1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari


O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlari



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə34/111
tarix18.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#100237
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   111
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlari


  • Mulkchilik shakllari



    O`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar o`tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institustional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me`yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko`maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O`zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda.

    Kichik biznes faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar davlatga bog`liq bo`lmagan holda, ya`ni katta kapital mablag`larsiz o`zlari ish joylarini joriy etishlari, vaqtinchalik mavjud bo`lgan tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va, hattoki, bu tanqislikni butunlay yo`qotishlari mumkin. Hozirgi jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning ehtiyojlarini qondirish sari yo`naltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat ko`rsatish hamda xalq iste`moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko`rinmoqda. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g`oyat katta ahamiyatga ega.


    Bizning respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar O`zbekistan Respublikasining «Korxonalar to`g`risida», «Mulk to`g`risida», «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to`g`risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmon-lari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me`yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda.
    Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida sano-atning etakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o`tishda tobora o`z o`rnini topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish bilan ish jarayonini ta`minlovchi butun tizimni asosiy bog`lovchilik sifatini o`zlarida namoyon etmoqdalar.
    Bugungi kunga kelib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda, xalq iste`moli mollarini, qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa sohalarda faoliyat ko`rsatmoqda.
    Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari ishlab chiqargan mahsulot davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan qolishmasligi va, hatto, ayrim hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi. Respublikamizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatining 60-70 foizi bevosita ishlab chiqarish bilan uzviy bog`langan, ular fermerlar, dehqonlar, sanoatchilar va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchilar va hokazolardir.
    Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalar olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznesni rivojlantirishni yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmoniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustda PF3305-sonli Farmoni qabul qilindi.
    Kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan ular bozor sharoitiga tez moslashadilar hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli o`tishini ta`minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Chunki, kichik korxonalar o`z faoliyatlarini tor ishlab chiqarish dasturlariga, ilg`or texnologiyaga, kam turkumli ilm-fan talab qiladigan mahsulotlar chiqarishga tezda moslaydilar hamda bozor asoslarini tez o`zlashtirib boradilar.
    Mulkchilik shakllariga ko`ra kichik korxonalarning quyidagi turlarini ajratib ko`rsatish mumkin:

    1. Davlat mulkiga asoslangan kichik korxonalar.

    2. Jamoa mulkiga asoslangan kichik korxonalar.

    3. Fuqarolarning mulkiga asoslangan yakka tartibda ishlay-digan kichik korxonalar.

    4. Ijara korxonalari.

    5. Kichik qo`shma korxonalar.

    Respublikamizda kichik biznes korxonalari sonining izchillik bilan ortishi, iqtisodiyotning barcha sektorlarida, jumla-dan, transport, aloqa, sog`liqni saqlash va boshqa noishlab chiqa-rish tarmoqlarida ham kuzatilmoqda.
    Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ham asta-sekin rivojlanmoqda. Kichik biznes korxonalarining asosiy eksporti – qishloq xo`jaligi, to`qimachilik, ishlov beruvchi, elektrotexnika ishlab chiqarish mahsulotlari hamda halq amaliy san`ati buyumlaridir.
    Yuqoridagi tahlillar shuni ko`rsatadiki, so`nggi yillarda O`zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tashkil etilmoqda. Shu bilan kichik korxonalarning iqtisodiyotdagi o`rni va ahamiyati ortib bormoqda. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:

    • xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta`minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperastiyani yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta`minlab bo`lmaydi;

    • bozor uchun zarur bo`lgan raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o`zgarib turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o`zgartirib olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi;

    • iste`molchilik sohasida yuzaga keladigan bo`shliqni tezda to`ldirishga qodir bo`lib, eng zamonaviy mashina uskunalari va texnologiyadan foydalanib sarflangan sarmoyaning o`rnini juda tez qoplay oladi.

    Kichik biznes va xususiy tabdirkorlikning xususiyatlari (muomala kapitalining kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini tezda almashtirish imkoniyatlari va b.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo`lishi imkoniyatlarini yaratadi:

    • izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o`zlashtirish, ularni talabning tez o`zgarib turishi xatarini hisobga olgan holda kichik uyushmalarda ishlab chiqarish;

    • tezkor texnik servisning ishonchliligi va iste`molchilar bilan mustahkam aloqalar o`rnatish;

    • ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni bozor talablariga hamda bozor vaziyatlari o`zgarishlariga muvofiq olib borish;

    • ortiqcha ish kuchini o`ziga singdirish;

    • boshqarishning oddiyligi, katta ma`muriy apparatning yo`qligi, qurilish va loyiha quvvatlarini o`zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez o`zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik;

    • xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindila-ridan to`liqroq va samaraliroq foydalanish.




    Yüklə 1,25 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   111




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin