Dinshunoslikning kompleks ilmiy fan sifatida shakllanishi ildizlari qadimda boshlangan bo‘lib, u qator olimlar – tarixchilar, faylasuflar, psixologlar, jamiyatshunoslar, tilshunoslarning hamkorlikdagi sa’y-harakatlari mahsulidir. Zamonaviy dinshunoslikning qaror topishida ijtimoiy-gumanitar soha olimlarining fanlararo tadqiqotlari muhim rol o‘ynadi. Odatda diniy muomala jamiyatdagi xalqaro, etnik, konfessiyalararo aloqalar bilan bog‘liq. Din sotsiopsixologiyasi uchun afsonalar, san’at, tarixiy yilnomalar boy material beradi. Ularda davlat va din hamda konfessiyalararo munosabatlar, diniy e’tiqod, hissiyot va amaliyot o‘z aksini topgan.

Din vujudga kelgan vaqt to‘g‘risida ko‘p lab qarama-qarshi fikrlar mavjud. Evolyutsion nazariya vakillari fikriga ko‘ra din fikrlovchi inson bilan birgalikda ibtidoiy jamoada paydo bo‘lgan, so‘ng dinning arxaik shakllari: animizm, sehrgarlik, totemizm, fetishizm murakkablashib bosqichma-bosqich fanga aylangan. Falsafada dastavval, mifologik ong negizida diniy va falsafiy fikrlash usuli paydo bo‘lgan, so‘ng xudolar haqidagi tasavvurlar hamda ibodat shakllari, ruhoniylar va diniy tashkilotlar vujudga kelgan, degan fikr ustunlik qiladi. Xuddi shunday fikrlar ko‘p incha dinshunoslikning paydo bo‘lishi vaqtiga nisbatan ham qo‘llaniladi
Filologik yondashuv dinni o‘rganish uchun tarkibiy lingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika, adabiyotshunoslik, tarjima nazariyasi, mantiq kabi fanlarning boy xazinasidan foydalanadilar. Formal metodologiya esa din rivojlanishining tarixiy-mantiqiy jarayonlarini, tillarni mantiqiy tahlil qilishga yo‘naltirilgan (O.Kont, L.Vitgenshteyn). Manbashunoslik, paleografiya, narratologiya kabi filologiya fanlarida ham din o‘rganiladi: ya’ni, diniy atamalar, matnlar, janrlar, ularning vujudga kelishi, ularning o‘zgarishi va hokazolar. Paleografiya (grekcha palaiós – qadimiy va gráphō – yozaman) qadimiy qo‘lyozmalarni o‘qish, ular yozilgan vaqt va joyni aniqlash maqsadida o‘rganuvchi filologiyaga oid fan. Narratologiya (lotincha narrare – hikoya qilmoq) hikoya nazariyasini, hikoya va tarix orasidagi munosabatni, matn (diskurs)ni lingvistik tadqiqot obyekti sifatida o‘rganuvchi filologiyaga oid fan.