1-Mavzu : Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari Reja



Yüklə 28,65 Kb.
səhifə5/7
tarix03.10.2023
ölçüsü28,65 Kb.
#151655
1   2   3   4   5   6   7
1-Mavzu Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifa-fayllar.org

Jismoniy tarbiya. Jismoniy tarbiya inson kamolotiga ta’sir etadigan eng qadimiy tarbiya vositalaridan hisoblanadi. Umumta’lim maktablarida amalga oshiriladigan jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari o’quvchilarning salomatligini mustahkamlash, ularni mehnatga, mustaqil mamlakatimizni himoya qilish va ijtimoiy hayotga tayyorlashdan iborat.
Maktabda o’quvchilarga jismoniy tarbiya harakatli o’yinlar, gimnastika, sinfdan va maktabdan tashqari sport mashg’ulotlari turlari vositasida beriladi.
Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslaridan ko’zda tutilgan maqsad, asosan, bolalarni o’z qaddi-qomatini to’g’ri tutishga, muhim harakatlarni (yurish, sakrash, yugurish) to’g’ri bajarishga odatlantirish va buyumlar bilan mashq bajarishga o’rgatishdan iborat. Eng muhimi, bolalarga salomatligi haqida o’zi g’amxo’rlik qilishi zarur ekanligi to’g’risidagi fikrni singdirishdir. Chunki inson salomatligi, jismoniy barkamolligi nafaqat uning shaxsiy ishi, balki bu davlat ahamiyatiga molik vazifa hamdir.
Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifa o’quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o’rgatib, hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir. Bu vazifalarni ikki turkumga ajratish mumkin. Birinchidan, mehnatga bo’lgan munosabat jarayonidagi zarur bilim va ko’nikmalarni o’z ichiga oladi. Yoshlarda xalqi, vatani manfaati yo’lida mehnat qilish xohishini tarbiyalab, mehnatga hayotiy zarur faoliyat deb qarashlarini tarkib toptirishga erishiladi. Ikkinchidan, guruh vazifalari, mehnat faoliyatini bajarish jarayonida zarur bo’ladigan bilimlar o’zlashtiriladi, fan asoslari, politexnik ta’lim o’rganiladi.
Mehnat tarbiyasi tushunchasi umumiy bo’lib, bu tushuncha bir qancha xususiy tushunchalarni o’z ichiga oladi. Bulardan birinchisi: politexnik ta’lim, bu ishlab chiqarishning barcha sohalariga taalluqli bo’lgan ilmiy asoslarni va prinsiplarni, mehnat ko’nikma va malakalari, oddiy mehnat qurollari bilan muomala qilish kabilarni o’zlashtirishni taqozo qiladi.
Ikkinchisi: bu umumiy mehnat. Umumiy mehnat o’quvchi-larni mahsulot ishlab chiqariladigan faoliyatga jalb etilishini taqozo qiladi. Uchinchisi: ijtimoiy-foydali mehnat. Bu mehnat turi ko’pchilik foydasiga ishlashni nazarda tutadi (temir-tersak, makulatura yig’ish, sinf, maktabni ta’mirlashga yordam berish, maktab uchastkasida ishlash). To’rtinchisi: o’z-o’ziga xizmat qilish. U maishiy xizmat turiga kirib, sinf, maktab ozodaligini saqlash, o’zining ish joyini, kiyim-kechagi, o’quv qurollarini ozoda, tartibli saqlashni nazarda tutadi. Beshinchisi: uy mehnati, bu ham maishiy mehnat turiga kirib, uyda ozodalikka rioya qilishni, ota-onaga uy ishlarida yordam berishni taqozo qiladi.

Yüklə 28,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin