1-mavzu: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini o‘rganishning ahamiyati Reja


Ma`naviy merosimizni o`rganish va targ`ib qilish va Jaholatga qarshi ma`rifat tamoyiling amaliy ifodalari



Yüklə 460,36 Kb.
səhifə54/64
tarix13.10.2022
ölçüsü460,36 Kb.
#65093
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64
ЭТКМдан маруза матн 2019-2020 oxirgi

2. Ma`naviy merosimizni o`rganish va targ`ib qilish va Jaholatga qarshi ma`rifat tamoyiling amaliy ifodalari.

Diyorimiz o’z jug`rofiy joylashuviga ko’ra qadimdan turli sivilizatsiyalar muloqotga kirishadigan, keng miqyosdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar amalga oshiriladigan hudud sifatida ajralib turadi. Bugungi kunda bizga meros bo’lib qolgan obidalar ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi. Birgina misol. Mamlakatimiz hududida mavjud bo’lgan to’rt mingdan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro’yxatiga kiritilgan. Ular qatorida ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og`zaki ijodi namunalari, kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo’lyozmalar, turli sohalarga oid qimmatbaho asarlar bor. Jumladan, «Ichan qal’a (1990), Buxoroning tarixiy markazi (1993), Shahrisabz (2000) va Samarqand (2001) obidalari YUNESKOning «Dunyo merosi», O’zbekiston musulmonlari idorasida saqlanayotgan «Usmon Qur’oni» YUNESKOning «Dunyo xotirasi» ro’yxatiga kiritilganini alohida qayd etish lozim.


Milliy davlatchiligimizning shakllanish va rivojlanish bosqichlariga nazar tashlasak, bir tomondan, bu jarayonga tashqaridan turib g`oyaviy-mafkuraviy ta’sir ko’rsatishga urinishlar, shu orqali ushbu muhim strategik hududda o’z manfaatlarini himoya qilishga intilishlar barcha davrlarda bo’lganiga, ikkinchi tomondan, milliy davlatchiligimizga xos xususiyatlar doimo mentalitetimizga yot bo’lgan zararli g`oyalar bilan kurashib kelganiga guvoh bo’lamiz.
Millat jipslashgan, o’z milliy manfaatlarini himoya qilish zaruratini teran anglagan davrlarda jamiyat tarkibiy tuzilmalari tomonidan davlat qurilishiga daxldor turli yot g`oyalar hamisha inkor etib kelingan. Milliy davlatchiligimizning bunyodkorlik, ezgulik, insonparvarlik kabi o’lmas g`oyalari g`olib bo’lgan. Uning shakllanishi va rivojlanish bosqichlarida doimo "Avesto"da bayon etilgan ezgu niyat, ezgu fikr va ezgu amal ustun bo’lib kelgani shundan dalolatdir.
Mamlakatimiz hududidagi ilk davlatlar — qadimgi Baqtriya va Xorazm davlatlarida ham siyosiy tuzum va davlat boshqaruvi boshqa qadimgi Sharq davlatlaridagi (Misr, Shumer, Akkad, Ossuriya, Urartu, Eron) kabi quldorlik munosabatlariga asoslanmagani, balki erkin kishilar jamoasining siyosiy uyushmasi tarzida barpo etilgani ham milliy ham davlatchiligimiz ildizlari ma’naviy soflik, barkamollik asosida barpo etilganini, xalqimizning yuksak ma’naviy qiyofasini ko’rsatadi.
Yurtimizda dastlabki davlatlar alohida makonlar yoki ilk shaharlar hamda ishlov beriladigan erlar va sug`orish maydoni bilan chegaralangan nisbatan kichik hududda, ya’ni zich o’zlashtirilgan, xo’jalik va ishlab chiqarish maqsadida keng foydalanilgan qadimgi sug`orma dehqonchilik vohalarida paydo bo’lgan. Bunday sharoitda yashaydigan aholi uchun tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, manzilgohlar hududini mudofaa qilish, sug`orish va dehqonchilik ishlarini tashkil etish, jamoaning ichki va tashqi aloqalarini boshqarib turish masalalarini echish hayotiy zarurat edi. Bu vazifalarni hal qilish maqsadida muayyan ishlarni (keng ko’lamdagi qurilish, erni va sug`orish uchun suvni taqsimlash ustidan nazorat qilish, jamoadagi milliy va diniy urf-odatlarni bajarish, bahsli masalalarni hal qilish va boshqarish) tashkil etish uchun jamoadagi hurmatga ega bo’lgan yo’lboshchilarni yuzaga chiqardi.
Demak, O’zbekistonda davlatchilikning shakllanishi jamiyatdagi muhim ijtimoiy vazifalarning bo’linishi, iqtisodiy, harbiy va diniy omillarga asoslangan tashkiliy boshqaruvning ajralib turishi, boshqaruvning dastlabki ijtimoiy zarur faoliyatidan kasbiy boshqaruvchilikka aylanishiga asoslangan. Bu vaziyatda boshqaruvning asosiy funktsiyalari rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat va rahbarlik qilishni o’z ichiga olgan.
Hududimizga qadimgi davr va o’rta asrlarda uyushtirilgan harbiy istilolar — Eron Ahmoniylarining qadimgi Sharq despotik davlatchiligiga xos xususiyatlarni joriy etishga bo’lgan urinishlariga qarshi (To’maris va Shiroq boshchiligidagi), makedoniyalik Aleksandrning yunon quldorlik demokratiyasini joriy etishga bo’lgan harakatlari va unga qarshi (Spitamen boshchiligida), Chingizxon bosqiniga qarshi kurashlar ham milliy davlatchiligimizga xos azaliy xususiyatlarni saqlashga bo’lgan harakat edi. Milliy davlatchiligimiz ushbu jarayonlarda toblandi va oxir-oqibat bu kurashlarda g`olib bo’ldi. O’zbek davlatchiligiga xos ilg`or an’analar yanada rivojlantirildi, boyitildi.
O’zbekiston hududida o’rta asrlarda mavjud bo’lgan g`oya va ta’limotlar nafaqat qo’shni mintaqa xalqlari, shu bilan birga, umumjahon miqyosida e’tirof etilganini ham ko’ramiz. Misol tariqasida qadim ajdodlarimiz yaratgan «Avesto» ta’limoti qo’shni Eronda qabul qilingani va davlat dini darajasiga ko’tarilganini, islom dini va falsafasiga, umuman «Musulmon renessansi» deb ataladigan madaniyat rivojiga katta hissa qo’shgan ko’plab buyuk ajdodlarimiz nomini g`urur bilan tilga olish mumkin.
Hozirgi globallashuv davrida dunyoda keskin g`oyaviy kurashlar va turli mafkuralar to’qnashuvi, demokratiya yoki turli diniy ta’limotlar shiorlari bilan niqoblangan yovuz g`oyalarni singdirishga intilish kuchayib bormoqda.
