1-mavzu: eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi. Ya. A. Komenskiyning pedagogik nazariyasi reja
Tayanch so`z va iboralar: Qadimgi Yunoniston, Rim, Afina, Sparta, «agella», «pedonom», «Kreptiyalar», «Efeblar», «grammatist», «kifarist», «didaskol», Suqrot, Platon , Arastu—Aristotel, Ritsarlik tarbiyasi, Yevropada dastlabki universitetlar, YAn Amos Komenskiy, “Buyuk didaktika”, bola yoshini davrlashtirish, sinf-dars tizimi, Iogann Genrix Pestalotssi, Iogann Gerbartlarning pedagogik qarashlari, Adolf Distervegning pedagogik g`oyalari, «Evristik suhbat», cherkov, monastir maktablari
Pol Lafarg, “yangi maktablar”, E.Demolen, Avgust Lay, eksperimental pedagogika,
Qadimgi Yunoniston va Rim davrlarida ta’lim-tarbiya Tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tuzumi o’rnini yangi ijtimoiy formatsiya quldorlik tuzumi egalladi. Qadimiy Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo bo’ldi hamda moddiy va ma’naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim xalqlari bu madaniyatni rivojlantirishda o’zlarini katta hissasini qo’shdilar.
Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga turlicha yondashdilar va rivojlantirdilar. Masalan, Xitoyda qog’oz ixtiro qilindi, Hindistonda hisoblashning o’nlik tizimi kashf etildi, Mesopotamiyada esa yer kurrasini graduslarga, sutkani soatlar, minutlar va daqiqalarga bo’lish o’ylab topildi.Eramiz boshlanishidan oldin O’rta Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo’lgan joyda O’rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo’li qurildi. So’ngra O’rta Osiyo orqali Xitoydan O’rta dengizga tomon «Buyuk ipak yo’li» ochildi. Natijada O’rta Osiyo xalqaro savdo-sotiq markaziga aylandi. Bu esa o’z navbatida O’rta Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta’sir etdi, yozuvning tarqalishiga yordam berdi.
Ayniqsa, qadimgi YUnonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi. Yunoniston uncha katta bo’lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan tashkil topgan. Uning mo’’tabar shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo’ldi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi hukmron edi. Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar.