1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Ibtidoiy va milliy dinlar



Yüklə 135,82 Kb.
səhifə18/25
tarix20.11.2023
ölçüsü135,82 Kb.
#163553
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. I-fayllar.org

О‘tilgan mavzu bо‘yicha savollar:
  1. Konfusiychilik nima asosida vujudga kelgan?


  2. Konfusiychilik hozirgi Xitoyda qanday mavqega ega?


  3. Konfusiychilik ta’limoti nimalardan iborat?


  4. Konfusiyning g‘oyalari qaysi asarlarda ifodalangan?


  5. Konfusiy shaxsi qaysi davrdan ilohiylashtirila boshladi?


  6. Mazkur dinning qanday marosimlarini bilasiz?




DAOSIZM

Daosizm falsafiy ta’limot sifatida Xitoyda mil. av. birinchi ming yillikning о‘rtalarida konfusiychilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bо‘ldi. Bu ta’limot dastavval bir muncha mavhum xarakterga ega bо‘lib, din bilan hech qanday aloqasi bо‘lmagan. Ushbu ta’limot tarafdorlari ham konfusiychilar kabi о‘z zamonalaridagi harakatlarga qarshi bо‘lganlar. Daosizm targ‘ibotchilari ham hukmdorlar orasidagi tinimsiz urushlarni qoralar edilar. Ular ham boshqa bir qator falsafiy ta’limotlar qatori orqaga – «Oltin asr»ga – qaytishga chaqirar edilar.



Daosizm о‘zining ilk kо‘rinishida nazariyadan kо‘ra kо‘proq amaliyotga aloqador edi. Bu shamanizm, folbinlik, tabiblik bilan bog‘liq edi. Chunonchi qadimgi davolash uslublari falsafa, ayniqsa, daosizm falsafasi bilan chambarchas bog‘liq bо‘lgan. Shamanlar davolash uslublarida inson tanasidagi jarayonlarni tashqi fazoviy kuchlar, har xil ruhlar ta’siri bilan bog‘lab, jodugarlik va sehrdan keng foydalanganlar.
Daosizmda mil. av. IV-III asrlarga kelib nazariy asarlar paydo bо‘la boshladi. Bunday asarlarda ijtimoiy-siyosiy va axloq masalalari daosizm uchun unchalik muhim sanalmadi. Biroq daosizm vakillari ilk bor borliq, tabiat, koinot haqidagi tushunchalarni ishlab chiqa boshladilar. Xitoydagi Szis faylasuflar akademiyasida daosizm nazariyotchilari: Tyan Pen, Sun Szyan, In Ven, Shen Dao, Xuan Yuan va boshqalar tо‘plangan bо‘lib, ular inson va uni о‘rab turgan borliq xususida betо‘xtov munozaralar olib bordilar va risolalar yozdilar. Bunday asarlar hozirgi kungacha saqlanmagan, biroq daosizmning asosiy manbasi sanaladigan «Daodetszin» risolasida о‘z aksini topgan. Mazkur risola muallifi Lao-Szi hisoblanadi. Uning hayoti haqidagi ma’lumotlar kam, borlari ham noaniq. Afsonalarga qaraganda, Lao-Szi onasining qornida bir necha о‘n yillar yashab, keksa donishmand holida dunyoga kelgan. Shuning uchun uni «Lao-Szi» – «Keksa donishmand», «Qari bola» deb atadilar.
Lao-Szi mil. av. VII da tug‘ilgan, Konfusiyning zamondoshi hisoblanadi. Qadimgi Xitoy yodgorliklarida Konfusiyning Lao-Szi bilan uchrashganligi, uning donoligidan hayratga tushgani va uni ajdaho deb atagani haqida rivoyat keltiriladi.
Lao-Szi ta’limotiga kо‘ra, tabiat, jamiyat va butun borliqning asosi «Ulug‘ Dao» hisoblanadi (dao, tao «yо‘l», «haqiqat», «tartib» demakdir). Dao haqidagi ta’limot konfusiychilikda bо‘lgan. Chunki dao tо‘g‘risidagi fikrlar konfusiychilik va daosizm shakllanishidan ancha oldin mavjud edi, shuning uchun ham har ikki ta’limotning о‘xshash jihatlari kо‘p. Konfusiy daoni jamiyatda muayyan tartiblarni yaratuvchi samoviy qonunlar tajassumi deb hisoblagan. Boshqacha aytganda, dao – ijtimoiy meyorlar, intizom va axloqning yig‘indisidir. Daosizm vakillari uchun dao о‘zgacha mazmunga ega: dao umumiy tabiat qonuni va ibtido intihoning о‘zagidir. Umumiy mazmunda dao – butun borliq demakdir. Daoni hech kim yaratmagan, barcha narsalar daodan kelib chiqqan va unga qaytadi. Dao hech kimga kо‘rinmaydi, sezgi a’zolari uni ilg‘ay olmaydi. Nimani kо‘rish, eshitish, sezish, anglash mumkin bо‘lsa, u dao emas.
Daosizm dinining asosiy mohiyatlaridan biri bu dao va u bilan aloqador tabiat falsafasi hamda kosmogoniya masalalaridir. Ikkinchi asosiy nuqta mavjudlik, hayot va о‘limning nisbiyligi va shunga bog‘liq holda uzoq yashash, abadiy hayotga erishish tushunchasidir. Milodning birinchi asrlari – Xan asriga kelib, abadiy hayot masalasi daosizm olimlarining asosiy muammosiga aylandi. Uchinchi va sо‘nggi masala uvey prinsipidir. Daosizm falsafasining mana shu uch ta’limoti Xan asriga kelib daosizm dinining shakllanishiga asos bо‘ldi.
  1. Daosizm asoschisi kim?


  2. Daosizmning qanday asotirlarini bilasiz?


  3. Daosizmda axloq masalalari qanday о‘rinni egallaydi?


  4. Hozirgi davrda Tayvanda daosizm qanday maqomga ega?


  5. Diniy marosimlar qanday tashkil etiladi?


  6. Daosizmda qanday sektalar mavjud?


  7. Daosizm inqirozi nima bilan bog‘liq?





Yüklə 135,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin