1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati



Yüklə 42,22 Kb.
səhifə11/14
tarix05.12.2023
ölçüsü42,22 Kb.
#173791
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1-����� ����襢� � pptx

Qiyosiy-tarixiy va tavsifiy usullar din tarixining asosiy usullari sanaladi. Dinlarni tarixiy tahlil qilishni retrospektiv asosda, ya’ni diniy e’tiqodlar vujudga kelishi va taraqqiyotining tarixiy xususiyatlarini muayyan tarixiy davr bilan bog‘liq ravishda amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bundan tashqari tarixiy tahlilni diniy qadriyatlar, diniy ong, diniy xatti-harakat, diniy tashkilotlarning tuzilishi, funksiyalari va tizimini nazariy tadqiq etish bilan to‘ldirish, ya’ni masalaga tizimli yondashish zarur. Diniy muhitni o‘rganish konkret-tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy hodisalar bilan yaqin aloqada amalga oshiriladi.

  • Qiyosiy-tarixiy va tavsifiy usullar din tarixining asosiy usullari sanaladi. Dinlarni tarixiy tahlil qilishni retrospektiv asosda, ya’ni diniy e’tiqodlar vujudga kelishi va taraqqiyotining tarixiy xususiyatlarini muayyan tarixiy davr bilan bog‘liq ravishda amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bundan tashqari tarixiy tahlilni diniy qadriyatlar, diniy ong, diniy xatti-harakat, diniy tashkilotlarning tuzilishi, funksiyalari va tizimini nazariy tadqiq etish bilan to‘ldirish, ya’ni masalaga tizimli yondashish zarur. Diniy muhitni o‘rganish konkret-tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy hodisalar bilan yaqin aloqada amalga oshiriladi.

Falsafiy yondashuv dinning vujudga kelishini insonning tabiiy va ijtimoiy hodisalarni bilishga ehtiyoji bilan tushuntiradi. Nemis faylasufi Gegel (1770-1831) dinga insonning Absolyut ruhga munosabati sifatida qaragan. Uning fikriga ko‘ra din ham, falsafa ham Absolyutga erishishga intiladi, ammo turlicha tarzda, din – obrazlar yordamida, falsafa esa – mantiqiy tushunchalar yordamida. Gegel dinni anglashda aql-idrokning hal qiluvchi ahamiyatini ta’kidlab: “Tafakkur dinga ziyon yetkazadi, din tafakkur bilan qancha kamroq bog‘lansa, shunchalik mustahkam bo‘ladi, degan fikr o‘taketgan yanglishishidir. Bu anglashilmovchilik oliy ma’naviy munosabatlarni mutlaqo tushunmaslikdan kelib chiqadi”, deb yozgan. Gegel ratsionalist bo‘lib, dinda uni avvalo ratsional soha qiziqtirar edi, shu sababli u dinning asosi aql, deb hisoblardi. Faqat aql din mohiyatining tub ildizlarini idrok etadi. Gegel nazaridagi Xudo – bu tafakkur va tushuncha orqali anglangan Mutlaq G‘oya, Absolyutdir11. Fikr va tushuncha bilan idrok etilishi sababli dinning hissiy jihati keyingi o‘ringa, ya’ni diniy tajribaning kechinmalari qatoriga o‘tib qoladi.

  • Falsafiy yondashuv dinning vujudga kelishini insonning tabiiy va ijtimoiy hodisalarni bilishga ehtiyoji bilan tushuntiradi. Nemis faylasufi Gegel (1770-1831) dinga insonning Absolyut ruhga munosabati sifatida qaragan. Uning fikriga ko‘ra din ham, falsafa ham Absolyutga erishishga intiladi, ammo turlicha tarzda, din – obrazlar yordamida, falsafa esa – mantiqiy tushunchalar yordamida. Gegel dinni anglashda aql-idrokning hal qiluvchi ahamiyatini ta’kidlab: “Tafakkur dinga ziyon yetkazadi, din tafakkur bilan qancha kamroq bog‘lansa, shunchalik mustahkam bo‘ladi, degan fikr o‘taketgan yanglishishidir. Bu anglashilmovchilik oliy ma’naviy munosabatlarni mutlaqo tushunmaslikdan kelib chiqadi”, deb yozgan. Gegel ratsionalist bo‘lib, dinda uni avvalo ratsional soha qiziqtirar edi, shu sababli u dinning asosi aql, deb hisoblardi. Faqat aql din mohiyatining tub ildizlarini idrok etadi. Gegel nazaridagi Xudo – bu tafakkur va tushuncha orqali anglangan Mutlaq G‘oya, Absolyutdir11. Fikr va tushuncha bilan idrok etilishi sababli dinning hissiy jihati keyingi o‘ringa, ya’ni diniy tajribaning kechinmalari qatoriga o‘tib qoladi.

Yüklə 42,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin