1-mavzu: dinshunоslik faniga kirish. Reja: Dinshunоslik fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 309,85 Kb.
səhifə15/32
tarix12.04.2023
ölçüsü309,85 Kb.
#96736
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
1-mavzuDinshunoslik faniga kirish 2

2. Animizm (lotin tilida anima – “ruh, jon” ma’nolarini anglatadi). Animizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ruhlantirish hayvonot, o’simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta’limotni ilgari suruvchi ilk din shakllaridan biri. Ilk animistik tasavvurlar qadim o’tmishda, ehtimol totemistik qarashlar paydo bo’lgungacha, oilaviy jamoalarning shakllangunicha vujudga kelgan. Biroq etarli tushunib etilgan va barqaror ko’rinishdagi diniy xarakterga ega bo’lgan tizim sifatida kechroq, totemizm bilan bir vaqtda shakllangan.
Animizm totemizmdan farqlanadi. Totemizm ma’lum bir oilaviy guruhning ichki iste’moliga uni boshqalardan farqlash maqsadiga yo’naltirilgan bo’lsa, animistik tasavvurlar keng va umumiy harakterga ega. Ular hammaga tushunarli va ma’qul bo’lgan. Shu bilan birga u tabiatning qudratli kuchlarini - osmon va er, quyosh va oy, yomg’ir va shamol, momaqaldiroq va chaqmoq kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb bilar edi. Tabiiyki, ibtidoiy odamlar nafaqat tabiatning buyuk mavjudliklarini, balki er yuzining ayrim alohida qismlari - tog’lar va daryolar, adir va o’rmonlar kabi odam e’tiborini tortuvchi narsa va jismlarga ham ilohiy munosabatda bo’lar edilar. Hattoki ko’p yillik daraxt, kattaroq xarsang tosh, jarliklarga o’xshash narsalar ham ibtidoiy odamlar tasavvurida jonli, tafakkurli, sezuvchan va harakat qiluvchi, shuningdek, yaxshilik yoki yomonlik keltirishi mumkin deb tushunilgan. Shunday bo’lgach, ushbu tabiiy narsa, hodisalarga e’tibor bilan munosabatda bo’lish taqazo etilardi, qurbonliklar qilish, ularning haqiga duo qilib, marosimlar uyushtirilardi.
Animizm zamonaviy dinlarning barchasining asosiy aqidaviy qismini tashkil etadi. Jumladan, jahon dinlari bo’lmish buddaviylik, xristianlik va islomda ham ruhlar haqidagi ta’limot mavjud.
3. Shomonlik yoxud sehrgarlik («shomon» so’zining tungus tilidagi ma’nosi «sehrgarlik»). Sehrgarlik (afsun, magiya) real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta’sir etish maqsadida amalga oshiriladigan ritual - urf-odatlar majmuasidir. U totemizm va animizm bilan bir vaqtda paydo bo’lib, u orqali kishilar o’z totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan bog’lanishni amalga oshirib kelganlar. U qadim o’tmishda paydo bo’lib, minglab yillar davomida rivojlanishda davom etib, saqlanib kelgan. Odatda afsungarlik urf-odatlari bilan maxsus odamlar - shamanlar, afsungarlar shug’ullanganlar. Ular orasida ayniqsa uzoq o’tmishda ayollar ko’p o’rinni egallaganlar. Bu shamanlar va afsungarlar jazavali va asabiy kishilar bo’lib, odamlar ularni ruhlar bilan muloqotda bo’lish, ularga jamoaning umid va niyatlarini etkazish, ularning irodasini talqin qilish qobiliyatiga ega ekanligiga chuqur ishonganlar. Shamanlar, odatda, ma’lum ritual harakatlar orqali ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish, sakrash yo’li bilan nog’oralar va qo’ng’iroqlar ovozlari ostida o’zlarini jazavaga solib, o’zini yo’qotish, jazavaning yuqori nuqtasiga etkazish bilan afsungarlik qilishgan. Tomoshabinlar ham ba’zan o’zini yo’qotish darajasiga etib marosimlar ishtirokchilari bo’lib qolishar edi. Odatda shaman marosim oxirida bir holatga kelib hech narsani eshitmay, ko’rmay qolar edi. Shuning uchun uning ruhlar dunyosi bilan muloqoti xuddi shu holatda amalga oshadi deb hisoblanardi. Umuman, olganda ritual marosimlar qismlardan iborat bo’lgan afsungarlik jamiyatning haqiqiy talablaridan kelib chiqqan holda hayotda amalga oshirilgan. Ilohiy kuchlar dunyosi bilan bunday bog’lanish yo’li hayotda noma’lum, oldindan bilib bo’lmaydigan sharoitlardan kelib chiqqan. Lekin shu bilan birga afsungarlik odamlarning fikr yuritish, ongini mustahkamlashda katta rol o’ynadi. Bu esa diniy ongni shakllanish jarayonida muhim o’rin tutdi. Afsungarlik fikr yuritish rivojlangan sari odamga o’z-o’zidan bo’ladigan, faqatgina maqsadli yo’nalishdagi harakatlar natijasida olinadigan emas, balki ilohiy kuchlar afsuni bilan bog’liq bo’lgan sharoitlardan kelib chiqadigan ko’rinish deb hisoblangan. Natijada ko’pchilik aniq hodisalar, hattoki alohida buyumlar sehrli kuch egasi sifatida qabul qilina boshlandi.
Sehrgarlik marosimlari yakka holda yoki jamoa bo’lib amalga oshirilishi mumkin edi. Afsungarlik maqsadga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: 1) Zarar keltiruvchi - yovuz afsungarlik. Uning maqsadi kimgadir zarar etkazishdan iborat; 2) Harbiy afsungarlik. Bu dushmanga qarshi ishlatiladi (masalan, qurol-aslahalarni sehrlash); 3) Sevgi afsungarligi. Undan «issiq» yoki «sovuq» qilish maqsadida ishlatiladi. 4) Tibbiy afsungarlik. Undan davolash maqsadida foydalanish. 5) Ob-havo afsungarligi. Bu sehrgarlik turidan yomg’ir chaqirish yoki shunga o’xshash ob-havoni o’zgartirish maqsadida foydalanilgan.
Sehrgarlik hozirda ham zamonaviy dinlarda va turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib qolgan.

Yüklə 309,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin