10.2. Davlat xarajatlari,soliq va balanslashganbudjet multiplikatorlari.
Qisqa muddatli davrda budjet-soliq siyosati davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan budjet multiplikatorlari samarasi ta’siri ostida bo‘ladi.
ΔG ↑→ΔE↑(ΔEqΔC) → ↑ΔY(ΔY=ΔC x mg) Davlat xarajatlarining ΔG miqdorga o‘sishi rejalashtirgan xarajatlarining ΔE miqdorda o‘sishiga va umumiy xarajatlarning egri chiziq bo‘yicha yuqoriga
85
surilishiga olib keladi. Bu vaziyatda yalpi ishlab chiqarish hajmi (ΔY) miqdorida o‘sadi.
7-mavzuda ko‘rganimiz singari xarajatlardagi ozroq o‘zgarish daromadlardagi undan ancha katta bo‘lgan, o‘zgarishni keltirib chiqaradi va ΔY/ ΔE=1/(1-b) bo‘ladi (22-rasm).
ΔY=ΔE x(1/(1-b))= ΔE xm Soliqqa tortish hisobga olinmaganda yopiq iqtisodiyot uchun davlat xarajatlari multiplikatori va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini quyidagi tenglamalar sistemasini yechish orqali topish mumkin:
Y=C+I+G C=a+bY Bu yerda: Y=C+I+G – yopiq iqtisodiyot uchun asosiy makroiqtisodiy ayniyat;
10.1-rasm. Davlat xarajatlari o‘zgarishiningmultiplikativsamarasi37 Tenlamalar sistemasini Y uchun echib quyidagi natijani olamiz:
1 Y = ---------- (a+I+G); 1-b Bu yerda: 1/(1-b) – yopiq iqtisodiyotda soliqqa tortish hisobga olinmagan vaziyatda xarajatlar multiplikatori;
(a+I+G) – avtonom xarajatlar;
b=MPC – istemolga chegaralangan moyillik bo‘lib multiplikator miqdorini belgilovchi asosiy omildir.
Soliqqa tortish hisobga olinganda iste’mol funksiyasi o‘zgaradi va C=a+b(1-t)Y ko‘rinishni oladi. Bu tenglamani asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qo‘yib echsak, quyidagi natijani olamiz: