1-mavzu: Birjalarning iqtisodiy mohiyati



Yüklə 39,43 Kb.
səhifə2/4
tarix05.08.2023
ölçüsü39,43 Kb.
#138758
1   2   3   4
Tovar birjasi, birja faoliyati tushunchasi va mohiyati-fayllar.org

Birja tarixi

Zamonaviy birjalar va tovarlar bilan birja orqali savdo qilishning asosida yotadigan tamoyillar ko'p asrlik shakllanish va rivojlanish tarixiga ega.



Qadimgi Gretsiya va qadimgi Rim markaziy bozor muassasasi, umumiy tovar ayirboshlash operatsiyalari, pul tizimi, uzoq muddatli tovar etkazib berishga shartnomalar tuzish amaliyotga ega savdo tajribasiga ega bo'lgan. Rim imperiyasi gullab-yashnagan davrda foravendalia (sotuv bozori) deb nomlangan savdo markazlari rimliklar imperiyaning uzoq hududlaridan keltirgan tovarlarni sotishning markazi hisoblangan. Yaponiyada birja savdosining qadimiy shakli eramizdan avvalgi I asrda mavjud bo'lgan. Biroq bu iqtisodiy institutlar boshqa xalqlar tsivilizatsiyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Lekin shunga qaramay, zamonaviy birja savdosining ko'plab tamoyillari boshqa madaniyatlarda ham o'xshab ketadi. Zamonaviy birjalar esa bevosita G'arbiy Yevropa xalqlarining hayoti va ijodi bilan bog'liq bo'lib, birja savdosi shakllarini tahlil qilgan holda G'arbiy Yevropa madaniyatining ruhiy, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlarini ko'rish mumkin.
G'arbiy Yevropa «superetnosi» (bir vaqtning o'zida bitta mintaqada paydo bo'lgan, tarixda to'laqonli bir surat sifatida namoyon bo'ladigan, bir nechta etnos-xalqlardan iborat bo'lgan etnik tizim) Buyuk Karl va uning imperiyasi davrida, ya'ni IX asrning boshida vujudga kelgan. XI asrga kelib esa G'arbiy Yevropa xalqlari etuk holatga etadi. Aynan XI asrning oxiri va XII asrning boshlarida Angliya va Frantsiyada o'rta asrlarga xos ilk yarmarkalar paydo bo'ldi. XII asrning o'rtalariga kelib bu yarmarkalar yiriklashib, xilma-xil ko'rinishga ega bo'ldi. Ixtisoslashuvning rivojlanishi bilan ayrim yarmarkalar mejdu ingliz, flamand, ispans, frantsuz va italyan savdogarlari o'rtasida savdoning markazlashuviga aylandi. XIII asrda naqd pul bilan joyida hisob-kitob qilish va tovarni darho etkazib berish asosidagi bitimlar eng tarqalgan va odatiy bo'lgan; biroq bu paytda belgilangan namunalar bo'yicha sifat standartlariga ega, kelishilgan muddatda tovarni keyinroq etkazib berishga shartnomalar tuzila boshladi.
«Birja» tushunchasi etimologik jihatan grek tilidagi “Birsa” (sumka, hamyon), nemis tilidagi borse va XV asrda ilk paydo bo'lgan joyi - Bryugge shahri (Niderlandiya) bo'yicha golland tilidagi bturs so'zlaridan olingan. Gap shundaki, bu shaharda taniqli sarrof va makler Van der Burse ning uchta hamyondan iborat bo'lgan gerbli uyi yonidagi maydonda turli mamlakatlardan kelgan savdogarlar savdo axboroti almashinish, xorijiy veksellar sotib olish va oldi-sotdi predmetini muayyan ko'rsatmasdan turib boshqa savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun to'planardi. Biroq bir necha yil ichida yangi iqtisodiy munosabatlar turiga nom bergan bu birja 1460 yilda vujudga kelgan Antverpen birjasiga o'rnini bo'shatib berdi. Bu birja shaharning geografik jihatdan qulay joylashganligi va uning savdo aloqalari tufayli dunyo ahamiyatiga ega edi.
XV-XV1 asrlarda birjalar yirik tovar partiyalari bilan tashqi savdo operatsiyalarini riovjlantirish zaruratining namoyon bo'lishi sifatida Italiya va Gollandiyada manufakturalar paydo bo'lgan joylarda vujudga kela boshladi. Antverpen birjasiga qarab Lion (1545), London Qirollik birjasi (1566) va boshqa birjalar vujudga kelib, ular asosan tovar va veksellar bilan savdo qilgan. 1602 yilda tashkil qilingan Amsterdam birjasi XVII asrda jahon savdosida bosh rolni o'ynagan, unda endi paydo bo'la boshlagan aktsiyadorlik kompaniyalarining aktsiyalari ilk bor birja bitimlari predmetiga aylandi. AQShda tovar bozorlari 1752 yildan beri mavjud; ularda mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlar, uy xo'jaligi mahsulotlari, to'qimachilik mahsulotlari, teri va jun, metall va yog'och bilan savdo qilingan.
Dastlab real tovar birjasi, ya'ni manufaktura ishlab chiqarishiga mos keladigan ulgurji savdo shakli vujudga kelgan. Uning zamonaviy birjalarga ham xos bo'lgan ajratib turuvchi jihatlari savdoni tiklashning muntazamligi, savdoning oldindan o'rnatilgan qoidalarga va belgilangan joyga bog'lab qo'yilganligi hisoblanadi. Birja operatsiyalarining eng xarakterli turi naqd tovar bilan operatsiyalar hisoblanadi. Birja savdosining bu bosqichida faqat xaridor va ishlab chiqaruvchi yoki iste'molchi o'rtasida aloqa o'rnatilgan. Birjalarni ta'sis etish juda sekin borgan va asosan halqaro savdo bandargohlari uchun etakchi birjalar bilan cheklangan.
Sanoat inqilobi xomashyo va oziq-ovqatga talabning kengayishi, savdo hajmi va nomenklaturasining o'sishiga olib keldi, tovarlar sifatining bir xilligi va ta'minotning muntazamligiga talablarni kuchaytirdi. Maishna ishlab chiqarishining bu talablarini qondirish zarurati birinchi turdagi birjalarning o'zgarishini, ularning yangi sharoitlarga moslashuvini asoslab berdi. Xususan, bozordan o'rin ajratish, birja savdosini tashkil qilish va savdo odatlarini qayd etish bilan birga birjalarning asosiy funktsiyalari qatoriga tovar standartlarini belgilash, namunaviy shartnomalar ishlab chiqish, narxlarni kotirovkalash, muammolarni tartibga solish (arbitraj) va axborot faoliyati ham qo'shildi. Birjalar asta-sekinlik bilan halqaro savdo markazlariga aylandi.
Savdo aylanmasi o'sish sur'atining tezligi, jahon bozorining vujudga kelishi naqd tovar partiyalari asosida savdo yuritishni qiyinlashtirdi. Ommaviy ishlab chiqarish ularning narxi o'zgarib turadigan xomashyo etkazib berilishiga ishonchdan tashqari kapitalga, jumladan, tovar shaklida sotish bosqichida turgan mahsulot chiqarishga sarflangan kapitalga foyda olishni ham talab qiladi. Narxlarning keskin o'zgarishi riskni sezilarli oshirib, foyda olishdan ishonchi komil bo'lishni pasaytiradi. Natijada birja operatsiyalarida tadbirkorlarga talab qilingan sifatli tovarni kerakli paytda foyda olish imkoniyatini ta'minlaydigan narxda etkazib berishni kafolatlaydigan real tovar bilan muddatli bitimlar etakchi rol o'ynay boshladi. Birja savdosining rivojlanishida keyingi bosqichga fyuchers (ulgurji sirtqi, naqdsiz) savdosining vujudga kelishi aylandi. Zamonaviy fyuchers savdosi tarixi AQShning O'rta Sharqida 1800-yillarning boshida boshlangan. U Chikagoda tijorat faoliyati va O'rta G'arbda don savdosining rivojlanishi bilan uzviy bog'liq.
Talab va taklif sohasidagi betartiblik, yuk tashish va saqlash muammolari fermerlar va savdogarlarni tovarlarni keyin etkazib berish sharti bilan shartnomalar tuzishga majbur qildi. Makkajo'xori etkazib berishga oldindan shartnomalar ilk bor daryo orqali savdo qiluvchi savdogarlar tomonidan tuzilgan bo'lib, ular fermerlardan donni kech kuzda va qishning boshida olganlar, biroq uni makkajo'xori kemaga yuklash uchun yaroqli holatga kelgunga, daryoda muz erib ketgunga qadar saqlashlari lozim bo'lgan. Qishki saqlash paytida narxning tushib ketishi riskini kamaytirish uchun bu savdogarlar Chikagoga borib, u erda donni qayta ishlaydigan korxonalarga bahorda don etkazib berish bo'yicha shartnomalar tuzganlar. Shunday qilib, ular o'zlariga xaridorlar va don narxini kafolatlagan. 1851 yilning 13 martida iyun oyida etkazib berish sharti bilan 3 ming bushel (75 tonna atrofida) makkajo'xori etkazib berishga shartnoma imzolangan.
XIX asrning oxirlariga kelib, fyuchers savdosi shunchalik tezlasha boshladiki, savdo amaliyotini rasmiylashtirish, shartnomalarni standartlashtirish, hisob-kitob va xulq-atvor qoidalari, maummolarni hal qilish tartibini belgilash zarurati vujudga keladi. XX asrning boshlarida esa yangi tovar birjalarining vujudga kelishi bilan fyuchers savdosi yana va yana rivojllana boshladi.




    1. Yüklə 39,43 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin