tuxumdon; 20-urug’ qabul qilgich (rim raqamlari tana halqalarini ko’rsatadi).
B-ko’ndalang kesimi: 1-kutikula; 2-teri epiteliysi; 3-halqali muskullar;
4- bo’ylama muskullar; 5-tselom epiteliysi; 6-metanefridiy; 7-qillar; 8- mezenteriy; 9-qorin qon tomiri; 10-nervosti tomiri; 11-qorin nerv zanjiri; 12- xloragogen hujayralar; 13-ichak bo'shlig'i; 14-pleksus; 15-tiflozol; 16-tiflozol tomiri; 17-yelka qontomiri.

Qon aylanish sistemasi yopiq. Suyuq qon faqat tomirlarda harakatlanadi. Asosiy katta qon tomirlari ikkita, orqa qon tomirlari ichakning ustidan o’tadi. Unda muskullar ancha rivojlanganiigi uchun qisqarish va kengayish xususiyatiga ega. Natijada, u qonni harakatlantiradi. Ikkinchi katta qon tomiri, ya'ni qorin tomiri ichakning pastki


135



tomonidan o’tadi. Qon suyuqligi orqa qon tomirida tananing keyingi uchidan bosh tomonga qarab, qorin tomiridan esa uning teskarisiga qarab harakatlanadi. Bulardan tashqari, qizilo’ngach atrofida beshta halqasimon qon tomirlari mavjud. Ular qizilo’ngachni halqa shaklida o’rab olib orqa va qorin tomirlarini bir-biri bilan tutashtirib turadi. Bu halqasimon qon tomirlar ham qisqarib turish xususiyatiga ega. Ular qonni orqa qon tomiridan qorin qon tomiriga qarab haydaydi. Shuning uchun ular «yurak» deb ham ataladi. lchakni o’rab olgan va oziqa moddalar hamda qoldiq moddalami yig’ib oluvchi kapillyar qon tomirlar to’plami orqa qon tomiriga kelib qo’shiladi. Terida joylashgan qon kapillyarlari kislorodga boy bo’ladi. Yomg’ir chuval- changlarida maxsus nafas olish organlari bo’lmaganligi uchun gaz almashish butun teri yuzasi orqali amalga oshadi.
Yomg’ir chuvalchangining nerv sistemasi tananing oldingi qismdagi juft halqum usti nerv tugunlari, halqum atrofi konnektivalar va qorin nerv zanjiridan iborat. Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Ko’zlari boTmaydi, terisi yuzasida sezgir hujayralari mavjud.
Ishning bajarilishi: yirikroq yomg’ir chuvalchangini bir varaq oq qog’oz ustiga qo’ying, hamda uning bosh, dum, yelka va qorin tomonlarining, bir-biridan farqini aniqlang. Tanasi qisqarib harakat qilishiga e'tibor bering. Igna bilan chuvalchangga ta'sir ko'rsatib uning bosh tomonini aniqlang (boshi ta'sirga tez javob qaytaradi). Chuvalchang harakat qilayotgan paytida segmentlarda tuklar qog’ozga ishqalanib chiqaradigan tovushni eshiting. Tuklar borligini aniqlashning navbatdagi usuli - chuvalchangning tanasini barmoqlaringiz orasidan o’tkazib yuborsangiz, uning tanasida tuklaming borligiga ishonch hosil qilasiz. qog’oz ustiga chuvalchangning anal teshigidan chiqarilgan loyga e'tibor bering, bu chuvalchang tomonidan yutilgan tuproqdir. Chuvalchangning 32-37-bo’g’imlarida joylashgan belbog'ini va 14-15-segmentlaridajoylashganteshiklami toping.
13«



Mikroskopning kichik ob'ektivi orqali yomg’ir chuvalchangi tanasidagi ko’ndalang kesmaning bo’yalgan preparatini kuzating. Unda ichak devorining tuzilishi, metanifridiylar, qon tomirlari va nerv elementlarini aniqlang.
Yomg’ir chuvalchangini ochish uchun uni 100-150 spirt eritmasiga solib 10-15 daqiqa davomida oMdiriladi. Keyin uning ustida hosil bo’lgan shilliq moddalar yuvib tashlanadi. Chuvalchang vannachaga qorin tomoni bilan joylanib, bosh gangliyasini shikastlamaslik uchun biroz chetrog'idan to’g’nag’ich-nina bilan sanchib qo’yiladi. Ikkinchi nina yordamida dumining uchidan tarang tortib vannachadagi mumga sanchilib mustahkamlanadi. Shundan keyin tanasining oxirgi uchiga yaqin joyidan o’tkir uchli qaychi yordamida terisi ko’ndalangiga kesiladi. So’ngra qaychining bir uchi juda yupqa terining ostiga kirgizilib chuvalchangning bosh tomoniga qarab kesiladi va qirqilgan teri to’g’nag’ichlar bilan ikki tomonga vannachaga sanchib qo’yiladi. Ichki organlari ochilgan yomg’ir chuval- changlarining qo’l lupasi yordamida ovqat hazm qilish organlarini o'rganing va qizilo’ngach atrofidagi halqasimon qontomirlarini kuzating. Qonning qizil rangda ekanligiga e'tibor bering. Nerv sistemasini o’rganish uchun halqum ostida joylashgan oq rangdagi nerv tugunini toping, so’ngra ichakni kesib tashlab, uning ostidagi qorin nerv zanjirini kuzating.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin