Suvarakning gavdasi 2-3 sm uzunlikda bo’lib, tanasi bosh, ko’krak va qorin bo’IimIaridan iborat. Gavda yelka dan qorin tomonga qarab yassilangan. Bosh bo’limi 5 ta segmentning qo’shi!ishidan hosil bo’Igan bo’lib, ko’krakka uchburchak-simon shakldagi ingichka bo’yincha orqali tutashgan (62-rasm).
62-rasm.Qora suvarakningichkituziiishi A-orqa tomondan, B-yon tomondan ko'rinishi. 1-so’lak bezi rezervuari;
2-so’lak bezi; 3-jig’ildon; 4-muskulli oshqozon; 5-o’rta ichak; 6-malpigi naychalari; 7-orqa ichak; 8,9-traxeya; 10-qorin nerv zanjiri; 11-urug’don; 12-jinsiy bezlar; 13-yurak; 14-bosh miya; 15-simpatik nerv sistemasi;
16-orqa ichakning pilorik (ko'r) o'simtalari.
a) Ovqat hazm qilish sistemasi og’iz bo’shlig’idan boshlanadi (63-rasm).
Og’iz bo’shlig’iga bir juft so’lak bezlari ochiladi. Bu bezlarning keyingi qismi kengayib, so’lak to’planadigan rezervuarni hosil qiladi. So’lak qattiq ovqatni ho’llash uchun xizmat qiladi. Suvarakning xalqumi naysimon qisqa qizilo’ngachga aylangan. Qizilo’ngach xaltasimon kengayib, jig’i!donni hosil qiladi. Undan keyin muskulli oshqozon bo’lib, uning devorida xitinli «tishcha»lar mavjud. Ular yordamida oziq moddalar to’liq maydalanadi. Tomoq, qizilo’ngach, jig’ildon va muskulli oshqozon ichakning oldingi bo’limini tashkil qiladi. Muskulli oshqozonning keyingi qismi kardial klapanga aylangan. U ovqatni ichakka o’tkazib turadi va teskari tomonga harakat qilishiga yo’l qo’ymaydi. 0 ’rta ichak ingichka naycha shaklida bo’lib, oldingi boshlanish qismida 8 ta ko’r (pilorik) o’simtalari mavjud bo’lib, ular ham xuddi o’rta ichak singari (hasharotlarda jigar bo’lmaganligi sababli) ovqatni shimib olish va hazm qilish vazifasini bajaradi. Orqa ichak ikki qismga: yo’g'on va to’g’ri ichakka bo’linadi hamda anal teshigi bilan tugaydi. Hazm boTmagan ovqat qoldiqlari orqa ichakning keyingi boTimida yig'iladi va tashqariga chiqariladi. Suvaraklaming oldingi va keyingi ichak yuzasi, xuddi boshqa hasharotlamikidek kutikula bilan qoplangan.
b) Suvarakning qon aylanish sistemasi ochiq (65-rasm).
Uzun naycha shaklidagi yurak yelka qoplagTchining ichki yuzasida, ya'ni qorin boTimida joylashgan. Yurak 13 ta kameradan iborat. Har bir kamerada ikkita teshikchalar, ya'ni ostiyalar boTib, ulardagi klapanlar qonning yurakdan chiqib ketishiga qo’ymaydi. Yurakning keyingi tomoni tutash, oldingi tomoni esa cho’zilib, suvarakning tana bo’shliqiga ochiladigan bosh aortaga aylangan. Yurak yupqa parda devorli kamera ichida joylashgan. Suvarakning qoni bosh tomonga yo’naIgan aorta tomiri orqali kelib, bo’shlig'iga quyiladi va tana suyuqligi bilan aralashib gemolimfani hosil qiladi. Gemolimfa organlar orasidan oqib o’tib yurak oldi kamerasiga va ostiyalar orqali yurakka o’tadi.
181