Dinshunoslik fani mustaqil soha sifatida ajralib chiqishi bilanoq tarix, antropologiya, sotsiologiya, psixologiya etnografiya, mifologiya, usullarini o‘zlashtirdi, o‘zi ham gumanitar fenomenologiya, filologiya, falsafa va boshqa fanlar bilan birlashib, ularni yangi bilimlar bilan boyitdi. Natijada tarixiy,falsafiy, mifologik, sotsiologik, antropologik va boshqa maktablar, yo‘nalishlar va o‘ziga xos metodologiya paydo bo‘ldi10. Hozirgi zamon dinshunoslik metodologiyasida fanlararo yondashuvdan hamda nazariy, amaliy, tavsifiy, formal ilmiy usullardan keng foydalaniladi. Dinni o‘rganishning asosiy nazariy yo‘nalishi uni falsafiy tadqiq qilish hisoblanadi. Falsafa tabiat, insoniyat jamiyati va tafakkur taraqqiyotining eng umumiy qonunlari haqidagi fan bo‘lganligi tufayli, bu ta’kid umuman shubhasizdir. Dinni falsafiy jihatdan o‘rganish an’anasi antik davrdan boshlanadi. U keyinchalik, o‘rta asrlarda islom falsafasida davom ettirildi. Empirik tadqiqotlarning nazariy tadqiqotlar bilan o‘xshash va farqli jihatlari mavjud. Empirik usul ideallashtirilgan obyekt ustida kuzatish, o‘z-o‘zini kuzatish, tajriba o‘tkazish, eng avvalo, qiyoslash, o‘xshatish, tavsiflash, o‘lchash kabi aqliy amaliyotlarni qamrab oladi.