Такрорлаш учун саволлар:
Марказий Осиё тушунчаси қайси худуларга нисбатан ишлатилади?
Марказий Осиёнинг стратегик аҳамияти ҳақида сўзлаб беринг?
Марказий Осиёнинг тинчлиги ва барқарорлиги учун қандай омиллар керак?
Афғонистон муаммоси ечими сифатида Ўзбекистон ҳукумати қандай ишларни амалга оширмоқда?
12- mavzu. O‘zbekistonning diniy ekstremizm va terrorizmni oldini olish va unga qarshi kurash borasida olib borayotgan siyosatining mohiyati.
Reja:
1. Diniy ekstremizm va terrorizmni oldini olishning ijtimoiy-huquqiy asoslari.
2. Ma`naviy merosimizni o`rganish va targ`ib qilish va Jaholatga qarshi ma`rifat tamoyiling amaliy ifodalari.
3. Harakat strategiyasi-Xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta`minlash sohasidagi ustivor yo`nalishlar
1. Diniy ekstremizm va terrorizmni oldini olishning ijtimoiy-huquqiy asoslari.
Fuqarolik jamiyatining asosini ijtimoiy adolat, inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi hamda ijtimoiy himoyaga yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti tashkil etadi. Bunday iqtisodiyotning muhim belgisi iqtisodiy plyuralizmdir. U mulk shakllari va xo’jalik yuritish usullarining xilma-xilligida ifodalanib, alohida mulk shaklining yakka hukmronligiga yo’l qo’ymaydi.
Bu borada erkinlashtirish jarayonlarining o’rni nihoyatda muhim. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati va tanlash erkinligi, raqobatga asoslangan bozor munosabatlarini rivojlantirish, davlatning iqtisodiy funktsiyalarini cheklash bilan uzviy bog`liqdir. Bu aloqadorlik mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida hisobga olinmoqda.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida iqtisodiyotning nodavlat sektori shakllandi.
Ushbu vaziyat iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlik va iqtisodiy faoliyat erkinligini kengaytirish, xususiy mulkdorlar mavqeini yanada ko’tarishni taqozo etdi. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada liberallashtirish bilan bog`liq yangilanishlarda muhim ahamiyat kasb etdi.
Iqtisodiy erkinlashtirish natijasida amalda jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni kafolatlovchi, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi o’rta mulkdorlar sinfi shakllana boshladi. Ana shunday sharoitda xususiy mulkchilik etakchi o’rinda turadigan ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etishga alohida ahamiyat berildi. Ayni paytda, haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish tizimini tubdan qayta ko’rib chiqish hamda valyuta tizimi va bozorini erkinlashtirish, davlat va turli nazorat qiluvchi organlar tomonidan korxonalarning xo’jalik faoliyatiga noo’rin aralashuviga cheklab qo’yish kabi vazifalar ustuvor qilib belgilandi.
Ushbu vazifalarni hal qila borish orqali nodavlat sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ortishiga hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi, chakana savdo aylanmasi va aholining ish bilan band-ligida ijobiy natijalarga erishildi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyatni shakllantirishning ustuvor yo’nalishi hisoblangan xususiy sektor mavqeini yanada oshirish va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari davom etmoqda. Xususiylashtirish jarayoni tobora yirik korxonalar va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini o’z ichiga qamrab olmoqda. Korporativ xususiy mulk miqyosini kengaytirish uchun aktsiyalarni sotishning birlamchi va ikkilamchi birja hamda birjadan tashqari bozori rivojlantirilmoqda. Kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moddiy-texnika resurslari va moliyaviy mablag`lar bilan ta’minlanishini yaxshilash, bozor infratuzilmalarini rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklariga aylantirilib ularga servis xizmati ko’rsatuvchi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari va qishloqlarda ularning filiallari tashkil etilmoqda.
Iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish maqsadida Oliy Majlisning Konunchilik palatasi va Senat tomonidan yakka va korporativ xususiy mulkdorlar huquqlarini yanada kuchliroq himoya qilish, ularning mas’uliyatini oshirish, tadbirkorlik faoliyati erkinligini ta’minlovchi hamda ularning xo’jalik yuritishini tartibga soluvchi huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Endilikda, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, tadbirkorlik sub’ektlari uchun teng iqtisodiy faoliyat sharoitlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy qilish uchun davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish izchil davom etmoqdi. Ammo iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini rivojlantirish va uning bozor mexanizmi bilan uyg`unligini ta’minlash yo’lida hali ko’p ishlar qilish darkor.
Fuqarolik jamiyati qurish uchun davlatning iqtisodiy faoliyatini cheklash, uning vazifalarini bos-qichma-bosqich mahalliy hokimiyat va o’zini o’zi bosh-qarish organlari, nodavlat tuzilmalari zimmasiga yuklash erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishga qulay sharoit yaratadi. Pirovardida, bozor iqtisodiyotining shakllanishiga, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga va aholining turmush farovonligini oshirishga erishiladi. Mamlakatimiz eks-port salohiyatining rivojlanishi va mustahkamlanishi esa uning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashiga zamin yaratadi.
Ayni paytda, aholi daromadlarini sifat jihatdan yanada oshirish masalasiga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. O’zbekistonda milliy iqtisodiyot tarkibini modernizatsiya qilish aholining daromad topishga bo’lgan intilishini rag`batlantirishi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning erkin iqtisodiy faoliyatini ta’minlaydigan shart-sharoitlarni yaratishi va faol bo’lishga undashi zarur. Natijada, daromadni ishlab topadigan sub’ektlar soni ortishiga, aholi o’rta hol qatlamining ko’pa-yishiga va ularning ta’sir doirasi kuchayishiga erishiladi. Bu esa aholi daromadlarining ijtimoiy ahamiyati o’sishi va turmush darajasining yuqori bo’lishini ta’minlaydi.
Aholi daromadlarining o’sishida qo’shimcha daromad topishning rag`batlantirilishi, uning bozor iqtisodiga xos bo’lgan yangi turlarining paydo bo’lishi va an’anaviy turlari yangicha mohiyat kasb eta boshlashi muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Bozor iqtisodiyoti daromadni ko’paytirish orqali iqtisodiy barqarorlikka erishishga yo’l ochadi. Aholi daromadlarini yuksalishi jamiyatda o’rta hol aholi tabaqasining ortishiga zamin hozirlaydi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi. Demak, ijtimoiy barqarorlik aholi daromadlarining muttasil oshib borishi bilan bir vaqtda yuz beradi.
Daromadlarning o’sishi aholi turmush sifatining yuksalishini, komil insonni shakllantirish uchun zarur sharoitlarni yuzaga keltirishni ham taqozo qiladi. Shuning uchun aholi daromadlarining o’sishi masalalari ijtimoiy barqarorlik bilan uzviy bog`liq. O’z navbatida, ijtimoiy barqarorlik ham aholi turmush darajasining o’zgarishiga kuchli ta’sir etadi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida farovonlikning o’zgarishi bozor qonunlarining barqarorligi ta’sirida bo’ladi. Shuningdek, iqtisodiyotning rivojlanishi va moddiy ne’matlarning taqsimlanishida davlatning ta’siri hamda aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatish ko’lamining o’rni kattadir. Va, albatta davlat ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlari ko’lamini yanada kengaytirishi natijasida jamiyatda ijtimoiy totuvlik ta’minlanadi. Bu o’z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni kafolatlaydi.
Bozor iqtisodiyoti fuqarolar daromadini oshirishga imkon beradi. Bunda oqilona daromadlar siyo-satini yuritish talab etiladi. Shuning uchun iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash, bozor iqtisodiyotini tartibga solish har qanday davlatning asosiy vazifalaridan biri bo’lib qoladi. Davlat, bir tomondan, har bir jamiyat a’zosining turmush farovonligini yuksaltirishda teng imkoniyatlar yaratishga va umumiy farovonlikni ta’minlashga intilsa, ikkinchi tomondan, daromadlarga ega bo’lishni adolatli usullar orqali tartibga solishga ko’maklashadi va ijtimoiy barqarorlik hamda totuvlikni ta’minlaydi.
O’zbekistonda inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati va boshqa huquqlari eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etilib, Konstitutsiyada mustahkamlab qo’yilgan. Ijtimoiy qadriyatlarning konstitutsiyaviy qoida darajasiga ko’tarilishi fuqarolik jamiyatini barpo etishning shartlaridan biridir. Inson omiliga bo’lgan bunday munosabat qonunlarni yanada takomillashtirish va liberallashtirishni taqozo etmoqda.
Dostları ilə paylaş: |