Statik sinflar asosan ikki holatda qo'llaniladi. Birinchidan, metod yaratishni kengaytirishda staticsinf talab qilinadi. Metodlarni kengayish asosan LINQ tiliga bog'liq va shuning uchun 19 bobida batafsilroq ma'lumot beriladi. Ikkinchidan, staticsinf bir-biriga bog'liq staticmetodlarni saqlashga xizmat qiladi. Uning qo'llanilishi quyida ko'rib chiqiladi. Quyidagi dasturda keltirilgan NumericFnsinfi son qiymatlar bilan ishlovchi staticmetodlar qatorini saqlash uchun xizmat qiladi. NumericFnsinfining barcha a'zolari staticdeb e'lon qilinganligi sababli, bu sinf ham ob'ektlarining nusxalarini olish jarayonini istisno qilish maqsadida staticdeb e'lon qilindi. Shunday qilib, NumericFnklassi mantiqiy jihatdan bog'liq metodlarni guruhlash uchun qulay vositalarni taqdim etishni tashkillashtiruvchi rolini bajaradi. // static sinfdan foydalanishni namoyish etish. using System; static class NumericFn { // Sonning teskari qiymatini qaytarish. static public double Reciprocal(double num) { return 1/num; } // Sonning qoldiq qismi qiymatni qaytarish. static public double FracPart(double num) { return num - (int) num; } // Agar num o'zgaruvchining qiymati juft bo'lsa, true mantiqiy qiymatni qaytarish. static public bool IsEven(double num) { return (num % 2) ==0 ? true : false; } // Agar num o'zgaruvchining qiymati toq bo'lsa, false mantiqiy qiymatni qaytarish. static public bool IsOdd(double num) { return !IsEven(num); }