Lo’nda qilib aytganda, tadrijiy, ya’ni evolyutsion izchillik xususiyatlariga ega bo’lgan islohot va o’zgarishlargina barqaror taraqqiyotni ta’minlovchi omilga aylanishini ta’kidlash mumkin. Bu yo’lda ma’naviyat, axloq-odob va ma’rifat yot g`oyalarga ishonchli to’siq bo’la oladigan asosiy omil vazifasini bajaradi.
Biz to’rt ming yillik madaniy taraqqiyotni boshidan kechirgan, ulug` va betakror ma’naviy obidalar yaratgan, saltanatlar qurgan xalq farzandlarimiz. Ota-bobolarimiz asrlar davomida inson kamoloti, mehru saxovat, hamkorlik-hamjihatlikka asoslangan jamiyatni barpo etish uchun kurashib kelganlar. Forobiy, Nizomiy, Sa’diy, Jomiy, Navoiy kabi buyuk ajdodlarimiz ijodida odil va oqil podsho timsoli, mashvarat va kengashga asoslangan bosh-qaruv, yuksak fazilat va axloqiy sifatlarga ega insonlar jamiyati haqida chuqur hikmatlar bayon etilgan. "Fozil odamlar shahri", "Axloqi Nosiriy", "Axloqi Jaloliy", "Axloqi Muhsiniy", "Xamsa", "Mahbubul qulub" kabi o’nlab asarlarda komil inson va fozil jamiyat ideali tasvirlangan. Ajdodlarimizning diqqat-e’tibori, avvalo, barkamol insonni tarbiyalashga qaratilgan edi. Zero, jamiyatning etukligi, ravnaqi har bir insonning axloqiy-ma’naviy kamolotiga bog`liq. Abu Nasr Forobiy iborasi bilan aytganda, "Fozil jamiyat fozil kishilardan tashkil topadi va fozil kishilar tarbiya, tahsil tufayli voyaga etadi".
Shuning uchun ham, O’zbekistonda shaxsning aqliy qobiliyati, bilimini o’stirish bilan birga, uni jismonan baquvvat, axloqiy va ruhiy jihatdan barkamol qilib voyaga etkazish masalasiga katta ahamiyat berilmoqda. Milliy g`oya va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ham pirovard maqsadi shu. Iqtisodiy rivojlanish bo’ladimi, ilmiy-texnik taraqqiyot bo’ladimi, harbiy qudrat bo’ladimi — bularning zamirida inson omili yotadi. Inson shaxsi erkin rivojlangan joyda imkoniyatlar ham cheksiz rivojlanadi, madaniyat va ma’rifat ravnaq topadi, jamiyat tobora jipslashib kuch-qudratga ega bo’lib boradi.
Davlat ma’naviyatsiz, milliy mafkurasiz mavjud bo’la olmaydi. Milliy mafkura esa asrlar davomida shakllangan xalq tafakkuri, ma’naviy qadriyatlariga tayanadi. Demak, davlat ma’naviyatga tayansa, ma’naviyat ayni vaqtda davlatga tayanadi. Shu ma’noda, milliy ma’naviyat va milliy davlat o’zaro egizak va yaxlitdir. O’zbekiston demokratik davlati va fuqarolik jamiyati, bir tomondan, milliy an’analarga, ikkinchi tomondan, umuminsoniy qadriyatlarga tayanib, tuziladi. Agar ana shu uyg`unlik buzilsa, milliy o’zligimizga ham, davlatchilik taraqqiyotiga ham putur etadi.
Shu bois biz milliy-ma’naviy kamolot yo’lidan borib, ma’rifatli jamiyat qurish bilan ulug` mutafakkirlarimiz orzu-armonini ham amalga oshiramiz va dunyo hamjamiyatidan o’ziga xos fazilatlarga ega xalq sifatida o’rin olamiz. Ma’rifat va erkinlik hamisha ma’nodosh tushunchalar bo’lib kelgan. Chunki, erkinlik tuyg`usi kishini ilm-ma’rifat dunyosiga etaklaydi va ayni vaqtda, kishi qanchalik ma’rifatli bo’lsa, o’zini shuncha erkin his etadi. Shu tariqa, «axloq», «erkinlik», «ma’naviyat» va «ma’rifat» tushunchalari bir-biri bilan bog`liq holda olib qaralishi lozim. Erkinlik — beboshlik va anarxiya emas. qonundan tashqari chiqqan, an’anadan chekinib, axloqsizlik qilgan odam erkin odam emas, balki buzg`unchi va boshqalar erkiga tajovuz qiluvchi kishidir. Јonun va axloq doirasida erkin faoliyat olib borish — bu jamoa bo’lib yashash, boshqalar erkini hurmat qilish demakdir. Aqidaparastlar mana shuni hisobga olmaydi. «Demokratiya» ni eksport qiluvchilar ham bunga e’tibor qilmaydi. O’ar bir mamlakat o’z xalqining tabiatiga, ma’naviyatiga mos davlat quradi va xalq bunday davlatni qo’llab-quvvatlaydi.
Shu tarzda, ma’naviyat, odob-axloq, ma’rifat xal-qimiz yuksalishi, o’ziga xos davlatchilik an’analariga ega bo’lishining bosh omili, yot g`oyalar, zararli tahdidlarni bartaraf etishda asosiy kuch bo’lib qolaveradi.

Yüklə 460,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin