Totemizm — diniy tasavvurlarning eng qadimgi shakllaridan biri bolib, hindular tilida «urug‘, kelib chiqish» m a’nolarini beradi. Uningmohiyati ishonuvchilarning o‘zlari bilan ayrim hayvonlar, o‘simliklar orasida g‘ayritabiiy aloqa, yaqinlik qon-qa-rindoshlik bor, deb faraz qilishlaridan iboratdir. Totemizmda urug‘-qabila, xususan, shu urug‘ har bir a’zosining hayoti va farovonligi ayni shu urug‘ning haqiqiy ajdodi hisoblangan totem - o‘simlik yoki hayvonga b o g liq deb ishoniladi. M uqaddas joy larda saqlanadigan biror urug‘ ruhini ifodalovchi hayvon yoki o'sim lik sur’ati solingan tosh taxtachalar totem ruhlarining makoni sanaladi. Hayvon yoki o‘sim lik shu urug‘ yoki qabila uchun totem, binobarin, muqaddas va homiy hisoblangan. Shuning uchun ham kishilar totem lardan yordam solaganlar, ularga sehr yordamida ta ’sir qilishga uringanlar.