Ekologiya fanining maqsadi:
• Ekosistema komponetlarini aniqlash va himoyalash.
• Evolyutsion nazariya bosqichlarini o‟rganish.
• Ekosistemada hayvonlar mavjudlgi va himoyasini muhokama qilish.
• Ekologik vaziyatlarni muhokama qilish.
• Tog‟lar, daryolar va cho‟llarni ekologik xususiyatlarini o‟rganish va
muhokama
qilish.
• Marjon qoya toshlari va namgarchilik ko‟p hududlarni o‟rganish.
• Insonning atrof muhitga ta‟sirini o‟rganish va muhokama qilish.
Ilmiy metodlar
Olimlar muammolarni hal qilishda turli xil ilmiy metodlardan foydalanadilar.
Bu metodlar boshqalar tushuna oladigan faktlarni tashkil qilish va yozishni o‟z
ichiga. Olimlar muammoni hal etishda ko‟pgina variantlarini qo‟llaydilar.
Ilmiy tadqiqotda birinchi qadam bu hal qilinishi kerak bo‟lgan muammoni yoki
savolni aniqlab olish. Savolni aniqlab olgandan so‟ng ma‟lumotlar to‟planadi va
2
M.Begon va boshqalar, 2006. 174-bet
10
ular tahlil qilinadi. Ma‟lumot to‟plashda kutubxona
fondi materiallarini tahlil
qilish, soha haqidagi bilimlarni yig‟ib chiqish, labarotoriya va dalada test ishlarini
olib borish kerak.
Yangi yo‟nalishga o‟tishdan avval soha haqida ma‟lum bo‟lgan barcha
ma‟lumotlarni to‟plash juda muhim sanaladi. Ishni o‟zingiz
nimani bilishingiz
kerak ekanligi haqidagi savoldan boshlang. So‟ngra turli xil manbalardan
yig‟ilgan ma‟lumotlarni tekshiring.
Adabiyotlar, entsiklopediya,
hukumat
hujjatlari, kasbiy jurnallar, ilmiy maqolalar va
internet kabi manbalardan
foydalanish mumkin ( M.Begon va boshqalar, 2006. 154-bet).
Bazida olimlar o‟zlari to‟plamagan yoki boshqalar tomonidan to‟plangan
ma‟lumotlardan foydalanadilar. Barcha to‟plangan ma‟lumotlar ham ishonarli
emas. Siz barcha ma‟lumot manbalarini o‟rganishingiz va ma‟lumotlarni
ilmiy
jihatdan to‟g‟ri, ishonchli ekanligini tekshirib ko‟rib foydalanishingiz kerak.
SHunda bu ma‟lumotlar siz kutgan natijaga erishishingizda samarali natija beradi (
M.Begon va boshqalar, 2006. 174-bet)
3
.
Nazorot savollari:
1. Ekologiya mustaqil fan sifatida qachon vujudga keldi?
2. О„rta Osiyo allomalarining ekologiya faniga qо„shgan hissasini sо„zlab
bering.
3. О„zbekistonda ekologiya yо„nalishidagi ilmiy ishlarning asoschilari
kimlar?
4. Ekologiya fanining rivojlanishida О„zbekiston olimlari tomonidan olib
borgan ilmiy-tadqiqot ishlar haqida tо„xtaling.
3
Begon and others. Ecology. UK. 2006. B. 10-12; 154;174.
http://hozir.org