1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti


Hissiy holatlarning ifodalanishi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə39/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
6594 Majmua

Hissiy holatlarning ifodalanishi
Hissiy holatlarning ifodalanishi birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo’l, oyoq harakatlari), ikkinchidan organizmdagi turli hodisalarni, ya'ni ichki a'zolar faoliyatining va holatining o’zgarishida, uchinchidan tabiatda, ya'ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o’zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo’ladigan o’zgarishlarni o’z tarkibiga oladi.
His-tuyg’ularning tashqi ifodasiga yuz ifodasi, imo-ishora, vajohat va qaddu-qomatning o’zgarishi, ayiruv, tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati (so’lak, ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi o’zgarishlarni kiritish mumkin. Bunga nutqning faol o’zgarishlari, "ovoz mimikasi" va gaplar tarkibining sintaksis o’zgarishi, "tutilmasdan gapirish", yoki alo?ida "silliqlik" hamda "ifodalilik"ning yuzaga kelishi nihoyat hissiyot o’zining to’la qisman ifodasini topadigan xatti-harakatlarga taalluqlidir. Kishining emosional kechinmalari vaqtida nutqining tezligi o’zgaradi. Ko’pincha nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, tezligi va ahamiyati o’zgaradi. O’tkazilgan tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, g’amginlik va ma'yuslik hislarini ifodalovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi, so’zlashgan kishining tovushi ham bo’linib-bo’linib chiqadi.
Emotsiyalarning tashqi ifodasi turli ko’rinishlarda ro’y beradiki, unda asosiy o’rinni ko’rgazmali jihatlar asosiy o’rin egallaydi.
Birinchidan, emotsiyalar nafas olish a'zolarining ishlarida o’zgarish yasaydi. Masalan, yoqimli his-tuyg’ular ishga tushganda nafas olishning tezligi va ampilitudasi ortadi, yoqimsiz his-tuyg’ular ustun kelganda kamayadi, qo’zg’algan vaqtida nafas harakatlari tezlashadi hamda chuqurlashadi, zo’r berish vaqtida-sekinlashadi va yuzakilashadi, hayajon vaqtida tezlashadi, hamda kuchsizlashadi, kutilmagan holatda, hayron qolishda zudlik bilan tezlashadi, qo’rquvda sekinlashadi va hokazolar.
Turli emotsional holatlarda nafas olishning o’zgarishi
a) xursandlikda nafas olish bir minutiga 17 marta;
b) faol xafalikda 9 marta;
v) qo’rqishda 64 marta;
d) jahl chiqqanda 40 marta.
Ikkinchidan, emotsiya imo - ishoralarda, mimikada, ya'ni kishining yuzida bo’ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma'nodor harakatlarida ko’rinadi.
Uchinchidan, gumoral harakatlardagi, ya'ni organizmning qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o’zgarishlarni va shuning bilan birga modda almashishida bo’ladigan yanada chuqur o’zgarishlarni o’z tarkibiga oladi.
Demak, emotsiyalarning tashqi ifodasiga mimika, imo-ishora, aft-bashara va qad-qomatning o’zgarishlari, ayrim tashqi sekresiya bezlarining faoliyati yosh, so’lak, ter ajralishi hamda ayrim harakatlarning xususiyatlaridagi o’zgarishlar, ya'ni ularning tezligi, kuchi, koordinasiyasi va hokazolar kiradi.
Emotsiyalarning eng aniq va yaqqol ko’rinishlaridan biri kulgi bilan yig’idir.
L.N.Tolstoy o’z asarlarida odamning ruhiy holatini ifodalovchi nigohlarning 85 xilini va kulishning 97 xilini tasvir etgan. "Har xil sabab bilan yig’lagan paytda odamning boshi va og’zi har xil qiyofada o’zgaradi" - degan edi. Leanardo da-Vinchi.
Rus psixologi P.M.Yakobson tomonidan ishlangan rasmlardan ko’rinib turibdiki, odamning aftidagi qiyofa asosan lablar, qosh va ko’z o’zgarishlarining bir-biriga nisbatan turlicha holatga, shuningdek, ko’zning qanchalik chaqnab turishiga bog’liqdir. Ko’zning qanchalik chaqnashi ko’z yoshining miqdori, ko’z shilliq pardasidagi tomirlarning kattalashuvi bilan belgilanadi. Maskaning tagida ko’rinib turgan ko’z o’zining ifodasini yo’qotgan bo’ladi. Ko’z, lab, qovoq, qoshning har xil holati, xatto odam chehrasini ham turli qiyofaga kiritadi.
Odam hissiyotlarini bildirishning eng nozigi va eng kuchlisi san'at, xususan, muzika bilan lirik she'rlardir, ularni tom ma'noda hissiyotning tili deyish mumkin.
Odam o’zini va gavda harakatlarini, shuningdek tovushni ataylab chiroyli qilib ko’rsatishi mumkin. U garchi "muayyan hissiyotlarni o’zi kechirmayotgan bo’lsa ham o’sha hissiyotlarni ifodalaydigan harakatlar qila oladi.
Har bir kishi ham o’z hissiyotlarining tashqi ifodalarini ma'lum darajada o’zgartirishi mumkin. Odamlarni kundalik muomalalarida badanning xilma-xil ifodali xarakatlari, imo-ishoralar xususan, ko’z bilan qilinadigan imo-ishoralar, tovushning ohangi, g’amginligi muhim ahamiyatga ega. Shunchaki bir xo’mrayish, salgina jilmayib kulish, yelka qisish kabi ifodali harakatlar kishining maqsadini anglatadi.
Kayfiyat tushunchasiga psixologik manbalarda turli nuqtai nazardan yondashilgan taqdirda ham mazmunan ular bir xillikni anglatadi. Jumladan Q.Turg’unov lug’atida shaxsning kuchsiz yoki o’rtacha kuchga ega bo’lgan nisbatan barqaror umumiy emosional holati, A.V.Petrovskiyning "Umumiy psixologiya" darsligida kayfiyatlar ancha vaqt davomida kishining butun xatti-harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi, deb ta'kidlanadi. Professor E.G’.G’oziev fikricha, kayfiyat shaxsning ruhiy jarayonlariga muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emosional holatdir
Affekt tushunchasiga berilgan ta'riflarga asosiy e'tiborni qaratadigan bo’lsak bu ham shaxsning kuchli emosional holatlari bilan bog’liqdir. Q.Turg’unovning lug’atida aytilishicha, affekt tez va kuchli paydo bo’lib, shiddat bilan o’tadigan qisqa muddatli emosional holatdir. A.V.Petrovskiyning "Umumiy psixologiya" darsligida affekt haddan ziyod tez kechishi bilan miyada paydo bo’luvchi, shaxsni tez qamrab oluvchi, jiddiy o’zgarishlarni yuzaga keltiruvchi jarayonlar ustidan irodaviy nazorat buzilishiga yetaklovchi organizm a'zolari funksiyasini izdan chiqaruvchi emosional jarayonlarga aytiladi Affekt lotincha so’z bo’lib, ruhiy hayajon ehtiros degan ma'noni anglatadi. Affektlar ko’pincha to’satdan paydo bo’ladi va ba'zan bir necha minut davom etadi. Affekt holatida kishini ongini tasavvur qilish, fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib qoladi. Affektlar vaqtida odamning harakatlari kutilmagan tarzda portlash singari birdaniga boshlanib ketadi. Ba'zan affektlar tormozlanish holati tarzida namoyon bo’ladi va bunday holatda organizm bo’shashib, harakatsiz bo’lib va shalvirab qoladi. Bunday holat ko’pincha odam birdaniga qo’rqqanida, to’satdan quvonganida va shu kabi holatlarda o’zini yo’qotib qo’yish ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Ma'lumotlarning ko’rsatishicha ko’pincha hissiyotlar affektiv shaklda o’tishi tajribalarda sinab ko’rilgan. Jumladan: 1) teatr tomoshabinlarida; 2) tantana nashidasini surayotgan olomonlarda; 3) es-xushini yo’qotgan telbasimon odamlarda; 4) ilmiy kashfiyot laxzasida; 5) tasodifiy qizg’in uchrashuvlarda, jo’shqin shodliklarda mujassamlashadi.
Stress tushunchasining mazmuni mohiyati borasida qator ta'riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tomonidan stress-ffektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomiyligiga ko’ra kayfiyatlarga yaqin bo’lgan his-tuyg’ularni boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta'rif beriladi. Profssor E.G’ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og’ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar ishlarning me'yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar tug’ilganida, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo’rig’ishlar sifatida ko’rsatiladi.
Stress - inson organizmini haddan tashqari zo’riqish natijasida paydo bo’ladigan tanglik jarayonidir.
Stress ko’rinishiga qarab ikki turga ajratiladi:
1. Konstruktiv - biz turidagi (ko’pchilik orasida);
2. Destruktiv - men turidagi (yakka shaxs o’zi bilan) kechadigan jarayon.
Stress holatini oddiy tilda aytadigan bo’lsak, bu insonlarda kechadigan tushkunlik holatidir. Insonning aqliy jihatlari va fiziologik tizimida stress holati bo’lmasligi mumkin emas. Bular ko’p hollarda muloqotlarda va boshqa ijtimoiy jarayonlarda yuz beradi. Stressni fiziologik va psixologik turlari mavjud. Fiziologik stress - bu o’ta jismoniy zo’riqish, biror og’riq, qo’rquv, kasalliklar natijasida vujudga keladi.
Fiziologik stress organizm o’ta zo’riqishi, temperaturaning baland yoki past bo’lishi, nafas olishning qiyinlashishi bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, ba'zida odam organizmida qattiq og’riq bo’lganda, og’riq nimadan kelib chiqqanligini tushunib yeta olmaslik oqibatida odamda qo’rquv, xavotirlanish paydo bo’ladi va stress holatiga olib keladi.
Psixologik stress-odamning ruhiy holatiga voqealarni ta'siri tufayli paydo bo’ladigan stress .
Psixologik stress informasion stress va emosional stress turlariga ajraladi.
Informasion stress axborotlarni haddan tashqari ko’p qabul qilish vazifalarni bajarishda bir qancha yechimlar bo’lsa-da, aniq ulardan qaysi birini tanlash yuqori darajadagi shiddat bilan qaror qabul qilishdagi ikkilanishi natijasida kelib chiqishi mumkin. Axborotlarni haddan tashqari ko’p qabul qilish oqibatida odam psixikasi zo’riqadi (charchaydi) va buyrak usti bezlaridan stressli garmonlar ko’p ishlab chiqara boshlaydi. Haddan tashqari zo’riqish natijasida miyada tormozlanish yuz beradi va oqibatda tanglikka olib kelgan axborotgina miyada aks etaveradi. Miya boshqa axborotlarni tashqi ta'sirni qabul qila olmay qoladi. Bu ba'zi hollarda salbiy yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Miyada stressga olib kelgan axborot tormozlanib, saqlanib qolganda tanglik holatining yuqori nuqtasiga chiqqanda tanglik holatidan chiqib ketolmay o’z joniga qasd qilishgacha olib kelishi mumkin.
Emotsional stress-ta'qiq qilish, falokat, hayotiy o’zgarishlar (oilaviy mojarolar, to’satdan ishdan bo’shatish yaqin kishisini yo’qotish, uzoq muddatli sevgidan qutila olmaslik sababli, xavf ostida qolganda, atrofdagilar tomonidan noto’g’ri munosabat qilinganda va hokazolarda) ko’rinadi.
Olimlar o’tkazgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, falokat, hayotiy o’zgarishlar, kundalik tashvishlar ko’proq stresslar hisoblanadi.
Birinchi bo’lib stress bo’yicha 1932 yili fiziolog Uolter Kennon va 1936 yilda vrach Gans Sele chuqurroq tushuncha berishga harakat qilganlar. U.Kennonning gomeostaz nazariyasi asosida 1933 yilda "Psixika va tana" asari yaratildi. Bu asarda barcha tashqi sharoit o’zgarishlariga optimal (to’la) moslasha oladigan bir yaxlit organizm haqida yozilgan. Organizmdagi turli o’zgarishlar, ya'ni ochlik, qo’rquv, jahldorlik holatlarini ko’p yillar kuzatib o’rganish natijasida "gomeostoz" ya'ni organizmni ichki holatini davomiyligi nazariyasi yaratildi. Uning fikricha, gemostoz va tashqi muhit ta'sirida asosiy o’rinni markaziy va vegetativ nerv tizimi egallaydi. Markaziy nerv tizimi tashqi-muhit, bilan vegetativ nerv tizimi esa gemeostoz holatini saqlab turadi. Bundan organizmni "qochishi va kurashishi" uchun energiya ishlab chiqaruvchi simpatoadrenal tizimi muhim rol o’ynaydi.
Kanadalik olim vrach G.Sel’e (1936-1976 yillar) o’zini 40 yillik ilmiy izlanishlari bilan U.Kennon nazariyalariga qo’shimchalar kiritib, stress psixologiya va tibbiyotda asosiy tushunchalarda biri ekinligini aytib o’tgan. G.Sel’e stress har doim ham zararli emas, ba'zan inson organizmiga yordam, ko’mak foyda berishi mumkin. Ayrim hollarda stressga tushib qolganda odam yashash uchun kurashish o’z ehtiyojini qondirish uchun faollashib, o’zi bilmagan zahiradagi energiyasini ishga solishi mumkin degan. U tirik organizmning noqulay tashqi sharoitlariga moslashuvchanlik muammosini o’rganib chiqqan.
Inson faoliyatining qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi, hislarni qaysi birining asosiy ekanligiga qarab, yuksak hislarning muhim turlari: praksik , axloqiy, intellektual, estetik turlari ajratiladi.
Praksik hislar. Inson amaliy hayotining istalgan sohasi maqsadga muvofiq aqliy faoliyatiga, shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo’lish sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda biror maqsadni anglabgina qolmay, uni e'tirof etadigan yoki inkor qiladigan maqsadlarga erishish yo’llarini baholaydigan ta'sir qilish usullari va ko’lamlarini ma'qullaydigan va ma'qullamaydigan, ularni to’g’ri tanlanganligiga shubhalanadigan, nihoyat muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini kechiradigan mehnat faoliyatida kuzatiladi. Mehnat inson hayotining asosi bo’lib, insonning mehnatga bo’lgan hissiy munosabati yuksak hislar orasida muhim o’rinni egallaydi,
Mehnat faoliyatida shaxs:

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin