Mustaqilishuchuntopshiriqlar 1. Daryo qisqichbaqasining tashqi va ichki tuzilishidagi asosiy belgilari.
2. Daryo qisqichbaqasining jinsiy sistemasi, ko'payishi va rivojlanishi.
3. Dafniya va sikloplarning tuzilishi va bioekologik xususiyatlari.
164
4. Qisqichbaqasimonlaming amaliy ahamiyati.
5. Daryo qisqichbaqasi, dafniya va sikloplarning tuzilishi aks ettirilgan rasmlami chizing.
30 -MASHG’ULOTCHAYONLARMISOLIDAXELISERALELARNING TUZILISHI Tip.Bo’g’imoyoqlilar-ArthropodaKenjatip.Xeliseralilar-ChelicerataSinf.0’rgimchaksimonlar-ArachnidaTurkum.Chayonlar - ScorpionesAvlod.Butus-Buthus Tur.Olachiporchayon-Buthuseupeus
Ishningmaqsadi:o’rgimchaksimonlaming vakili boMgan olachipor chayonining morfoanatomik tuzilishini o’rganish.
Keraklijihoziarifiksasiya qilingan chayonlar kollekt- siyasi, lupalar, pinset, petri kosachasi, vannachkalar, ninalar, soat oynasi, binokulyarlar va ko’rgazmali vositalar.
Ishningmazmuni. Chayonlar issiqsevar hayvonlar bo’lib, o’rgimchaksimonlar orasida eng yiriklaridir. Gavdasining uzunligi 10 sm.gacha yetadi va xitinli qalqon bilan qoplangan. Tanasi boshko’krak va uzun bo’g’imli qorin qismlariga boMinadi (56-rasm).
Boshko’krakning ustki tomonida bir juft katta murakkab ko’zIari, yonida bir qancha sodda oddiy ko’zlari joylashgan. Boshko'krakda 6 juft o'simtalari bo’lib, birinchi segmentdagi o’simtalar xeliseralar deb ataladi. Xeliseralar o’zgargan oyoqlar bo’lib, uch bo’g’imdan iborat. Birinchi bo'g'im qisqa bo’lib, qolgan ikki bo'gMmi qisqich hosil qiladi. Xeliseralar yordamida chayonlar ovqatni maydalaydi.
Boshko’krakning ikkinchi juft o’simtasi bu pedipalplardir. Ularning har biri 6 ta bo’g’imdan iborat. Pedipalplar sezish organi boMish bilan birga oziq moddalami (hasharotlami) ushlash va og’izga olib kelish vazifasini ham bajaradi. Chayonlarning haqiqiy yurish oyoqlari 4 juft bo’lib, ular boshko’krakning keyingi to’rt segmentida joylashgan. Oyoqlar bo’g’imlarga boMingan bo’lib, oxirgi panjasi uchida
166
juft timoqchalari bo’ladi.
Chayonning qorin bo’limi 12 ta bo’g’imdan tashkil topgan. qorin qismi o’z navbatida ikkiga, ya'ni 7 bo’g’imli keng yoki oldingi va 5 bo’g’imli tor yoki orqa qorindan iborat. Orqa qorin bo’g’imlari bir-birlariga harakatchan qo’shilgan, shuning uchun yelka tomoniga bemalol qayriladi. Orqa (tor) qorindagi bo’g’imlarda hech qanday o’simtalar bo’lmaydi, biroq oxirgi bo’g’imi biroz bo'rtib turadi. Unda zahar ishlab chiqariladigan bezlar joylashgan. Bezning yoMlari nayza yoki nishtar ichidan tashqariga ochiladi. Chayonlar o’zlarini himoya qilish va g’animlarini tutishda zaharidan foydalanadilar. Keng qorinning birinchi bo’g’imidan (ventral) jinsiy teshik qopqoqchalari, ikkinchi segmentida esa taroqsimon o’simtalari bo’ladi. Ulardan keyingi 4 ta segmentida nafas teshikchalari-stigmalar joylashgan.
Ishningbajarilishi: fiksasiya qilingan chayonlami
vannacha yoki Petri kosachasiga solib, yelka tomonini qo’l lupasi orqali kuzatib, jufit katta ko’zlarini va yon ko’zlarini toping. Xelisera, pedipalpa va yurish oyoqlarining, tuzilishiga e'tibor bering. Tana bo’limlarini aniqlang. Chayonning qorin tomonini ham qo’l lupasi bilan kuzating. Undagi jinsiy teshik qopqoqchalari, taroqsimon o’simtalar va stigmalarni toping. Tanasining oxiridagi nishlarga e'tibor bering. Chayonning tashqi tuzilishini (yelka va qorin tomondan) o’rganing.