1.Mashinalar kompleksini tanlash va ularning texnik tavsiflari 1.1. EKG-8I ekskavatori Ekskavatorlar - kon jinslarini kovlab olib ag‘darmaga tо‘kish yoki transport vositasiga yuklash uchun mо‘ljallangan yer kovlaydigan mashinalardir. Barcha ekskavatorlar ikki guruhga ajratiladi:
bir chо‘michli uzlukli va kо‘p chо‘michli uzluksiz ish jarayonli.
Bir chо‘michli ekskavatorlar kam jipslashgan yumshoq jinslarni qazib oladi yoki yumshatilgan qattiq jinslarni qamrab yig‘ib oladi va о‘z navbatida ma’lum masofaga siljitadi, siljitish vaqtida qamrash yoki qazib olish tо‘xtaydi; kо‘p chо‘michli ekskavatorlarda esa bu jarayonlar bir vaqtning о‘zida bajariladi.
Har qanday bir chо‘michli yoki kо‘p chо‘michli ekskavator quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi: ish bajaruvchi, mexanik, yurish va kuch berish uskunalari, boshqarish mexanizmlari, rama bilan platforma, ustki qurilmalar va kuzov.
Umumiy holda ekskavatorlar quyidagi belgilari bо‘yicha sinflarga ajratiladi:
- bajaradigan ishi turi va ishga belgilanishiga kо‘ra;
- chо‘michi hajmi (V, m3 - bir chо‘michli ekskavatorlar uchun) yoki nazariy unumdorligi (Q, m3/tonna – kо‘p chо‘michli ekskavatorlar uchun) bо‘yicha;
- ish bajaruvchi, yurish va kuch berish uskunalari turi bо‘yicha.
Ekskavator ish sikli ketma-ket bajariladigan quyidagi jarayonlardan tashkil topgandir:
kon jinsini qazish va chо‘michni tо‘ldirish (qamrash);
chо‘michni zaboydan kо‘tarish;
chо‘michni yuk tо‘kish joyiga burish;
chо‘michdagi yukni transport vositasiga yoki ag‘darmaga bо‘shatish;
zaboyga burilish;
navbatdagi qazish jarayonini boshlash uchun chо‘michni joyiga tushirish.EKG-8I ekskavatorining umumiy kurinishi (1-rasm)da kursatilgan.
1-rasm. EKG-8I tugri lopatali ekskavatori. 1-rukoyat; 2- strela; 3- vanti (tutib turuvchi ilgaklar) ;4- padkoslar ;5- ikki oyokli stoyka (tayanch) ; 6- kovush ; 7- kovush ilgaki bloklari ; 8- egarli podshibnik ; 9- kuch beruvchi lebedka ( chigir) ; 10- yurish mexanizmi reduktor.