DAFNIYAVA SIKLOPMISOLIDAJABRAOYOQLIVAMAKSILLOPODAQISQICHBAQALARIBILANTANISHISH Tip.Bo’g’imoyoqIilar-Arthropoda Kenjatip.Jabrabilannafasoluvchilar-BranchiataSinf.Qisqichbaqasimonlar-Crustacea Kenjasinf.Jabraoyoqlilar -Branchiopoda Turkum.Bargoyoqliqisqichbaqasimonlar-PlyllopodaAvlod.Dafniyalar-Daphnia Tur.Dafniya- Daphniapulex Kenjasinf.Jag’oyoqliIar-MaxillopodaTurkum.Kurakoyoqlilar-CopepodaAvlod.Syklopslar-Cyclops Tur.Siklop -Cyclopsstrenuous Ishning maqsadi: qisqichbaqasimonlardan jabra-oyoqli va kurakoyoqlilarga mansub bo’lgan xilma-xil hayvonlar bilan tanishish.
Keraklijihozlar:tirik dafniya va siklonlar, pinset, tomizgichlar, preparatlar, lupalar, mikroskoplar, binokulyar- lar, soat va buyum oynalari va ko’rgazmali vositalar.
Ishningmazmuni: Dafniya hovuzlar, koMlar va sholi-
* poyalarda hayot kechiradi. Tanasi 1-3 mm kattalikda bo’lib, ikki yon tomondan yassilangan va xitinli chig’anoq bilan qoplangan. Chig’anoq yupqa va tiniq bo’lganligi uchun uning ichki organlari ko’rinib turadi. Chig’anoqning oldingi
159
va orqa tomoni ochiq bo’lib, uning ichidan doimo suv o’tib turadi (54-rasm).
Suv bilan birga dafniyaning qorin qismidagi jabrali oyoqlari atrofiga suvga erigan kislorod keladi. Chig’anoqning keyingi uchi muvozanatni saqlash vazifasini bajaradigan o’simta hosil qiladi.
Dafhiyaning boshi yarimshar shaklida bo’lib, uning oldingi qismi tumshuqsimon cho’zilgan bo'ladi. Bosh qismidagi antenulallari rivojlanmagan, juft antennalari ancha uzun bo’lib, ularning har biri ikki shoxchadan tashkil topgan. Ular dafniyaning harakatlanish organidir. Dafniya antennalari yordamida suvga tayangan holda sakrab harakatlanadi. Shunga ko’ra, u «suv burgasi» deb ham ataladi. Shuningdek, dafniyaning boshida bittadan murakkab (fasetkali) va oddiy (nauplius) ko’zlari joylashgan.