Har qanday din o’z homiylari uchun quyidagi vazifalarni bajaradi:
to’ldiruvchi va ovutuvchi (kompensatorlik);
birlashtiruvchilik (integrativlik);
dindorlar hayotini tartibga solish va nazorat qilish (regulyativlik);
jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqasini ta’minlovchi xususiyat – aloqa bog’lashlik (komunikativlik);
DIN rivojlanishining ijtimoiy, gnoseologik, psixologik ildizlari mavjud
Dinning ijtimoiy ildizi – ijtimoiy ehtiyojlar va insonlarni tabiatga, jamiyatga, bir-biriga bo’lgan munosabati bilan bog’liq sabablar yig’indisidir.
Dinning gnoseologik ildizi – dunyoni, odamning o’z-o’zini bilish sohasi, mavhum tafakkurning taraqqiyoti bilan bog’liq sabablar.
Dinning psixologik ildizi – diniy tushunchalar, tasavvurlari bilan bog’liq kishilarning ruhiy holatlari, kayfiyatlari, his-tuyg’ulari.
Milliy va ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyot inson qadri, uning manfaatlari va ehtiyojlari bilan bog’liq masalalarni dolzarblashtirib yubordi. Talaba yoshlarni yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tarbiyalash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, global fikrlash malakasini hosil qilish, dunyoqarashi va fikrlash qamrovini aqliy-kasbiy salohiyatiga uyg’unlashtirish asosiy vazifamizdir. Bu vazifani bajarishda esa diniy ta’limotlarning ijobiy ta’siri salmoqlidir. Din bag’rida shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning vujudga kelish sabablari, ularning kishilarga ijobiy ta’sirchanlik masalalarini ilmiy jihatdan o’rganish va bu ma’naviy- axloqiy qadriyatlardan foydalanish katta ahamiyatga ega bo’lmoqda.