1. Мashinalar kompleksini tanlash va ularning texnik tavsiflariFoydalanilgan Adabiyotlar
KIRISH О‘zbekistoda konchilik sanoati mamlakatimiz sanoatining yirik tarmoqlaridan biri bо‘lib, xalq hо‘jaligini rivojlantirish va samaradorligini yuqori bо‘lishini ta’minlashda katta ahamiyatga egadir. Chunki konchilik sanoati tarmoqlarida neft, tabiiy gaz, kо‘mir, rangli metall, nometall qurilish materiallari kabi kо‘plab foydali qazilma konlarini qazib chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritadilar. Konlarni qazib olish ishlari masshtabining nihoyatda kengligi, mehnat va kapital talabligi, shuningdek kon qazish ishlarini tobora chuqurlashib borishi tufayli qazish ishlari sharoitlarining murakkablashishi va nafaqat konchilik sanoati texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarini, balki butunlay xalq xо‘jaligining samaradorligiga ham salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Shu sababli konchilik ishlari samaradorligini oshirish mamlakat xalq xо‘jaligining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Konchilik sanoati texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarini yaxshilashga, birinchi navbatda, konlarni progressiv ochiq usulda qazib olishni rivojlantirish orqali erishiladi. Chunki foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan istiqbolli usul hisoblanadi. Ochiq usulda kon qazishning qudratli industrial bazasi mavjudligi va foydali qazilma zaxiralarining katta qismi yer yuziga yaqin joylashganligi tufayli hozirgi vaqtda mamlakatimizda qazib olinayotgan qattiq mineral xom ashyoning katta qismi (80-85%) ana shu progressiv ochiq usulda qazib olinmoqda. Keyingi yillarda mamlakat karyerlarida ilmiy texnika taraqqiyoti natijalari asosida takomillashgan texnika va innovatsion texnologiyalarni qо‘llanishi orqali ochiq usulda kon qazish ishlari iqtisodiy kо‘rsatkichlarini yaxshilashga erishilmoqda. Bu esa о‘z navbatida konlarni ochiq usulda qazib olish doirasini yanada kengaytirishga imkon yaratmoqda. Hozirgi vaqtda xar yili yer ostidan 8 mln tonnadan oshiq yoqilg’i , 570 mln t qora metal rudasi , 170 mln trangli metal rudasi 620 mln t industrial mineral hom ashyosi qazib olinmoqda. Konchilik sanoatining quyidagi tarmokari mavjud bulib ular yukori suratlarda rivojlanib bormokda. Yoqilg’i qazib chiqarish ( ko’mir, yonuvchi slanetslar, neft ,tabiiy gaz uran) Rangli mettallurgiya ( oltin , kumush, mis, rux, qurgoshin , volfram va boshkalar) Kon kimyo xom ashyosi kazib chikarish ( apatit , fosforit va turli mineral tuzlar) Tabiiy kurilish materiallari kazib chikarish ( granit , marmar , tuf , oxaktosh , shagal , kum, soz tuprok va boshkalar. Xar yili respublika konlarida taxminan 5.5 milliard dollarlik mikdorda foydali kazilmalar olinmokda va ular yoniga 6-7 milliard dollarlik yangi zaxiralar kushilmokda.Oltin zaxiralari buyicha respublika dunyoda 4-urinda, uni kazib olish buyicha 7-urinda turadi .Mis zaxiralari buyicha 10-11 –urinda ,uran zaxirasi buyicha 7-8- urinda turadi. О‘zbekiston katta kumir zaxiralariga yega .Uning geologik zaxiralari buyicha Markaziy Osiyoda 2- urinda turadi.Uzbekistonda kumir Angren, Shargun, Boysun, konlarida kazib olinadi. Ularnig umumiy zaxirasi 2 milliard tonna. О‘zbekistonda kimmatbaxo metallar bilan bir katorda uran xam ishlab chiariladi.Aniklangan uran zaxiralari 50-60 yil mobaynida kazib olishga etadi. О‘zbekiston ragli metallar – mis , kurgoshin, rux ,volfram, va shu guruxga kiruvchi boshka metallarning aniklangan zaxiralariga yega. Ishlab turgan konlar mis va unga yldosh metallarni 40-50 yil, rux va kurgashinni 100 yildan kup vakt kazib olishni taminlaydi. Respublikada 20 ta marmar , 15 ta granit koni borligi aniklangan.Koplama toshlarnig umumiy zaxiralari 85 million kubometrdan ortib ketadi. О‘zbekistonda juda katta kaliy tuz konlari mavjud bulib bular Kashkadaryo viloyaatidagi Tubakat va Surxondaryo viloyaatidagi Xujaimkon konlaridir .Taxminiy xisoblarga karaganda, kaliy tuzlari 100 yilga yetadi. О‘zbekiston oltin konlaridan 144 tasi Davlat geologiya fondi kadastrida ruyxatdan utkazilgan 12 tasi ishga tushrilgan 16 tasida kidiruv ishlari yakunlangan 15 tasida yesa kidiruv ishlari olib borilmokda. Kurs loyixasini bajarishdan maksad konchilik korxanisining kon geologik sharoitlarini urganish, texnikalarni shu sharoitlardan kelib chikib tugri ekspluatatsiya kilish , ularni unumdorligini aniklash orkali korxonaning iktisodiy kursatgichlarini aniklash va baxo berish , konchilik sanoatida kullanilayotgan texnikalarni texnik tavsiflarini urganish va ularni kullash tartiblari, koidalari va shartlarini urganish xamda ularni joriy kilish. Yüklə 0,61 Mb. Dostları ilə paylaş: |