1-mavzu: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kursini o‘rganishning ahamiyati Reja


Havokemalarida sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish bo’yicha kelishuvlar



Yüklə 460,36 Kb.
səhifə58/64
tarix13.10.2022
ölçüsü460,36 Kb.
#65093
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64
ЭТКМдан маруза матн 2019-2020 oxirgi

Havokemalarida sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish bo’yicha kelishuvlar.

Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatlar 1960 yillaroxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Bungacha sodir etilgan ayrimshunday jinoyatlar «havo qaroqchiligi» deb baholanar edi. Bu atamadengiz huquqidan olingan bo’lib, uning qaroqchilikka hech qanday aloqasi yo’q. Qaroqchilik fuqarolar va ekipaj a’zolari mulkini egallab olishdek shaxsiy maqsadlarni ko’zlaydi. Bosqinchilik, samolyotlarni olib qochish, garovga olish, samolyotlarni vayron qilishdek harakatlar bilan birgalikda kechadi. Havo kemalarida amalga oshiriladigan jinoyatlarning maqsadi ham boshqacha bo’ladi. Havo kemalarida sodir etiladigan qonunbuzarliklar va boshqashunga o’xshash harakatlar yuzasidan 1963 yilda qabul qilingan va 1969 yildan kuchga kirgan Tokio Konvenstiyasida havo kemasini garovgaolish «Havo kemasida uchayotgan shaxs, noqonuniy ravishda, kuchishlatish yoki kuch ishlatish bilan qo’rqitish orqali havo kemasi parvozini boshqarishga, qo’lga olishga yoki boshqa usullar bilan nazoratga olishga urinish» sifatida ta’riflangan. Biroq bunday harakatlar jinoyat sifatida baholanmagan, balki davlatlarga tegishli tavsiyalar berilgan edi.
1970 yilda havo kemalarini noqonuniy ravishda qo’lga olishga qarshi kurash bo’yicha Gaaga Konvenstiyasida imzolangan bundayharakatlar xalqaro jinoyat sifatida ta’riflandi.
1971 yilda fuqaro aviastiyasi xavfsizligiga qarshiyo’naltirilgan noqonuniy harakatlarga qarshi kurash haqidagiMonreal Konvenstiyasi qabul qilindi. Unda havo kemasida sodir etiladigan va jinoiy javobgarlikka tortilishga olib keladiganjinoyatlar soni ancha kengaytirilgan. Konvenstiyaning 1-moddasiga binoan uni imzolagan davlatlar:
– havo kemasida bo’lgan shaxsga nisbatan zo’ravonlik sodir etilgan va bu harakat havo kemasi xavfsizligiga tahdid solganda;
– foydalanilayotgan havo kemasini vayron qilish yoki uning ishdan chiqishiga yoki parvoziga xavf tug`diruvchi nosozliklar keltiribchiqarilganda;
– havo kemasiga uni vayron qiluvchi, ishdan chiqaruvchi yoki parvoziga xavf tug`diruvchi har qanday buyum va qurilmalar olibkirilganda;
– havo kemasi parvoziga jiddiy zarar keltiradigan aeronavigastiya jihozlari buzilganda va undan foydalanishgaaralashilganda;
– yolg`on ma’lumotlarni tarqatish bilan havo kemasiga xavf tug`dirilganda, bunday jinoyatlarni amalga oshirgan shaxslarganisbatan bosqinchilik va havo kemalarini olib qochishda qo’llanganikabi qattiq choralarni ko’rish majburiyatini o’z zimmalariga oladilar.
Yuqorida qayd etilgan harakatlarni sodir etishga urinish hamda ularda ishtirok etish jinoyat hisoblanadi. Mazkur Konvenstiya fuqaro aviastiyasi faoliyatiga noqonuniy ravishda aralashishga qarshi kurashni samarali tashkil etishga xizmat qilgani uchun davlatimizuning faol ishtirokchisi hisoblanadi.
Havo kemasini bosib olish va olib qochish – «xaydjeking» eng ko’p ijtimoiy xavf tug`diruvchi hodisa hisoblanadi.Bunday jinoyatlarning ijtimoiy xavfi ularning davlatga katta zarar keltirishi, nafaqat samolyotning o’zida, balki avariyanatijasida erda ham ko’plab odamlarning halok bo’lishiga olibkelishi bilan belgilanadi. Havo transportini olib qochish, uni boshqarishdagi qiyinchiliklar, yoqilg`i tugab qolishi xavfi bo’lgansharoitda amalga oshiriladi. Ko’pgina hollarda bunday parvoz vaqtida otishmalar, gunohsiz kishilarni o’ldirish, talonchilik kabiharakatlar sodir etiladi. Bunday jinoyatlar kishilarda fuqaro aviastiyasi kemalarida uchishning xavfsizligiga ishonchni yo’qotadi.
Biroq havo kemasini olib qochish, havoda uni noqonuniy bosh-qarish va qayd (registrastiya) qilingan davlatiga qo’ndirishdekfuqarolik jinoyatini ijtimoiy xavfsizlikka tahdid soladigan vaxalqaro jinoyat sifatida baholanadigan havo kemasini olibqochishdan farqlash zarur. Oxirgi holatda havo kemasini olib qochish uni noqonuniy qo’lga olish va fuqaro aviastiyasi faoliyatiganoqonuniy aralashishdek harakatlarni ham o’z ichiga qamrab oladi.
Samolyotlarni olib qochuvchi xalqaro jinoyatchilarni shartli ravishda 3 ta guruhga bo’lish mumkin:
– samolyot olib qochuvchilar sodir etgan jinoyatlari uchun davlat oldidagi javobgarlik yoki o’zlarining jinoyatchi sheriklaridanqutulish maqsadida ekipaj va yo’lovchilarga qurol bilan tahdidqilgan holda samolyot yo’nalishini o’zgartirish va boshqa davlathududiga qo’ndirishni talab qiladilar;
– mazkur reysda uchayotgan muayyan yo’lovchi yoki davlat yoki biror bir tashkilot yoki boshqa shaxslardan yo’lovchilarni tirik, samolyotniesa beshikast qoldirish sharti bilan tovon olish uchun olib qochish.
Sodda qilib aytganda, olib qochish ta’magirlik maqsadida sodir etiladi. Oxirgi yillarda bunday jinoyat turi keng tarqalmoqda;
– jinoyatchilar xalqaro nizo chiqarish yoki davlatlararoaloqalarni chigallashtirishni o’z oldlariga maqsad qilib qo’yadilar.Terrorchilik niyati bilan amalga oshirilgan bunday harakatlar xalqaro miqyosdagi eng xavfli jinoyatlardan hisoblanadi. Ular bilan kurashni Fuqaro aviastiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO), Uchuvchilar uyushmasining xalqaro federastiyasi (IFALPA) va Havotransportining xalqaro assostiastiyasi (IATA) kabi tashkilotlaramalga oshirib kelmoqda.
Shunday qilib, jinoyatchilar havo kemasini qo’lga olish va olib qochishda undan noqonuniy tarzda harakat vositasi sifatidafoydalanish va uning yo’nalishini o’zlariga kerak tomongao’zgartirishdek maqsadni ko’zlaydilar. Qayd etilgan konvenstiyalar havo kemalari qo’ndirilgan davlatlarni olib qochilgan havo kemasi vayukni qonuniy egalariga qaytarish hamda zudlik bilan yo’lovchilar vaekipajga o’z yo’nalishlari bo’yicha uchishga ruxsat berish majburiyatini yuklaydi.
Gaaga Konvenstiyasining 1-moddasida havo kemasini zo’ravonlik, qo’rqitish yoki uning boshqa har qanday ko’rinishini amalga oshirishorqali egallab olish yohud shunday harakatlarni sodir etishga urinishva unda ishtirok etish uni olib qochishning ob’ektiv tomoni sifatidaqayd etiladi. Bunda havo kemasining uchish yoki qo’nish joyi u qayd (registrastiya) qilingan hududdan tashqarida bo’lishi kerak.
Gaaga Konvenstiyasining oltinchi va ettinchi moddalariga muvofiq havo kemasini olib qochgan jinoyatchi paydo bo’lgan harqanday davlat o’z milliy qonunchiligiga tayanib, dastlabki tergovishlarini olib borish uchun uni hibsga olishi yoki boshqa ehtiyotchoralarini ko’rishi va o’rganish natijalarini manfaatdordavlatlarga etkazishi mumkin. Agar davlat jinoyatchilarni tutib berishdan bosh tortgan hollarda ularga qarshi jinoyat ishi qo’zg`ashishart.
Qayd etilgan jinoyatlarga nisbatan jinoiy yurisdikstiyalarni chegaralashda barcha havo kemalari: havo yo’li orqali fuqarolarnitashish, aviastiya xizmatlari, aholiga tibbiy yordam ko’rsatish va boshqaehtiyojlarni qondirish maqsadida davlat reestriga kiritilgan –fuqaro hamda harbiy, bojxona va polistiya xizmatlaridafoydalaniladigan davlat havo kemalari kabi ikki guruhga bo’linadi.
Yuqorida qayd etilgan konvenstiyalar faqat fuqaro havo kemalariga taalluqlidir. Jinoyat davlat havo kemasida sodir etilgan hollarda milliy yurisdikstiya (bayroqning mustaqilligi) tamoyiliamal qiladi. Shuning uchun ham, davlat havo kemasini olib qochgan jinoyatchilar havo kemasi qayd (registrastiya) qilingan davlatgatopshirilishi shart.
1988 yilda Monreal Konvenstiyasi xalqaro fuqaro aviastiyasiga xizmat ko’rsatuvchi aeroportlarda noqonuniy zo’ravonliklarga qarshikurash Protokoli bilan to’ldirildi. Bunda Konvenstiyaning 1-moddasida «Ataylab va noqonuniy tarzda moslama, narsa yoki qurol ishlatgan har qanday shaxs:
a) aeroportda xalqaro fuqaro aviastiyasiga xizmat ko’rsatayotgan shaxsning o’limiga yoki og`ir tan jarohatiga olib keluvchizo’ravonlikni sodir etganda;
b) xalqaro fuqaro aviastiyasiga xizmat ko’rsatuvchi aeroport binosi yoki uskunasini buzganda yoki ularga jiddiy zarar keltirganda,aeroportda turgan foydalanilmayotgan havo kemasiga zarar etkazganda,uning xavfsizligiga xavf tug`dirganda yoki tug`dirishi mumkin bo’lgandarajada aeroport xizmati ishini buzganda jinoyat sodir etganhisoblanadi», – degan bandlar bilan to’ldirildi. Monreal Konvenstiyasi ishtirokchisi bo’lgan davlatlarga jinoyatchi uning hududida bo’lsa va uni topshirmoqchi bo’lmasa, unganisbatan o’z yurisdikstiyasini qo’llash majburiyati yuklatilgan.IKAO doirasida fuqaro aviastiyasini terrorchilik va boshqanoqonuniy xurujlardan himoya qilishga qaratilgan yangi uslublarishlab chiqilmoqda. Masalan, davlatlar noqonuniy aralashishlarga javoban axborotlar almashish tartibi, xavfsizlik masalalari bo’yichashaxsiy tarkibni o’qitish va tayyorlash, erda va havo kemasidaxavfsizlikni ta’minlash va sh.k. masalalarda kelishib oldilar. Ishlab chiqilgan tavsiyalar IKAO tomonidan nashr etilgan «Fuqaroaviastiyasini noqonuniy aralashuvdan himoya qilish bo’yichayo’riqnoma»da jamlangan.
Havo transportida qayd etilgan jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida Monreal Konvenstiyasi ishtirokchi davlatlargao’z milliy qonunchiligida bu jinoyatlar uchun jinoiy javobgarliknibelgilashni taklif etadi.Havo kodeksi havo kemasi komandiriga o’z harakatlari bilan uchish xavfsizligiga raxna soluvchi shaxslarga nisbatan barchachoralarni, zarur hollarda hatto, qurol ishlatish majburiyatini hamyuklaydi.




  1. Yüklə 460,36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin