O‘z navbatida, “dunyoviylik” tamoyilini to‘g‘ri anglash, jamiyat va din orasidagi munosabatlarda muvozanatni saqlash lozim bo‘ladi. Zero, dinning jamiyatda o‘ziga xos o‘rni mavjud. Bu haqda O‘zbekicton Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan aytilgan quyidagi so‘zlarni keltirish muhimdir: “Dunyoviy va diniy qadriyatlar o‘rtasidagi nozik munosabatlarning mohiyatini har tomonlama to‘g‘ri tushuntirishimiz lozim. Tarix va hayot tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoviy va diniy qadriyatlar bir-birini to‘ldirmas ekan, bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob topish oson bo‘lmaydi. Shu ma’noda, biz muqaddas dinimiz arkonlari va qadriyatlarini doimo ulug‘lab, shu bilan birga, dunyoviy hayotga ham qat’iy ishonch bilan intilib yashagan taqdirdagina o‘z ezgu maqsadlarimizga eta olamiz”.

ХУЛОСА
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida tarixiy qadamjolar, diniy ma'daniy yodgorliklarni asrab avaylash ma'naviy me'rosimizga bo‘lgan hurmatni yoshlar qalbida shakllantirishdan asosiy maqsad shuki, tariximiz, madaniyatimiz, dinimizga aloqador bir varaq qo‘lyozma bo‘lsa ham, ularni to‘plab, xalqimizni, yoshlarimizni tanishtirish, bizning qanday buyuk va betakror merosimiz borligini anglatish, farzandlarimizni shu ulug‘ merosga munosib etib tarbiyalashdan iborat ekanligini ta'kidladi.