Ishningmaqsadi:o’rgimchaksimonlaming vakillari falanga, qoraqurt va kanalaming tashqi tuzilishi bilan tanishish.
Keraklijihozlar:fiksasiya qilingan falangalar, o’rgimchaklar va kanalar, petri kosachasi, soat oynasi, qo’l lupalari, vannachalar, binokulyarlar va ko’rgazmali vositalar.
Ishningmazmuni.Solpugalar,ya'nifalangalar. Falangalar ancha yirik o’rgimchaksimonlardan bo’lib, gavdasining rangi och-sarg’ish tusda, kattaligi 5-10 sm atrofida boMadi. Issiq va quruq joylarda yashaydi. Ular yirtqich hayvonlar bo’lib, asosan bo’g’imoyoqlilar bilan oziqlanadi. Falanga tanasi boshko’krak, 2 ta erkin ko’krak bo’g’imi va 10 bo’g’imli qorin bo’limlaridan iborat (57-rasm).
169
Tananing butun yuzasi uzun tuklar va qillar bilan qoplangan. Boshining yuqori tomonida 2 ta katta murakkab ko’zlari, boshko’krakning birinchi segmentida esa arra tishli yo’g'on bir juft xeliseralari joylashgan. Xelisera oMjani tutish va maydalash hamda in qazish vazifasini bajaradi.
Boshko’krakning ikkinchi bo’g’imida bir juft uzun va bo’g’imli yurish oyoqlariga o’xshab ketuvchi pedipalpalari mavjud bo’lib, u sezishga, mayda narsalarni ushlashga va yurishga yordam beradi. Pedipalpalarning uchi tirnoqcha bilan tugallanadi.
To’rt juft yuruvchi oyoqlarining hammasi 7 bo’g’imli bo’lib, tuklar bilan qoplangan va uchlari qo’sh timoqlar bilan qurollangan. Falangalarda zahar ishlab chiqaruvchi bezlar boMmaydi, ammo u tishlaganda juda qattiq og’ritgani holda, undan shish ham paydo boMadi. Bu esa xeliseralaridagi har xil infeksiyalaming jarohatlangan joyga tushganidan so’ng
170
yuzaga keladi.
Qoraqurt - zaharli o’rgimchaklardan biri hisoblanadi. Uning chaqishi odam va yirik hayvonlar hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
Qoraqurtning gavdasi boshko’krak va qorin qismlarga bo'linadi. Boshko’krakda bir juft xelisera, bir juft pedipalpa (mo’ylovga o’xshash) va to’rt juft oyoqlari joylashgan. Zahar bezlari xeliseraning asosida bo’ladi. Qoraqurt tanasi yaqqol ajralib turuvchi bo’g’imlarga bo’linmagan (58-rasm).
58-rasm. Urg'ochi - Latrodectus tredecimguttatus (chapda) va erkak (o’ngda) qoraqurt
Urg'ochi va erkak qoraqurtlar katta-kichikligi va boshqa xususiyatlariga ko'ra farqlanishadi. Urg’ochi qoraqurtning tanasi boshko’krak va duxobaga o’xshash qora yumaloq qorin qismidan iborat. Qorin qismining ustida atrofi oq hoshiya bilan o’rab olingan qizil dog’lari bo'ladi. Urg’ochisining tana uzunligi 1-2 sm.ga teng, erkagi urg'o- chisidan 3-4 marta kichik. Erkaklarining qorin qismi cho’zinchoq bo’lib, oyoqlari uzun bo’ladi.
Pedipalpalarning uchlari yumaloq bo’lib, qo'shilish organlari vazifasini bajaradi. Qoraqurtning yurish oyoqlarining hammasi 7 bo’g’imli va tuklar bilan qoplangan. Boshko'krak ustida 4 juft ko’zlari joylashgan. Qornining
171
uchida ipak (tola) ishlab chiqaruvchi 3 juflt so’gaIIari mavjud. Ularning shakli naysimon, noksimon va pufaksimon ko’rinishda bo’ladi. Bezlar ajratgan ana shu suyuqliklar so’gallar orqali tashqi muhitga chiqib, darhol qotib ipga aylanadi. Qoraqurt bu tolalardan uya va pilla yasashda foydalanadi.
Urg’ochi qoraqurtlar voyaga yetganda o’zi to’qigan inda yashaydi. Ulaming urugManishi iyun va iyulning boshlariga to’g’ri keladi. Kopulyatsiya (qo’shilish)dan keyin urg’ochilari erkaklarini yeb qo’yadi. UrugMangan urg’ochi- lari yangi joylarga ko’chib o’tib, tuproqdagi chuqurchalar, kemiruvchilaming inlari, yirik toshlar ostiga in quradi. Maxsus pillalar to’qib, ichiga 100-700 tagacha tuxum qo’yadi. Bu holat sentyabr oyigacha davom etadi. Tuxumdan chiqqan yosh qoraqurtchalar pillalar ichida qishlaydi. Aprel oyida yosh qoraqurtchalar pilladan chiqib shamol yordamida (tolalar chiqarib) atrof-muhitga tarqaladi. Yosh qoraqurtcha- lar bir necha bor po’st tashlab iyun oyida jinsiy voyaga yetadi. Urg’ochi qoraqurtlar bir yerdan ikkinchi yerga ko’chganda (may, iyun, iyul) odam va turli hayvonlarni
' chaqishi mumkin. Qoraqurtning zahari odamga, tuya va otlarga kuchli ta'sir qilib, ulami halok qilishgacha olib kelishi mumkin. Erkak qoraqurtlaming zahari kamroq va ta'siri kuchsiz bo’ladi.
Iksod kanasi. Iksod (it) kanasining boshko’krak va qorin qismlari qo'shilib ketib, yaxlit xaltasimon ko’rinishda bo’ladi. Iksod kanasining tanasi qoramir jigarrangda, ovalsimon yoki tuxum shakliga ega. Urg’ochilarining uzunligi 15mm.gacha, erkaklariniki esa 5mm.ga yetadi. Gavdasidagi hamma bo’g’imlar qo’shilib ketgan bo’lib, boshko'krak va qorin boMimlarga aniq ajralmagan (59-rasm).
172
www.ziyouz.com kutubxonasi
59-rasm. Iksod kanasining tuzilishi
A,B-urg'ochi och kana, orqa (A) va qorin (B) tomonidan ko'rinishi,
V-qonga to'ygan kana, G-ichki tuzilishi: 1-xartumcha; 2-so’lak bezlari; 3-malpigi naychalari; 4-traxeyalar; 5-tuxumdon; 6-miya; 7-qizilo’ngach;
8-o’rta ichak; 9-o’rta ichakning ko’r o’simtalari. D-Iichinkaning qorin tomonidan ko'rinishi, E-nimfa, J-xartumning ko'rinishi, 1-gipostom;
2-xeliseraning oxirgi bo’g’imi; 3-pedipalpasi.
Tanasining oldingi qismida xelisera va pedipalpalaming birikishidan hosil bo’lgan xartumchasi (gnatosoma) mavjud. Bu sanchib-so’ruvchi og’iz apparatidir. Xeliseralarida uchi orqa tomonga qarab joylashgan xitindan iborat ko’p ilmoqchalari bo’ladi. Kanalar xeliseralari yordamida xo’jayini terisini qirqib qon so’radi. Shakli o’zgargan pedipalplar-gipostom deb ataladi.
Gipostom ilmoqlari va xeliseralar xo’jayin terisiga mahkam ushlanib turishga yordam beradi. Tanasining oldingi uchida 4 juft yuruvchi oyoqlari joylashgan. Kananing xitinli kutikulasi uning yelka tomonida qalqon hosil qiladi. Bu qalqonning katta-kichikligi urg’ochi va erkak kanalarda turli xil boMishi mumkin. Erkaklarida qalqon deyarli butun yelka qismini, urg’ochilarida esa uchdan bir qismini qoplab turadi.
Ishningbajarilishi:fiksasiya qilingan falangalarni petri
173
kosachasi yoki vannachalarga solib, qo’l lupasi yordamida ularning tashqi ko’rinishini atroflicha ko’rib chiqing. Xuddi shunday ishlami o’rgimchaklar va kanalar bo’yicha ham bajaring.
Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
1. Qaysi o'rgimchaksimonlarda zahar bezi bo'lmaydi?
A. Qoraqurtda; B. Falangada; S. Biyda; D. Chayonda;
2. Erkak o'rgimchaklaming kuyikish a'zolarini aniqlang?
A. Yurish oyoqlari; B. Xeliseralari; S. Pedipalpalari;
D. Pedipalp va xeliseralari;
3. Falanglaming eng yirigi qancha bo'ladi?
A. 30-40 mm; B. 50-70 mm; S. 3-4 sm; D. 10-15 sm;
4. Yosh qoraqurtning qorin ustida nimasi bo'ladi?
A. To'r to'qiydigan bezlari bor; B. Qora dog'lari bo'ladi;
5. Qizg'ish dog'lar bo'Iadi; D. Oq dog'lari bo'ladi;
5. To'rt jufl oyoq qaysi bo'g'imoyoqlilarda mavjud?
A. Qisqichbaqasimonlar; B. O'rgimchaksimonlar; S. Hasha-
, rotlar; D. Barchasida;
6. Butli o’irgimchak to’r to’qish bezlari qayerda joylashgan?
A. Qorinchada; B. Pedipalpada; S. Xeliserada; D. Ko’k- rakda;
7. O'rgimchak tanasining bo'limlari?
A. Yaxlit boshko'krak va qorin; B. Bosh, ko'krak va qorin;
S. Bosh, bosh ko'krak va qorin; D. Bosh va ko'krak;
8. O'rgimchakning qorin bo'limi uchida nima bo'ladi?
A. Ikki juft o'rgimchak so'gallari; B. Butsimon oqish dog';
S. Xeliseralar; D. Pedipalplar;
9. O'rgimchakning nafas olish organini aniqiang?
A. Bir juft o'pka va traxeyalar; B. Ikki juft o'pka; S. Ikki tutam traxeyalar; D. Ikki juft o'pka va bir tutam traxeyalar;
174