1-Mavzu. Axborot texnologiyalari faniga kirish


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə4/5
tarix18.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#156848
1   2   3   4   5
1-Mavzu. Axborot texnologiyalari faniga kirish

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A.A.Abdukodirov, A.G.Xayitov, R.R.Shodiеv «Axborot tеxnologiyalari» «O‘qituvchi» nashriyoti. T., 2002 y.


2. S.S.Gulomov, A.T. Shеrmuxammеdov, B.A.Bеgalov «Iqtisodiy informatika» «O‘zbеkiston» nashriyoti. T., 1999 y.


2-Mavzu. Internet, elektron pochta va masofaviy ta’lim tizimlari


Reja:

  1. Internetda elektron pochta tizimi.
  2. Internetda elektron pochta orqali tasvir, rasm, turli fayllar yuborish.




Tayanch so‘zlar: internet, global tarmoq, electron pochta, e-mail, pochta qutisi, electron ta`lim, masofaviy ta`lim

Internet foydalanuvchiga juda ko‘p turdagi informatsion xizmatlarni taqdim etadi. Shunday xizmatlardan biri elektron pochta (E-mail) xizmatidir. Elektron pochta (E-mailmaxsus dastur bo‘lib, u yordamida foydalanuvchi dunyoning istalgan joyidagi elektron adresga xat, hujjat yoki ixtiyoriy faylni jo‘natishi va qabul qilib olishi mumkin. Eng asosiysi xat manzilga bir zumda etib boradi. Lekin undan foydalanish uchun avvalambor foydalanuvhi maxsus pochta yoki Internet tarmog’iga bog’langan bo‘lishi va shaxsiy elektron adresga ega bo‘lishi lozim. Elektron adresni provayder beradi. Internetda biror server orqali, masalan, www.mail.ru da yangi elektron adres ochish tartibi amalga oshiriladi.


Elektron pochta yordamida (komputer orqali) dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjatlarni jo‘natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochta orqali xat jo‘natish oddiy pochta xizmatiga qaraganda arzon va tez amalga oshiriladi. E-mail xabarlari odatda faqat matndan iborat bo‘ladi, lekin unga grafik tasvir, audio va video fayllarni ham kiritish mumkin. Hozirda elektron pochtaning ko‘plab dastur-mijozlari mavjud: Pine, mail, Eudora, Netscape va boshqalar. Pine elektron pochtasi ko‘pgina oliy o‘quv yurtlarida, turli tashkilotlarda o‘rnatilgan bo‘lib, u foydalanishda soddaligi va internetning ko‘pgina xizmatlarida qo‘llanilishi bilan ajralib turadi. Lekin hozirda Windows operatsion tizimida ishlash uchun ancha qulay bo‘lgan maxsus dasturlar: MS Exchange, MS Outlook Express va boshqa elektron pochta tizimlari mavjud.
Internet yoki elektron pochta tarmog’iga ulangan har bir komputer o‘zining alohida manziliga va har bir foydalanuvchi o‘zining maxsus nomiga ega bo‘lishi mumkin. Shuni ham ta’kidlash joizki, bir fovdalanuvchi bir nechta elektron manzilga ega bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, lekin bir manzil har xil fovdalanuvchiga berilishi mumkin emas. Elektron manzilni provayder beradi. Elektron manzilning nomi @ belgisi bilan ajratilgan ikki qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni
1. Internetda biror server orqali, masalan, www.mail.ru da yangi elektron adres ochish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi.
Dastlab Internet Explorer dasturi ishga tushiriladi, hosil bo‘lgan dastur oynasining adreslarni kiritish satriga klaviaturadan foydalanib www.mail.ru yozuvini kiritish kerak bo‘ladi. Natijada 1rasmdagidek oyna hosil bo‘ladi.


1 rasm. Mail.ru qidiruv serveri.

Oynaning Registratsiya v pochte bo‘limiga sichqoncha chap tugmachasini bir marta bosgan holda murojaat etsak, quyidagi oyna paydo bo‘ladi (2 rasm).


2 rasm.
Bu oynadagi Nachat registratsiyu tugmasini bosib, Registratsiya oynasini hosil qilamiz (3- rasm).

3- rasm
2. Endi bu oynadagi   belgili satrga pochta muallifining nomi (yoki foydalanuvchining elekrton manzili) kiritiladi.
Navbatdagi   belgili satrga yangi pochta uchun parolni kiritamiz va kiritilgan parolni   nomli satrga qayta yozib tasdiqlaymiz.
Ba’zan kiritilgan parolni unutib qo‘yishimiz mumkin. Bunday holatda Registratsiya oynasining

sahifasidagi maxfiy savoljavoblar bo‘limiga murojaat qilish zarur. Buning uchun avval doim esimizda turadigan biror savolni quyidagi

satrida joylashgan savollar ichidan tanlaymiz, agar maqbul savol mavjud bo‘lmasa, u holda quyidagi

satrdagi yozuv maydoniga o‘zimizni qiziqtirgan savolni kiritamiz. Har ikkala holda ham javobni keyingi

javoblar maydoniga kiritamiz. Shundan keyin o‘zimiz haqimizdagi qo‘shimcha ma’lumotlarni (ismimiz, familiyamiz, tug’ilgan sanamiz va boshqalar) tegishli bo‘limlarga 4rasmdagi singari kiritamiz.

4  rasm.
Shunday qilib, biz parolni mabodo unutib qo‘ysak, yuqoridagi savollarga javobni aniq topgan holdagina pochtani ochishimiz mumkin. Aks holda elektron pochtani ocha olmaymiz.
Va nihoyat, joriy oynaning quyi qismidagi Zashita ot avtomaticheskix registratsiy bo‘limida tasvirlangan olti xonali qayd etish raqamini klaviatura orqali bo‘sh turgan (5-rasm)

5-rasm.
to‘rtburchakli soha ichiga yozamiz va Zaregistrirovat pochtoviy yashik tugmasini bosib ishni tugallaymiz (6-rasm).

6-rasm.
Shunday qilib, agar yangi pochta ochish jarayonida barcha amallar to‘g’ri bajarilgan bo‘lsa, foydalanuvchining shaxsiy elektron manziliga ega bo‘lganligi munosabati bilan administratorning maxsus tabriknomasi oynada nomayon bo‘ladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin