Agar korrelyatsiyalash koeffitsienti 3 yoki undan ortiq marotaba o’zining xatoligidan oshib ketsa, ko’rilayotgan belgilar o’rtasida korrelyatsiya bog’liqligi mavjud bo’ladi.
Kichik sonli kuzatishlar uchun (n<100) da korrelyatsiya koeffitsientining hisoblash aniqliklari va ishonarli chegaralarini Fisherning maxsus jadvali yordamida aniqlanadi. Hisoblashlarda olingan korrelyatsiya koeffitsientini, erkinlik darajasi soni va p qiymatlilik miqdoriga bog’liq ravishda, jadvaldan tanlangan koeffitsient qiymati bilan solishtiriladi.
Agar korrelyatsiya koeffitsientining topilgan qiymati jadval qiymatidan katta bo’lib chiqsa, bog’lanish eichligini (ishonchliligini) qabul qilingan tekshirilayotgan belgilar orasidagi chiziqli bog’liqlikka ko’ra yetarli deb baholash mumkin. Agar olingan korrelyatsiya koeffitsienti qiymati jadval qiymatidan kichik bo’lsa, bu o’rganilayotgan belgilar orasida kuzatishlarning berilgan sonida (n=f+2), xatto r>0,6 bo’lganda ham, bog’lanish yo’qligini ko’rsatadi. Masalan, agar f=0,25 va p=0,01 bo’lganda korrelyatsiyaning jadval qiymati r=0,487; hisoblangan qiymati esa 0,538; bu tekshirilayotgan belgilar orasida kuzatishlarning berilgan sonida yetarlicha zich bog’lanish borligini ko’rsatadi.