1-mavzu: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini o‘rganishning ahamiyati Reja


Odamlarni garovga olish bilan bog`liq jinoyatlarning oldidi olish



Yüklə 460,36 Kb.
səhifə57/64
tarix13.10.2022
ölçüsü460,36 Kb.
#65093
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
ЭТКМдан маруза матн 2019-2020 oxirgi

Odamlarni garovga olish bilan bog`liq jinoyatlarning oldidi olish.

Odamlarni garovga olish bilan bog`liq jinoyatlarning keskino’sishi munosabati bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1979yilning 17 dekabrida maxsus konvenstiya qabul qilingan edi. Unda,odamlarni garovga olish xalqaro jinoyat sifatida qayd etilgan.
Mazkur konvenstiyadan tashqari davlatlarning odamlarni garovgaolishga qarshi kurash bo’yicha hamkorligi qator mintaqaviy bitimlarorqali ham tartibga solinadi. Xususan, bunday mintaqaviy kelishuvxorijlik diplomatlar va ularning oila a’zolari garovgaolinishidan birinchilardan bo’lib jabr ko’rgan Amerika qit’asidavlatlari tomonidan qabul qilindi. Amerika davlatlaritashkilotlari (ADT) Doimiy qo’mitasi tovon olish maqsadida odamo’g`irlashni qoralovchi rezolyustiya qabul qildi va bunday xatti-harakatlarni insoniyatga qarshi jinoyat sifatida baholadi.
Shuningdek, 1971 yilda Vashingtonda ADTning BoshAssambleyasi tomonidan konvenstiya qabul qilinganini ham ta’kidlash zarur. Unda odam o’g`irlash, o’ldirish, tovon talab qilish va xalqaromuhofazada bo’lgan shaxslarga qarshi kuch ishlatishga qarshi qaratilganqonunchilik me’yorlarini unifikastiyalash nazarda tutilgan. Qandaymaqsadda sodir etilganidan qat’i nazar, qayd etilgan jinoyatlarxalqaro ahamiyatga ega jinoyat sifatida ko’riladi.Odamlarni garovga olishga qarshi kurash yuzasidan muayyankelishuvlarga erishish Evropa Kengashi doirasida ham muhokamaqilingan edi. 1973 yilda uning Maslahat Assambleyasi o’zining 703-sonli tavsiyanomasida davlatlarga odamlarni garovga olish yokihayotlariga xavf tug`dirishni og`ir jinoyatlar qatoriga kiritishnitaklif qildi. Evropa Kengashida uzoq davom etgan muhokamalardanso’ng 1977 yilda Strasburgda
«Terrorizmga qarshi kurash to’g`risida»gi Konvenstiya imzolandi. Unda boshqa hodisalar qatorida odamlarni harqanday shaklda garovga olish, o’g`irlash yoki noqonuniy ravishda erkinicheklash ham xalqaro terrorchilik xuruji sifatida ta’riflangan.Garovga olganlik uchun jinoiy javobgarlik yuqorida qaydetilgan xalqaro terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashgaqaratilgan xalqaro huquqiy hujjatlar hamda Urush paytida aholinihimoya qilish bo’yicha 1949 yilda qabul qilingan Jeneva Konvenstiyasi va 1977 yilda imzolangan, uni to’ldiruvchi Qo’shimcha protokollardaham nazarda tutilgan.
1979 yildagi Konvenstiyaning 1-bandiga binoan garovda ushlashdeganda – odamni zo’rlik bilan qo’lga olish, ushlab turish orqali uninoqonuniy ravishda erkinligidan mahrum etish yo’li bilan uchinchitaraf (davlat, boshqa shaxs yoki tashkilotlar)ni muayyan harakatlarni majburan amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik evaziga ozodlikkachiqarish tushuniladi.
Garovga olish ob’ekti sifatida nafaqat xalqaro muhofazadabo’lgan shaxslar, balki jinoyatchini ozod qilish maqsadida qo’lgaolingan jazoni ijro etish muassasalari ma’muriyati vakillari,tovon olish niyatini ko’zlab garovga olingan yirik sanoatchilar vatijoratchilar, ularning oila a’zolari ham chiqishi mumkin.Garovga olishdan ko’pincha davlat tomonidan amalgaoshirilayotgan siyosatdan qasd olish vositasi sifatida hamfoydalaniladi. Masalan, 1980 yillarda aqidaparastlar IsroilningYaqin Sharqdagi siyosatini qo’llab-quvvatlovchi AQSh va boshqadavlatlardan qasd olish maqsadida Bayrut va boshqa shaharlarda birqator shaxslarni o’g`irlab ketib, ularning ko’pchiligini bir necha yiltutqunlikda saqlab keldilar.Jinoyatchilar tomonidan garovga olingan kishilar ushlabturilgan hududdagi davlat ularning ahvolini engillashtirish,xususan, ozodlikka chiqarish va ozod etilganidan keyin o’z yurtiga etibolishini ta’minlash bo’yicha barcha zarur choralarni ko’rishi shart.
Konvenstiyaning 5-moddasida universal yurisdikstiya tamoyili
mustahkamlab qo’yilgan.
Garovga olish:
a) davlat uning hududida yoki uning hududida ro’yxatga olingansuv transporti bortida sodir etilganda;
b) davlat fuqarosiga nisbatan amalga oshirilganda;
v) davlatni qandaydir harakatlarni amalga oshirish yokioshirmaslikka majburlaganda;
g) garovga olingan odam shu davlat fuqarosi va gumon qilinganjinoyatchi ham shu hududda bo’lganda davlat o’zining yurisdikstiyasiniamalga oshiradi.
Siyosiy qarashlari, irqiy, diniy mansubligi uchun ta’qibqilish va jazolashga urinish alomatlari bo’lganda jinoyatchinida’vogar davlatga berish man etiladi.Garovga olish to’g`risidagi xalqaro huquqiy me’yorlarningmilliy qonunchiligimizda aks etishi O’zbekiston Respublikasihududida bunday jinoyatlarga qarshi kurashga qo’shilgan muhim hissahisoblanadi. Jumladan,
O’zbekiston Respublikasi Jinoyatkodeksining 245-moddasida, biror bir shaxsni garovga olish shunday ta’riflanadi:
«Garov sifatida tutqunlikka olingan shaxsni ozod qilishsharti bilan davlat, xalqaro tashkilot, jismoniy yoki yuridikshaxsdan biron-bir harakat sodir etish yoki biron-bir harakat sodiretishdan o’zini tiyib turishni talab qilish maqsadida shaxsni garovtariqasida tutqunlikka olish yoki tutqunlikda ushlab turish, ushbuKodeksning 155, 165-moddalarida nazarda tutilgan alomatlarbo’lmasa, besh yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilanjazolanadi.
O’sha harakatlar:
a) voyaga etmagan shaxsga nisbatan;
b) ikki yoki undan ortiqshaxsga nisbatan sodir etilgan bo’lsa;
v) og`ir oqibatlar kelibchiqishiga sabab bo’lsa, o’n yildan o’n besh yilgacha ozodlikdan mahrumqilish bilan jazolanadi».
Biroq yuqoridagi kabi jinoyatlarni xalqaro ahamiyatga molikshunga o’xshash jinoyatlardan farqlash kerak.
Garovga olish:
a) jinoyatchilar va ularning qurbonlari bir yoki turli davlatningfuqarolari bo’lib, jinoyat ushbu davlatlardan tashqarida amalgaoshirilganda;
b) xalqaro muhofazada bo’lgan kishilar garovgaolinganda; v) jinoyat bir davlatda tayyorlanib, boshqa davlat hududidaamalga oshirilganda;
g) jinoyatchilar boshqa davlatda boshpana topganva ularni berish masalasi ko’ndalang bo’lgan paytlarda xalqaro jinoyatsifatida ko’riladi. Bu shartlar, hech istisnosiz xalqaro terrorchilikxurujlarining barchasiga tegishlidir.




  1. Yüklə 460,36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin