1 Мавзу: Экспериментал психологиянинг предмети


Tavsiya etiladigan adabiyotlar



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/35
tarix12.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#111981
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
eksperimental psixologiya

Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
 
1. Xrestomatiya po psixologii. Psixologiya pamyati. M - 1993. 
2. Praktikum po obhey psixoloii. M - 1994. 
3. Praktikum po obhey i eksperimental’noy psixologii.T.LGU 1994. 
4. Umumiy psixologiya. A.V. Petrovskiy taxriri ostida. T.1992. 
5. Umumiy psixologiyadan amaliy mashg`ulotlar, T. 1994 
9- MAVZUTAFAKKURNING eKSPERIMENTAL TADQIQ eTILISHI. 
REJA: 
1. Tafakkur va nutqning o`zaro bog`liqligi. 
2. Masalalar echish usuliga o`tgan tajribaning ta`siri. 
3. Fikrlash faoliyatining o`ziga xosligiga ko`rsatmaning ta`siri. 
 
Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:

Tafakkur-voqelikdagi predmet va hodisalarni aniq, to`liq, umumlashtirib 
vositali yo`l bilan aks ettirish usuli. 

Nutq-kishilar o`rtasidagi aloqa jarayonida tildan foydalanish. 

Analiz-bir butun predmet va hodisalarni tarkibiy qismlarga bo`lish. 

Sintez-alohida tarkibiy qismlarni bir butun qilib birlashtirish. 

Umumlashtirish- predmet va hodisalarni biror xususiyatiga ko`ra bita 
tushunchaga birlashtirish. 

Taqqoslash-predmet va hodisalar o`rtasidagi o`xshash va farq qiluvchi 
tomonlarini aniqlash. 

Mavhumlashtirish-predmet va hodisalarning biror belgisini fikran ajratib 
olish. 

Tushuncha-predmet va hodisalarning umumiy va maxsus belgilarini aks 
ettirish. 

Hukm- predmet va hodisalarga biror belgining xos yoki xos emasligini 
tasdiqlash. 

Xulosa chiqarish- ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukmlar keltirib 
chiqarish. 
Inson tafakkuri bilan hayvonlar tafakkuri o`rtasidagi farq nimada? 
Tafakkur va nutq bir-biri bilan mustahkam aloqaga ega. So`z tushunchani 
ifodalaydi, uni umumlashtiradi va fikrning mavjudligining shakli hisoblanadi. SHu 



40
bilan birga nutq va tafakkur o`rtasida farq mavjudki, ularni aralashtirib, aynan bir 
narsa deb qarash aslo mumkin emas. 
Tafakkur bevosita bilishdan, amaliy faoliyat jarayonida vujudga kelib uning 
chegarasidan tashqariga chiqib ketadi. Sezgi va idrok orqali tafakkur tashqi olam 
bilan bog`langan. Nutq esa barcha psixik jarayonlar bilan bog`liq bo`lib, ularga 
nisbatan integrativ (birlashtiruvchi) vazifani bajaradi. 
Tafakkur ancha kech eksperimental psixologiyaning predmetiga aylanadi. 
Dastlabki tajribalar Vyurtsburg psixologiya maktabi namoyondalari tomonidan 
o`tkazilgan. Hozirda eksperimental tadqiqotlar ta`sirida tafakkur bir qancha fikrlash 
jarayonlari (rejalashtirish, loyihalashtirish, oldindan aytish, baholash, tushunish
xulosa chiqarish) va operatsiyalari (analiz, sintez, umumlashtirish, taqqoslash) dan 
iborat aqliy harakat deb qaralmoqda.
Tafakkurni kuzatish yo`li bilan o`rganish mumkinmi?  
Tafakkurning boshlang`ich holati muammoli vaziyatdir. Bunday muammoli 
vaziyatlar tafakkurning bosqichli tabiatga ega ekanligini ifodalaydi. Ko`pgina 
tadqiqotchilar tomonidan fikrlash jarayonining quyidagi bosqichlari ajratilgan: 1) 
muammoning vujudga kelishi, (sub`ekt maqsadga erishish uchun o`zining bilimlari 
ko`lami etarli emasligini anglaydi). 2) muammoli vaziyatning tahlili, sub`ekt 
muammoli vaziyatdagi axborotlarni tahlil qiladi. 3) maqsadga erishish usullari 
haqidagi farazni shakllantiradi (bu nisbatan maxsuldor boskich bo`lib, sub`ekt yangi 
axborotlarni faraz va metod shaklida yaratadi). 4) farazni tekshirish, ilgari surilgan 
faraz va echim usullari nazorat qilinadi, baholanadi, tekshirib ko`riladi. 
Tafakkur va nutqning o`zaro bog`liqligi avvalo fikrlash jarayonining til orqali 
ifodalanishida namoyon bo`ladi. Hozirgi kunda so`z va uning mazmuniy tomonini 
o`rganish maqsadida assotsiativ eksperimentdan foydala-niladi. Assotsiativ 
eksperimentning barcha turlari uchun xos bo`lgan xususiyat, ularda natijaning asosiy 
ko`rsatkichi sifatida reaktsiya vaqti hisoblanadi. Bu mezonlar nutq-fikrlash 
jarayonining dinamikasini o`rganish imkonini beradi. Assotsiativ reaktsiya vaqti nerv 
jarayonlarining o`tish tezligini ifodalaydi.
Eksperimental psixologik tadqiqotlarda aniqlanishicha o`tgan tajriba fikrlash 
jarayoniga faqat ijobiy emas, balki salbiy ham ta`sir etishi mumkin. 
M.Vertgeymerning fikricha, bolalarda o`tgan tajriba ijodiy tafakkurga salbiy ta`sir 
qiladi. Ta`lim va amaliy faoliyat jarayonida inson muammolarni echishning 
cheklangan usullarini o`zlashtirsa, tuzilishi har xil bo`lgan vazifalarni echishda 
tafakkurning rigidligi (qotib qolgan) namoyon bo`ladi. Rigidlik deganda, sub`ektning 
muammoni hal qilishga qiynalishi yoki shakllangan dasturni qayta o`zgartirish uchun 
qobiliyatning etishmasligi tushuniladi.
Rigidlikning kognitiv (bilish), affektiv (hissiy) va motivatsion turlar mavjud 
tafakkurni o`rganishda ko`proq kognitiv rigidlik muhim ahamiyatga ega bo`ladi. 
Biror muammoni doimo bir xil usulda echish, keyinchalik shu muammoni 
boshqacha usulda echishni qiyinlashtiradi. Buning sababi nimada?  
A.S.Lachins tomonidan ishlab chiqilgan metodika yordamida bir xil tipdagi 
vazifani echish jarayonidagi ikki guruh tekshiriluvchilar natijalarini solishtirish orqali 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin