1-mashg’ulot mikroskopning



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə64/75
tarix19.12.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#186228
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

65-rasm. Qora suvarak yuragining tuzilishi
1-yurak kameraiari; 2-aorta; 3-ostiyalar; 4-qanotsimon muskullar; 5-traxeyalar.

Yurak kameralari yurakning keyingi uchidan boshlab oldingi uchiga qarab birin-ketin qisqaradi va qon suyuqligi oldinga qaydaladi, natijada qon yurakdan aortaga chiqadi va undan boshi yaqinida tana bo’shlig'iga kelib quyiladi. Suvarakiar va umuman barcha hasharotlaming gemolimfasi gazlarni tashishda ishtirok etmaydi, u orqali faqat oziq moddalar va modda almashinuvi maxsulotlari tashiladi. Shu sababli hasharotlar qonida eritrositlar yoki shunga o’xshash qon elementlari, xususan gemoglabin mavjud bo’lmaydi. Gemolimfa esa rangsiz, sarg’ish yoki yashil tusda bo’ladi.


v) Suvaraklaming nafas olish organlari traxeya naychalaridan iborat (66-rasm).

182




4
66-rasm. Qora suvarakning traxeya sistemasi
1-traxeya stvollari; 2-stigmalar; 3-oshqozon; 4-pilorik o'simtalar; 5-o’rta ichak; 6-orqa ichak.

Halqum usti nerv tuguni yoki bosh miya uch boMimdan iborat. Oldingi boMimi-protoserebrum, o’rta-deytoserebrum va orqa boMim-tritoserebrum.


Asosan uch jufit traxeya naychalari bo’lib, ular tananing yon tomonida, yelka qismida va qorin tomonida joylashgan. Asosiy traxeya naychalari shoxlanib, mayda tarmoqlarga va juda ingichka traxeollarga boMinadi. Bulaming naychali o’simtalari to’qimalar va hujayralargacha kirib boradi. Ular orqali to’qimalarga kislorod kirib, karbonat angidrid chiqariladi. Traxeya naychalari nafas olish teshiklari- stigmalar orqali tashqi muhit bilan bogMangan boMib, ular qorin qismida joylashgan. Suvarakning traxeya sistemasi gazlar almashinishini ta'minlaydi.
g) Suvarakning ayiruv organlari sistemasi uning o'rta ichagi bilan orqa ichagining tutashgan joyiga kelib qo'shiladigan uzun ipsimon-malpigi naychalaridan iborat. Bu naychalaming erkin uchi berk, soni 80-100 tagacha boMadi.
183



Malpigi naychalari asosiy ayiruv organlari bo’lib, hasharot tanasidan ichak bo’shlig'iga moddalar almashinuvida ajralgan chiqindi suyuqliklarni chiqarish uchun xizmat qiladi. Yog’ tanachalari ham ayiruv jarayonida ishtirok etadi.
d) Suvarakning markaziy nerv sistemasi xalqum usti, xalqum osti nerv tugunlari hamda qorin nerv zanjiridan tashkil topgan (67-rasm).


Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin