1-Mavzu. Axborotni ruxsatsiz foydalanishlardan himoyalash


-Mavzu. Ijtimoiy injeneriyada xujumlar tahlili



Yüklə 21,76 Kb.
səhifə2/7
tarix21.12.2023
ölçüsü21,76 Kb.
#188332
1   2   3   4   5   6   7
1-Mavzu. Axborotni ruxsatsiz foydalanishlardan himoyalash-fayllar.org

2-Mavzu. Ijtimoiy injeneriyada xujumlar tahlili.
Aqliy hujum” - aytilayotgan barcha g‘oyalar bir–biriga nisbatan muhimlikda tengdir; -kiritilayotgan g‘oyalar tanqid qilinmasligi kerak;g‘oyani taqdim etayotgan paytda so‘zlovchining gapini bo‘lmaslik;so‘zlovchiga nisbatan baholovchi komponent mavjud emas; olg‘a surilgan g‘oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi; ish sifatiga emas, soniga qaratiladi, g‘oyalar qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi; istalgan g‘oyalarni mumkin qadar kengaytirish va rivojlantirishga harakat qilinadi; muammo yechimidan uzoq g‘oyalar ham qo‘llab-quvvatlanadi; barcha g‘oyalar yoki ularning asosiy mag‘zi (farazlari) qayd etish yo‘li bilan yozib olinadi; «xujum»ni o‘tkazish vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart; beriladigan savollarga qisqacha (asoslanmagan) javoblar berish ko‘zda tutilishi kerak. «Tanishuv» - jamoa ishtirokchilarini bir-biri bilan tanishtirish, ijodiy muhitni yuzaga keltirish,talabalarning shaxsiy sifatlarini ochish, auditoriyada ishlash uchun qulay sharoitni vujudga keltirish

«Intervyu» - talabani savolni to‘g‘ri tuzish, savol bera olish, savolga to‘g‘ri davob berish, boshqalarni tinglay olish madaniyatiga o‘rgatishga qaratilgan. «Blits-so‘rov» - talabalarni harakatlar ketma-ketligini to‘g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, ma’lumotlarning keraklisini tanlab olishni, o‘zgalar fikrini hurmat qilish va ularga o‘z fikrini o‘tkaza olish hamda o‘z faoliyati, kunini rejalashtira olishni o‘rgatishga qaratilgan.«Bahs-munozara» - oydin bo‘lmagan fikrlarni oydinlashtirish, aniq bo‘lmagan dalillarni asoslash, shuningdek, haqiqatni to‘laqonli anglashga yordam beradi. Bashs-munozarani tashkil etish ma’lum qoidalarga asoslanishi zarur. Chunonchi, o‘zgalarning fikrini diqqat bilan tinglay olish, o‘z fikrini ilgari surishda ishonchli dalillardan foydalanish.


“Insert” – avvalgi bilimlarni faollashtirish, matn bilan ishlash jarayonida ta’lim oluvchiga o‘zining mustaqil faol kuzatish imkonini ta’minlovchi kuchli, o‘zlashtirishning vazifalarini yechish va o‘quv materialini mustahkamlash, kitob bilan ishlashning malakalarini rivojlantirish o‘qitish usulidir.«Iyerarxiya» - oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o‘tish usullarini qo‘llash orqali talabalarni mantiqiy, tanqidiy va ijodiy fikrlashga o‘rgatishga qaratilgan.«Talaba» - talabalar bilan yakkama-yakka holda ishlash o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi to‘siqni yo‘q qilish, hamkorlikda ishlash yo‘llarini o‘rgatishga qaratilgan. «Charxpalak» - talabalarni o‘tilgan mavzularni yod olishga, berilgan savollarga to‘g‘ri javob berishga va o‘z-o‘zini baholashga o‘rgatishga qaratilgan.
«FSMU» - talabalarni fikrni bayon etishni, fikr bayoniga sabab ko‘rsatishni, sababni asoslovchi misol ko‘rsatishni va fikrni umumlashtirishni o‘rgatishga qaratilgan.



Yüklə 21,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin