ILOHIYOT (arab — Xudo to‘g‘risidagi ta’limot) xudo to‘g‘risidagi muyan din tomonidan belgilangan aqidalami haqqoniyligini e’tirof etish hamda Xudoning sifatlari, belgilari, xususiyatlari to‘g‘risidagi diniy ta’limotlami asoslash va himoya qilish tizimi.
ILOHIYOT (arab — Xudo to‘g‘risidagi ta’limot) xudo to‘g‘risidagi muyan din tomonidan belgilangan aqidalami haqqoniyligini e’tirof etish hamda Xudoning sifatlari, belgilari, xususiyatlari to‘g‘risidagi diniy ta’limotlami asoslash va himoya qilish tizimi.
TEOLOGIYA (yun. theos — xudo va …logiya) — xudoning mohiyati va irodasi haqidagi diniy ta’imotlar majmui. Xudo shaxsan o‘zini vahiy orqali kishilarga ma'lum qiladi degan kontseptsiyaga asoslanadi. Muqaddas kitoblar va muqaddaslashtirilgan yozuvlar Teologiyaning asosiy manbalari qisoblanadi. Teologiya turli diniy o‘quv yurtlari — seminariyalar, akademiyalar, madrasalar va b. da o‘qitiladi. Teologiya tushunchasi avvalo iudaizm va xristianlikka nisbatan qo‘llangan. Teologiya islomda ilohiyot, kalom atamalari bilan ham ataladi.
TEOSOFIYA (yun. theos — xudo va sophia — donishmandlik, bilim) — keng ma'noda — eng zo‘r ilohiy sirlarni ochishga da'vo qiluvchi har qanday diniy ta'limot. Shaklsiz, yagona, hamma narsani qamrab oluvchi xudo haqidagi, barcha narsalarning ilohiy mohiyati haqidagi tasavvurlar Teosofiyaning nazariy asosini tashkil etadi. G‘ayritabiiy va narigi dunyodagi kuchlar bilan bevosita aloqa bog‘lash mumkinligini tan olish T. ni spiritizm va okkultizma olib boradi. Tor ma'noda — rus yozuvchisi Ye. P. Blavatskaya (1831— 91) va uning tarafdorlarining liniy ta'limoti bo‘lib, unda buddizm va boshqa sharq ta'limotlaridagi mistika okkultizm va noortodoksal xristianlik elementlari bilan qo‘shilib ketgan.