1-mavzu: Ekologiya kursining maqsadi, vazifalari, tarixi. Tabiat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlar. Populyatsiyalar ekologiyasi


O’ZBEKISTONDA EKOLOGIYA FANINING RIVOJLANISHI



Yüklə 33,5 Kb.
səhifə4/7
tarix24.12.2023
ölçüsü33,5 Kb.
#193451
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu Ekologiya kursining maqsadi, vazifalari, tarixi. Tabiat-hozir.org

O’ZBEKISTONDA EKOLOGIYA FANINING RIVOJLANISHI 
Ekologik yo‟nalishdagi ishlar keyinchalik O‟zFA Botanika instituti olimlari 

V.A.Burigin, O.X.Hasanov va boshqalar tomonidan o‟simliklarni qurg‟oqchil issiq


(cho‟l)

sharoitiga


moslashishi, 
o‟simliklar
hamjamoasining 
tuzilmasi,
mahsuldorligi, em-xashakbop o‟simliklarning orasidan qurg‟oqchil issiq sharoitga 
chidamli turlarini tanlash va ularning ekologik-biologik xususiyatlarni o‟rganib,
sun‟iy yaylovlar barpo etishning ilmiy asoslari ishlab chiqildi. O‟zFA Zoologiya 
va parazitologiya institutida hayvonot olamini muhofaza qilish va undan oqilona
foydalanish tadbirlari, qishloq xo‟jalik hayvonlarida uchraydigan yuqumli 
kasalliklarning oldini olish, qimmatli hayvon turlarining kadastri va nazorat ishlari
olib borildi. 
Ushbu ilmiy ishlarga T.Z.Zohidov, A.M.Muxammadiev, V.V.YAxontov,
M.A.Sultonov, G.O.Olimjonov va boshqalar rahbarlik qildi. XX asrning ikkinchi 
yarmida hozirgi davr fanlarini “ekologlashtirish” boshlandi. Bu esa ekologik
bilimlarning katta ahamiyatga ega ekanligini bildiradi. Demakki, hozirgi davrda 
ekologiya fanining kelajagi porloq, chunki insoniyatning sayyoramizda yashab
qolishi, ko‟p jihatdan ushbu fanning rivojlanish darajasi bilan bog‟liq bo‟lib qoladi. 


ATROF-MUHIT VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI 

ASOSIY VAZIFALAR 
O‟zbekiston Respublikasining atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish 

sohasidagi birinchi navbatdagi vazifalari quyidagilar hisoblanadi:


1. Jamiyatning ta‟lim olish va intelektual potentsialini o‟sishini ta‟minlovchi 
sharoit yaratish;
2. Atrof-muhit holatini yaxshilash uchun hamda global ekologik 
muammolarni hal etishga etarli mablag‟ ajratish kerak;
3. Genetik fond, turlar va landshaftlar xilma-xilligini saqlash; 
4.
Tabiiy

resurslardan


foydalanishning 
iqtisodiy
mexanizmlarni 
takomillashtirish;
5. Maxsus muhofazaga olingan hududlarni boshqarish bo‟yicha dasturlar 
ishlab chiqish;
6. Atrof-muhitni ifloslanish manbalarini aniqlash bo‟yicha nazorat tizimini 
takomillashtirish va rivojlantirish;
7. Xususiylashtirish jarayonlarida ekologik talablarga rioya qilish va atrof-
muhitga zarar keltirmaslik uchun javobgarlik kabilarni nazorat qilish mexanizmini
yaratish; 
8. Ekologik xavfsiz mahsulotlar va texnologik jarayonlar sohasida ekologik
sertifikatlash tizimini takomillashtirish; 
9. Ekologik axborotlar va atrof-muhit monitoringi bo‟yicha bank tizimini
yaratish; 



5
10. Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‟mitasining tabiatni muhofaza qilish 


ishlari bo‟yicha faoliyatini yorituvchi markazlashgan axborot tizimini yaratish;


11. ekologik va tarbiyaviy tizimini yanada rivojlantirish; 
12. Xalqaro ekologik normalar va standartlar bo‟yicha bosqichma-bosqich
dasturlar ishlab chiqish; 
13. Xalq xo‟jaligining turli sohalarida ekologik toza texnologiyalar,
chiqindilarni zararsizlantirish va o‟zlashtirish bo‟yicha ilmiy-texnik ishlanmalarni 
hayotga tadbiq etish, hamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishni davom ettirish;
14. Atrof-muhitni muhofazasi, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari 
bo‟yicha hamjamiyat ekologik tashkilotlari bilan o‟zaro hamkorlikni kuchaytirish
va birgalikda ekologik qarorlar qabul qilish. 

Yüklə 33,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin