1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Ibtidoiy va milliy dinlar


Konfusiy nomining ilohiylashtirilishi



Yüklə 135,82 Kb.
səhifə17/25
tarix20.11.2023
ölçüsü135,82 Kb.
#163553
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. I-fayllar.org

Konfusiy nomining ilohiylashtirilishi. Konfusiy о‘zi yashab ijod etgan joy – Suyfuda vafot etgandan keyin uning qabri yaqinida bir ibodatxona qurdilar. Ibodatxonaga Konfusiyning shogirdlari va yaqinlari tomonidan uning barcha tabarruk narsalari va unga taalluqli ashyolar: yozgan asarlari, musiqa asboblari, rо‘zg‘or anjomlari, aravasi va boshqa narsalari keltirib qо‘yildi. Vaqt о‘tishi bilan faylasufning obrо‘si oshib, ta’limoti keng tarqalgani sari ushbu ibodatxona ham ziyoratgohga aylanib bordi. Suyfu yaqinida Konfusiy shogirdlari va izdoshlari makon tutgan kattagina qishloq barpo bо‘ldi. Lu podshohligi hukmdorining о‘zi Suyfuga kelib Konfusiy ibodatxonasida uning xotirasiga qurbonlik qildi. Ibodatxonaning ahamiyati oshgani sayin uning yer mulklari bilan boyidi. Bu joy oddiy mahalliy ibodatxona shaklidan Xan sulolasi davriga kelib butun mamlakat miqyosidagi muqaddas ziyoratgohga aylandi. Mil. av. 195 yilda birinchi Xan podshohi Lyu Ban shaxsan о‘zi Konfusiy ibodatxonasida unga atab «tay-lyao» (Xitoyda eng oliy qurbonlik – qо‘y, xо‘kiz va chо‘chqa) uchlik qurbonligi keltiradi.
Mana shu asrdan boshlab Konfusiy nomi Xitoyda ilohiylashtirildi va unga atab muntazam qoidalar asosida qurbonliklar qilinadigan bо‘ldi.
Xan sulolasi davrida Konfusiyga knyazlik unvoni berildi. X-XIII asrlarga kelib, Sun sulolasi davrida unga imperatorlik unvoni, otasiga esa knyazlik unvoni berildi. Keyinroq Yuan va Min sulolalari (XIII-XIV asrlar) davrida unga yana ham yuksakroq daraja – «Haqiqiy donishmand», «Millatlarning buyuk ustozi» unvonlari berildi.
Xitoyning deyarli barcha shaharlarida Konfusiyga atab qurilgan ibodatxonalar paydo bо‘ldi. Bunday ibodatxonalar soni mingga yaqin edi. Dastlabki paytda ibodatxonaning qurbonlik qilinadigan joyida oddiygina Konfusiy nomi yozilgan lavha osilgan edi. Xitoyga buddizm kirib kelgach, lavha о‘rnini endi Konfusiyning haykali egalladi. Suyfudagi ibodatxonadan boshqa hammasi bir xil shaklga ega edi. Unda Konfusiy haykali yoniga 86 shogirdining nomi bitilgan lavha yoki haykallar qо‘yilgan. Suyfudagi ibodatxonada ularning soni kо‘proq.
Faylasufga atab qilinadigan qurbonliklar va boshqa muhim marosimlar tartibga solingan. Har oyning birinchi va 15-kunlarida ikki marta Konfusiy haykali oldida odatiy qurbonliklar, yilda – bahorda va kuzda ikki marta alohida tantanali marosimlar о‘tkazilar edi. Tantanaga kelgan imperator va ularning mulozimlari donishmand timsoli oldida turib, unga: «Sen buyuksan, ey mutlaq donishmand, sening fazilatlaring kо‘p, ta’limoting beqiyos, о‘tganlar orasida senga tengi yо‘q!» – kabi hamdu sanolar bilan murojaat qilganlar.
Konfusiy nomi о‘rta asrlarga kelib Xitoyda ilohiylashtirildi. Uning timsoli podshohlar boshidagi tojlardan о‘rin oldi.



Yüklə 135,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin