1-mavzu: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini o‘rganishning ahamiyati Reja



Yüklə 460,36 Kb.
səhifə56/64
tarix13.10.2022
ölçüsü460,36 Kb.
#65093
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64
ЭТКМдан маруза матн 2019-2020 oxirgi

Takrorlash uchun savollar:
1. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jamiyat rivojlanishiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
2. Siyosiy- huquqiy o’zgarishlar va sud- huquq tizimidagi islohotlarning ijtimoiy adolatni ta’minlashdagi ahamiyati nimalarda ko’rinadi?
3. Jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy yangilanishi va barqaror ijtimoiy taraqqiyoti o’rtasida qanday aloqadorlik bor?
4. Mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning qanday o’ziga xos xususiyatlarini ajratish mumkin?
5. Diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olishda mafkuraviy immunitetning o’rni va ahamiyatini qanday baholash mumkin?
13-мавзу: Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari


Reja:

  1. Diniy ekstremizm va terrorizmga harshi kurashda xalqaro hamkorlik.

  2. Odamlarni garovga olish bilan bog`liq jinoyatlarning oldidi olish.

  3. Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish bo`yicha kelishuvlar.

  4. Yadroviy materiallarini o’g`irlash bilan bog`liq jinoyatni oldini olish.

  5. Yollanish bilan bog`liq jinoyatlar bo`yicha kelishuvlar



Tayanch tushunchalar: Terrorizmga qarshi xalqaro hamkorlik, xalqaro huquq, xalqaro terrorizm, xalqaro jinoyat. Terrorizmning oldini olishga qaratilgan xalqaro hujjatlar, xalqaro aksilterror uyushmalari, ma’naviy-ma’rifiy hamkorlik.



  1. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqarohamkorlik.

Xalqaro terrorizm – eng og`ir jinoyat bo’lib, u uzoq davometgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi.Unga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikning yo’lgaqo’yilishi o’tgan asrning 30-yillaridan boshlangan. Masalan, 1934 yilda Madridda bo’lib o’tgan jinoyatchilikka oid qonunlarniunifikastiyalashtirish muammolariga bag`ishlangan konferenstiyadaterrorizmning «Aholini dahshatga solish va har qanday ijtimoiytashkillashuvni yo’q qilish maqsadida biror bir vositani qo’llash»degan ma’nodagi ta’rifi qabul qilinishiga erishilgan edi.
1937 yilda 20 dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish vabunday harakatlar uchun jazolash haqidagi Konvenstiyani imzoladi. Unda terrorizm: «davlatga qarshi qaratilgan, muayyan shaxslar yokiaholi o’rtasida qo’rquvni keltirib chiqarish maqsadini ko’zlagan jinoiy faoliyat» deyata’riflangan edi. Davlat boshliqlari, ularninghuquqidan foydalanuvchi, ular tayinlagan yoki merosxo’r bo’lgan kishilar, qayd etilgan shaxslarning ayollari hayoti, sog`lig`i,ozodligiga tajovuz qilish, jamoat mulki yoki boshqa davlatning mulkiga zarar etkazish,ommaviy xavf tug`dirish bilan odamlarnihalok qilish niyatini ko’zlash, ko’zlagan jinoyatlarini sodir etish maqsadida qurol-yarog` va portlovchi moddalar sotib olish, saqlash vaetkazib berish ana shunday jinoyat sirasiga kiritilgan edi.
Ayni paytda, terrorchilarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun 13 davlat suveren tenglikni chegaralovchi «Xalqaro jinoiysudni tashkil etish» haqidagi Konvenstiyani imzoladi. Shunday bo’lsa-da, bu hujjatlarda xalqaro terrorchilarni tutib berish masalasiumuman qo’yilmagan, terrorizmning ta’rifi esa haddan tashqarikengayib ketgan edi. Yuqoridagi kabi qator kamchiliklari tufaylinomlari zikr qilingan konvenstiyalar zarur miqdordagiratifikastiyalarni to’play olmadi va kuchga kirmay qolib ketdi.
Shungaqaramay, ular bu sohadagi davlatlararo hamkorlikka ozmi-ko’pmiijobiy ta’sir ko’rsatgani shubhasiz, albatta. Chunki ularning asosiyqoidalaridan terrorizmga qarshi kurash to’g`risidagi milliyqonunlarni mukammallashtirishda foydalanildi.
1972 yilning may va sentyabr oylarida sodir bo’lganvoqealardan keyin xalqaro hamjamiyat bu dolzarb va xavfli hodisagayana o’z e’tiborini qaratdi. Terrorizm haqidagi umumiy tushuncha va terrorchilik faoliyati bilan shug`ullanuvchi shaxslarni jazolash choralarini belgilab beruvchi huquqiy aktlar ishlab chiqildi. O’nlabdavlatlarda terrorizmga qarshi kurash to’g`risidagi qonunlar qabulqilindi, ikki tomonlama va ko’p tomonlama bitimlar imzolandi.
Qurolli to’qnashuvlar vaqtida terrorchilik harakatlarini qo’llashxalqaro gumanitar huquq me’yorlariga, xususan, 1949 yilda imzolanganUrush paytida oddiy fuqarolarni himoya qilish haqidagi JenevaKonvenstiyasiga, 1977 yilda qabul qilingan Qo’shimcha protokollarqoidalariga ko’ra man etilgan.
Urushdan keyingi davr terrorchilik guruhlarining son va sifatjihatidan o’sishi bilan farqlanadi. Ularning ichida «Shtern»,«Irgun» (Isroil), «Yahudiylarni himoya qilish ligasi» (AQSh),«Tamil Ilam»ni ozod qiluvchi yo’lbarslar», «Baader-Maynxof»,«Qora internastional», «Butun dunyo nastional-sostialistik ittifoqi»,«Armanistonni ozod qilish maxfiy arman armiyasi» kabi uyushmalarko’pchilikka ma’lum edi. Shuningdek, hozirda dunyoning 60 ga yaqinmamlakatlarida shunday guruhlar mavjud. Jumladan, Evropada ham«Qizil brigadalar» (Italiya), «Qizil Armiya frakstiyasi», «Jangarikommunistik guruhlar» (Belgiya), «Akson direkt» (Franstiya), «ETA»(Ispaniya) kabi ko’p sonli terrorchilik uyushmalari faoliyat olibbormoqda.
Ayni paytda, terrorchilik nafaqat siyosiy, balki kattamiqdorda pul talab qilish va boshqa oddiy jinoiy maqsadlarda hamamalga oshirila boshlanganini ta’kidlash zarur. Natijada, nafaqatxalqaro muhofazadan foydalanuvchilar, balki oddiy fuqarolar hamjabr ko’ra boshladi. Ularga aholi zich yashaydigan joylar, aeroportlar,metro bekatlari, restoran va ibodatxonalarda amalga oshirilganportlatishlarni kiritish mumkin.Bunday jinoyatlarga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikaloqalari kengayib bormoqda.
Jumladan, BMT huzurida xalqaroterrorizm bo’yicha tashkil etilgan Maxsus qo’mita terrorizmsabablarini o’rganish, bartaraf qilish va unga qarshi kurash borasidadavlatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug`ullanmoqda. 1973 yilning dekabrida BMT Bosh Assambleyasi xalqaromuhofazadan foydalanadigan shaxslar, jumladan, diplomatikagentlarga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish va jazolashbo’yicha Konvenstiyani qabul qildi. Uning 1-moddasiga muvofiqxorijiy mamlakatda bo’lib turgan davlat va hukumat boshliqlari,tashqi ishlar vaziri, ularga hamrohlik qilayotgan oila a’zolari; maxsus muhofaza huquqi bo’lgan davlat vakili yoki mansabdor shaxs; hukumatlararo xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsi yoki agenti va ular bilan birga yashovchi oila a’zolari xalqaro muhofazada bo’ladigan shaxslar qatoriga kiritilgan. Odam o’ldirish, o’g`irlash yoki shaxs va uning erkinliklariga boshqa bir shaklda tajovuz qilish; erkinligi yoki shaxsiyatiga xavf tug`dirgan holda rasmiy idoralarga yoki shunday shaxslarning transport vositalariga zo’ravonlik bilan bostirib kirish, egallab olish; tahdid, qasd qilish va shunga o’xshash bosqinchilikda ishtirok etishdek qasddan qilingan harakatlar esa xalqaro jinoyat sifatida e’tirof qilinadi.
Terrorchini o’z hududida qo’lga olgan davlat amaldagi qonunlariga ko’ra uni jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa davlatga shu maqsadda tutib berish uchun zarur choralarni ko’radi. Ayni paytda, ko’rilgan choralar haqida manfaatdor davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarga ma’lum qiladi.
Bunday jinoyatlar:
– jinoyat shu davlat hududida yoki shu davlatda ro’yxatga olingan transport vositasi (kema, samolyot va sh.k.) bortida amalga oshirilganda;
– gumon qilinayotgan jinoyatchi shu davlat fuqarosi bo’lganda;
– jinoyat shu davlat nomidan rasmiy vazifani bajarayotgan va xalqaro muhofazadan foydalanadigan shaxsga qarshi sodir etilganda davlatlarning yurisdikstiyasi amalga oshiriladi.
Qayd etilgan harakatlarga qarshi kurash bo’yicha siyosiy kelishuvlar Evropa xavfsizlik va hamkorlik Kengashi ishtirokchilarining Xelsinki, Madrid, Vena, Parijda qabul qilgan yakunlovchi aktlarida o’z ifodasini topgan. Ayni paytda, terrorchilik xurujlarining oldini olish va uni sodir etganlik uchun jazolash to’g`risidagi Amerika davlatlari tashkiloti (1971 y.), Evropa davlatlari (1976 y.) va Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorligi assostiastiyasi (1987 y.) tomonidan qabul qilingan uchta mintaqaviy Konvenstiya ham mavjudligini qayd etish lozim.
Shu bilan birga, Evropa iqtisodiy hamjamiyati tarkibida terrorizm bo’yicha Tashqi ishlar vazirlari Qo’mitasi ham faoliyat ko’rsatayotganini ta’kidlash zarur. Bu yo’nalishda hamkorlik qilishga intilish musulmon dunyosi mamlakatlariga ham xosdir. Ko’plab arab-musulmon davlatlari Ichki ishlar va Adliya vazirlari tomonidan 1998 yilda imzolangan terrorizmga qarshi kurash bo’yicha Arab bitimini qabul qilishgan. Fors ko’rfazidagi arab davlatlari hamkorlik Kengashiga a’zo bo’lgan mamlakatlar ham hozirda shunga o’xshash Bitimni yaratish ustida ishlamoqdalar. Bu mamlakatlar tomonidan terrorizm bilan kurashni tashkil etish, noqonuniy yo’llar bilan topilgan pullarni legallashtirish, shubhali tadbirlarga pul yig`ishning oldini olishga qaratilgan bir qator choralar ko’rilgan. Ko’plab qo’shni davlatlar bilan xavfsizlikni ta’minlash sohasida bir qator bitimlar ratifikastiya qilingan. Bu bitimlar ekstremizm va terrorizm bilan kurash, shuningdek, jinoyatchilarni tutib berishga aloqador qoidalarni qamrab oladi.
Bundan tashqari, Jazoirda terrorchilik harakatlaridan aziyat chekkan fuqarolarga moddiy yordam ko’rsatish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash qurboni bo’lganlarga tovon puli to’lash masalalariga bag`ishlangan hujjatlar qabul qilingan. Biroq hali ham xalqaro terrorizm tushunchasining mohiyati, huquqiy tabiati va uni sodir etganlik uchun javobgarlikni belgilovchi yagona universal kelishuv ham, xalqaro terrorchilik xurujlarini xarakterlovchi to’la ro’yxat ham yo’q.
Xalqaro bitimlarni tahlil qilish:
– elchixonalar, xalqaro tashkilotlarning missiyalari yoki vakolatxonalari shtab-kvartiralarini portlatish;
– mulkka zarar etkazish yoki yo’q qilish, odamlarni jarohatlash va o’ldirish maqsadida ko’chalar, aeroportlar, vokzallar, madaniyat markazlari, sanoat inshootlari, savdo-sotiq va kasbiy faoliyat uchun mo’ljallangan binolarda sodir etiladigan qo’poruvchilik harakatlari;
– yuk, banderol, xat va pochta orqali yuboriladigan boshqa narsalarga portlovchi moslamalarni o’rnatib, qasddan foydalanish;
– jamoat binolariga nisbatan sodir etilgan har qanday qo’poruvchilik harakati;
– xalqaro terrorchilik harakatlarini amalga oshirish maqsadida fitna uyushtirish va uning har qanday ko’rinishida ishtirok etishni xalqaro terrorchilik xurujlari qatoriga qo’shish imkonini beradi.
Boshqa manbalarda esa, odamlarni garovga olish, qaroqchilik, fuqarolar aviastiyasiga qarshi yo’naltirilgan hodisa, shuningdek, yadroviy xom-ashyolarni noqonuniy qo’lga kiritish va ishlatish kabilar ham xalqaro terrorchilik amaliyotlari qatoriga kiritilgan.
Xalqaro terrorizm katta xavf tug`dirishi, keng tarqalgani va amalga oshirish shakllarining xilma-xilligi tufayli ham davlatlar unga qarshi kurashish uchun maxsus konvenstiyalar qabul qilishda davom etmoqdalar va bunday xurujlarni xalqaro jinoyat deb ta’riflamoqdalar.
Kishilik jamiyati rivojining hozirgi bosqichida terrorizm, jumladan, diniy-siyosiy mohiyatga ega ekstremizm va terrorizmning globallashuvi, ularning tobora xalqaro miqyosdagi voqelikka aylanib borayotgani dunyo hamjamiyatining mazkur muammoga bo’lgan e’tiborini yanada oshirmoqda, unga bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartirmoqda.
Mazkur muammoning BMT, EXHT, NATO kabi nufuzli xalqaro institutlar faoliyatidagi o’rni uzluksiz oshib bormoqda. Terrorizmga qarshi kurashni faollashtirish, uning samarasini oshirishga qaratilgan o’nlab huquqiy hujjatlar, shartnomalar, bitimlar, konvenstiyalar qabul qilinmoqda, tashkilotlar hamda ijro tizimiyaratilmoqda.
Xususan, BMT Xavfsizlik Kengashining oxirgiyillarda qabul qilingan 1368, 1373 va 1377-qarorlari mazkurmuammoning turli qirralarini qamrab olgan bo’lib, dunyoning mutlaqko’pchilik davlatlari tomonidan qizg`in qo’llab-quvvatlanmoqda. Ularda belgilangan maqsadlarga erishishning amaliy yo’llariizlanmoqda.
MDHning Aksilterror markazi hamda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tuzilmalari shunday institutlardan bo’lib,ularning yaratilishi va bugungi faoliyati, ko’p jihatdan, O’zbekistonRespublikasi tashabbuslari samarasidir.Terrorizmga qarshi kurashning huquqiy asoslarinimustahkamlash bu kurashda ilg`or hisoblangan mamlakatlartajribasida ham alohida o’rin tutmoqda. Masalan, 1958–1999 yillardavomida AQShda qabul qilingan 40 ta huquqiy hujjat u yoki bu darajada terrorizmga qarshi kurashning huquqiy zaminini mustahkamlashni ko’zlaydi. Ularning eng muhimlari qatoriga maxsus «Prezident direktivasi» (1995 y.) va «Terrorizmga qarshi kurashhaqidagi qonun»ni (1996 y.) kiritish mumkin.
Diniy-siyosiy ekstremizm va terrorizmdan katta talafotko’rayotgan ayrim boshqa davlatlar, jumladan, Isroil, Rossiya, Misr vaO’zbekiston ham ana shu yo’ldan bormoqda. Ushbu mamlakatlarda qabulqilinayotgan qonunlar hamda boshqa huquqiy hujjatlar tegishlidavlat idoralari, ayniqsa, huquqni muhofaza qilish muassasalarining tayyorlanayotgan qo’poruvchilik xurujlarinianiqlash va ularning oldini olishdagi imkoniyatlarinikengaytirishni ko’zlaydi.
Mazkur yo’nalishdagi xalqaro tajribaningamaliy natijalari maxsus aksilterror harbiy bo’linmalarini tuzish,alohida ahamiyatga ega ob’ektlar, jumladan, yadroviy muassasalar,yirik suv havzalari, ommaviy jamoat joylari himoyasinikuchaytirish, garovga olinganlarni ozod etishning muzokara yo’llariniyaratish va muntazam takomillashtirishga qaratilgantexnologiyalarning tug`ilayotganida o’zini namoyon etmoqda.




  1. Yüklə 460,36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin