Tarbiyaning maqsadi. Tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi xususida fikr yuritganda, uning aniq maqsadga yo’naltirilgan hodisa ekanligi ta’kidlanadi. Inson kamolotiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, bu omillar ichida tarbiya muhim va yetakchi o’rinda turar ekan. Haqli savol tug’iladi: tarbiyaning maqsadi nima? Uning maqsadini kim va nima belgilab beradi?
Tarbiyaviy ishning samaradorligi mana shu savollarga to’g’ri javob topishga bog’liq. Ya’ni, birinchi navbatda, tarbiya bilan shug’ullanadigan har bir tarbiyachi, avvalo, o’z faoliyatini va unda ko’zda tutilgan maqsadni aniq tasavvur eta olishi, bu maqsadning muhimligini tushunishi lozim. Demak, qanday odamni tarbiya qilish darkor, tarbiya natijasida inson qanday bo’lishi kerak, degan savollarni avvaldan tasavvur etish zarur ekan. Bu maqsad jamiyatning barkamol inson shaxsini tarbiyalashdek masalasini ko’ndalang qo’yadi.
Tarbiyaning vazifalari keng va ko’p qirralidir. Ta’limning asosiy vazifasi o’qituvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish bo’lsa, tarbiya yosh avlodda jamiyatimizda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan e’tiqodni, axloqiy malaka va ko’nikmalarni, ehtiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat. Tarbiyashunos olim Abdulla Avloniy o’zining „Turkiy gulis-ton yoxud axloq“ asarida inson kamolotida tarbiyaning o’rnini alohida ta’kidlab, shunday degan edi: „Janobi Haq insonlarning asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkazmoq tarbiya vositasida bo’ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib, go’zal xulqlarga odatlanib katta bo’lsa, baxtiyor bir inson bo’lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o’ssa, nasihatni qulog’iga olmaydigan, har xil buzuq ishlarni qiladigan nodon, johil, bir rasvoyi odam bo’lib chiqadi“.
Axloqimiz binosining go’zal va chiroyli bo’lishida tarbiyaning ta’siri kattadir. Yuqorida biz, tarbiyadan maqsad - barkamol insonni tarbiyalash, degan edik. Xo’sh, barkamol inson deganda kimlarni tushunmoq kerak?
Sharqona tarbiya ming yillar mobaynida islomiy axloq qoidalari asosida tarkib topib borgani tarixdan ma’lum. Qur’oni Karim oyatlari, Payg’ambar alayhissalom hadislari, ulamo va hukamo-larimizning kitoblari tarbiyamizning manbayi bo’lib xizmat qilgan. Islomiy tarbiya musulmonlar hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan.
Islomiy tarbiya bolani yetti jihatdan tarbiyalashni maslahat beradi. Bular: sog’liq va badan tarbiyasi, aqliy tarbiya, estetik tarbiya, axloqiy tarbiya, vijdoniy-nafsoniy tarbiya, diniy-ruhiy tarbiyadir.
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam „Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga, tarbiyasini, odobini ham yaxshilanglar!“ deganlar. Shu bilan birga, „Hech bir ota o’z farzandiga xulq-odobdan yaxshiroq meros qoldirolmaydi“ deb, tarbiyada ota-onaning rolini belgilab o’tganlar.
Islomiy (sharqona) tarbiya barcha mo’min-u musulmonlarni nihoyatda xush xulqli, shirin so’zli, oliyjanob bo’lishga da’vat etadi.
Bir rivoyatda yaxshi tarbiya ko’rganning o’nta nishonasi sanab o’tiladi:
Xalq to’g’ri deb topgan narsaga noto’g’ri deb qaramaslik.
O’z nafsiga insof berishni so’rash.
Boshqalardan ayb qidirmaslik.
Birovda yomonlik sodir bo’lsa, uni yaxshilikka yo’yish.
Agar gunohkor uzr so’rasa, uning uzrini qabul qilish.
Muhojirlar hojatini chiqarish.
El g’amini yeyish.
O’z aybini tan olish.
El bilan ochiq yuzli bo’lish.
10. Odamlar bilan shirin muomalada bo’lish.
Turli tarixiy davrlarda tarbiyaning maqsadi ham, xususiyati ham o’zgarib boradi. Buni ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm va kapitalizm formatsiyalari misolida ham ko’rish mumkin. Ibtidoiy jamoa tuzumida tarbiyaning maqsadi oddiy bo’lib, shunchaki insonning hayot kechirishini ta’minlashga xizmat qilgan.
Quldorlik tuzumida quldorlar va qullarning paydo bo’lishi tarbiyaning xususiyati va maqsadini ham o’zgartirdi. Quldorlarning bolalari hukmron bo’lishga intildilar, bosqinchilik urushlari olib borish uchun harbiy san’atni o’rganib bordilar. Qullarning bolalari oddiy qora ishni bajarish, mehnat jarayonida ishtirok etishga o’rgatildi.
Feodalizm tuzumiga kelib tarbiya keskin tabaqalana boshladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivoj topa borishi ta’lim mazmunini o’zgartirib yubordi, ta’lim sekin-asta ilmiy xarakter kasb eta boshladi, bu, o’z navbatida umumiy ta’lim kurtaklarining paydo bo’lishiga olib keldi. Endi feodal bolalariga ilmiy bilimlar berish, ularni maxsus maktablarda tarbiyalash zarurati tug’ildi.
Kapitalizmga kelib tarbiyaning tabaqalanish xususiyati yana kuchliroq sezila boshladi. Ishlab chiqarish kuchlari va munosabat-larining rivojlanishi, ishlab chiqarish korxonalarida ishlash, dastgohlarni boshqarish, ish unumdorligini oshirish ishchilardan savodxonlikni, ilmli bo’lishni talab etdi. Bu davrga kelib ishchilar-ning bolalariga ham birmuncha ilm berish, o’qish davrida ularga shaxsiy mulkni muqaddas ekanligini uqtirib borish tarbiyaning asosiy maqsadi bo’lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: |