Din psixologiyasi - bu tushunchani birinchi marta Shleyermaxerning “Psixoloiya” (1862) kitobida uchratish mumkin. Unda boshqa dinga sig‘inishga o‘tganlarning ichki xis-hayajonlari bilan bog‘liq jarayonlar tadqiq etilgan bo‘lib, tavba-tazarru, gunoh, diniy kitob amrlariga bo‘ysunish va boshqalar tadqiq etilgan. Dinga sig‘inish kayfiyati jamiyatda sodir bo‘ladigan keskin o‘zgarishlar, inqiroziy vaziyatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ayni chog‘da din psixologiyasi nisbatan jiddiy emotsional xolatlarsiz ham o‘zini namoyon etishi mumkin. Din psixologiyasi negizida katarsis (poklanish) yotadi. Poklanishning birinchi bosqichida ruhiy inqiroz, hayotdan qoniqmaslik, axdoqiy va dunyoqarashga doir izlanishlar ro‘y beradi. Ikkinchi bosqichda his-tuyg‘uda to‘satdan “burulish” - qalb ravshanlanib,individ xudoga yaqinlashgandek bo‘ladi. Uchinchi bosqichda qizg‘in his-hayajon o‘rnini xotirjamlik, o‘z fe’l-atvoridan qoniqish ruhi egallab, ichki dunyo ziddiyati o‘rnini diniy iymonga asoslangan uyg‘unlik egallaydi.
2. Din psixologiyasi nimani o‘rganadi. Din psixologiyasi dinshunoslik va psixologiya bilimlari zaminida vujulga kelgan bo‘lsa ham, o‘ziga xos mavzu, maqsad va vazifalarga ega bo‘lgan mustaqil fan tarmog‘i sifatida shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Bu fanning obyektini inson ruhiyati, diniy guruhlar va tashkilotlar xulqi, inson qalbida joylashgan va turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘luvchi diniy e’tiqod va amallar tashkil etadi. Uning predmeti esa dinnig ruhiy fenomen sifatida kishilar qalbi, xulq-atvori, hayot tarzi, hissiyot va tafakkuriga ko‘rsatadi-gan ta’sirini o‘rganishdan iborat.
Din tushunchasini ta’riflang.
Din so’zi arabcha ”dayana” fe’lidan olingan bo’lib, lug’aviy ma’nosi bo’ysunmoq, bo’yin egmoq, itoat etmoq, qarz olmoq, qarzga bermoq, qarzdor bo’lmoq, e’tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha mukofotlamoq kabi ma’nolarni anglatadi.
Shamanizm nima?
Shomonlik «shomon»so‘zidan olingan b o lib, u tun-guschada « o la hayajonlangan»,«jazavali kishi» degan m a’noni anglatadi. Keyinchalik buso‘z rus tili orqali butun Sibir-ga, X V III asrda esa, g‘arbiy yev-ropaliklar tiliga kirib kelgan vashu bilan u xalqaro ilmiy isti-lohga aylangan. Biroq bu degani32Shom onlar ibtidoiy tasavvur bo'yichainson va ilohiy olam o'rtasidavositachi sanalgan Iiarclia Sibir xalqlarida shomon bir xil nom bilan atalgan deganiI Ilias. Shomon masalan, Sibirning turkiy tillarda so‘zlashuvchi\ak|larida «kam» deb atalgan.