1-mavzu: estetika fanining ob’ekti va va falsafiy mohiyati. Reja



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix20.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#76733
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu estetika fanining ob’ekti va va falsafiy mohiyati. Reja

Hindiston. «Veda»–muqaddas bilim, «Rigveda»–alqovlar vedasi demakdir. «Rigveda» 
o‘sha davr kishisining o‘zi va atrof muhit: ma’budlar, iblislar, devlar, fazo, ijtimoiy turmush 
axloqiy va estetik qadriyatlar haqidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi. Buning ustiga «Rigveda» tili 
keyingi davrda sanskritda yozilgan she’rlar va mumtoz eposlar tilidan ko‘ra, «Avesto» tiliga 
yaqin. «Rigveda»dagi qator mifologik personajlarning «Avesto»da mavjudligini ham aytib o‘tish 
lozim: nomlar o‘xshashligidan tortib, syujetlar o‘xshashligigacha uchratish mumkin.
Xitoy. Miloddan avvalgi YII asrdan milodning Y asrigacha bo‘lgan davrda Xitoyda, 
garchand estetik tafakkur mustaqil fan maqomiga ega bo‘lmasa-da, lekin asosiy falsafiy-estetik 
tushunchalar shakllangan edi. Biroq, dastlabki nafosatga doir tasavvurlar, g‘oyalar, tushunchalar 
bundan ancha avval «Shuszin» («Tarixlar kitobi» – miloddan avvalgi XII asr), «Shiszin 
(«Qo‘shiqlar kitobi» – miloddan avvalgi XI–YI asrlar), «Iszi» («O‘zgarishlar kitobi» – miloddan 
avvalgi YIII–YII asrlar) deb nomlangan yodgorliklarida uchraydi. Ularni eng avvalo, mazkur 
kitoblardan joy olgan asotirlar–miflarda va she’riy eposlarda ko‘rish mumkin. 
Qadimgi Xitoy estetikasida ikki yo‘nalish alohida ajralib turadi. Bular – daochilik va 
konfutsiychilik. Daochilik yo‘nalishining muhim belgisi,bu–fazo (kosmos) va tabiatning azaliy 
va abadiy go‘zalligi; jamiyat va inson go‘zalligi darajasi esa ana shu borliq go‘zalligiga 
qanchalik o‘xshash, yaqin ekanligi bilan belgilanadi. Konfutsiychilik xulqiy go‘zallik 
muammosini o‘rtaga tashlaydi; axloqiy–estetik ideal uning eng muhim belgisi sanaladi. 
Qadimgi yunon mumtoz falsafasi haqida gap ketganda ko‘pgina adabiyotlarda uni 
go‘yo Yunonistonda o‘z–o‘zidan paydo bo‘lib qolgan aqliy yuksaklik, ya’ni, yunonlarning 
(ovro‘paliklarning) boshqa irqlarga nisbatan buyukligidan dalolat beruvchi hodisa sifatida talqin 
etiladi. Lekin, aslida qadimgi Yunoniston fani va madaniyati Eron, Bobilon, qadimgi Misr va 
qadimgi Hindiston singari Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlardan foydalanib, shu darajaga 
ko‘tarildi. Qadimgi Sharq yunonlar uchun ulkan maktab vazifasini o‘tadi. Chunonchi, Fales, 
Pifagor, Demokrit, Heraklit, Suqrot, Aflotun singari allomalar ana shu maktab ta’limotidan 
bahramand bo‘lib, buyuklikka erishganlar.
Suqrot (miloddan avvalgi 469–399 yillar). U jahon falsafasida birinchi bo‘lib 
antropologik yondoshuvga asos solgan mutafakkir, ungacha falsafada faqat kosmologik 
yondoshuv hukmron edi. U diqqatni kosmos–fazoga emas, balki insonga qaratdi, insonni amaliy 
xatti–harakati, axloqiyligi nuqtai nazaridan o‘rganishga kirishdi.
Aflotun (milodgacha 427–347). Uning estetika borasidagi fikr–mulohazalari asosan 
«Ion», «Fedr», «Bazm», «Qonunlar», «Davlat» singari asarlarida o‘z ifodasini topgan. 
Aflotun Suqrotdan farqli o‘laroq, g‘oyalar muammosini o‘rtaga tashlaydi. Uning 
nazdida asl borliq ana shu g‘oyalardan iborat. Umumiy tushunchalar qancha bo‘lsa, g‘oyalar 
ham shuncha. G‘oyalarning o‘rni narsalarga nisbatan birlamchi; avvalo g‘oyalar, undan keyin 
narsalar. Atrof–tevarakdagi his etiluvchi narsalar hissiyotdan yuksak turuvchi g‘oyalarning 
in’ikosidir. Aflotunning fikriga ko‘ra, asl go‘zallik his etilguvchi narsalar dunyosida bo‘lmaydi, u 
g‘oyalar olamiga taalluqli.
Arastu (milodgacha 384–322). Uning asosan «Xitoba» («Ritorika»), «Siyosat», ayniqsa 
«She’riyat san’ati» («Poetika») asarlarida estetika muammolari o‘rtaga tashlangan. 
Arastu go‘zallik masalasini o‘z tadqiqotlari markaziga qo‘yadi. U go‘zallikni tartib, 
mutanosiblik va aniqlikda ko‘radi. Go‘zallikning nisbatan yuksak ifodasi esa, tirik jonzotlarda, 
ayniqsa, insonda namoyon bo‘ladi. Go‘zallikning yana bir belgisi, Arastu fikriga ko‘ra, 
miqdorning cheklanganligi. «Jonsiz narsalar kabi jonli mavjudotlar ham hajman oson ilg‘ab 
olinadigan bo‘lishlari kerak, deydi faylasuf – Shunga o‘xshash fabula ham oson esda qoladigan 
cho‘ziqlikka ega bo‘lishi shart». 
Antik dunyo mumtoz estetikasi yo‘nalishlari va g‘oyalarini O‘rta asrlar Musulmon 
Sharqi mutafakkirlari davom ettirdilar. Ular qadimgi Yunon faylasuflari va olimlari asarlarini 
sharhladilar, tanqidiy o‘rgandilar, tarjima qildilar. Arastuni esa ular «Birinchi muallim» deb 
atadilar. Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: nima uchun ajdodlarimiz o‘zimizning Sharqqa, 
deylik, qadimgi Xitoyga emas, Ovro‘paga–yunonlarga murojaat qildilar? 


Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O‘zluq ibn Tarxon Forobiy (873–950). 
Arastudan keyingi ustoz «Muallimi soniy» – «Ikkinchi muallim» nomini olgan buyuk faylasuf. 
Uning qarashlarida ezgulik bilan go‘zallik ma’lum ma’noda aynanlashtiriladi, biri ikkinchisida 
yashovchi hodisalar sifatida talqin etiladi. Shuning uchun uning asarlarida «Go‘zal xatti–
harakatlar», «Go‘zal qilmishlar» degan iboralarni uchratish mumkin. Go‘zallikka yetishishni u 
falsafa tufayli ro‘y beradi, deb hisoblaydi. Har bir narsa hodisaning go‘zalligi uning o‘z 
borlig‘ini to‘la namoyon etishi va mukammallikka erishuvi bilan bog‘liq. Alloma faylasuf 
insonda ikki xil go‘zallikni farqlaydi–ichki va tashqi.
Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino (980–1037).O‘rta asrlar nafosatshunosligida Ibn 
Sinoning «She’r san’ati» asari o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Unda qomusiy alloma, Arastu 
«Poetika»sini sharhlar ekan, o‘ziga xos yangiliklar kiritadi va she’rning keyinchalik mashhur 
bo‘lib ketgan mana bu qoidasini keltiradi: «She’r deb – obrazli so‘zlardan iborat bo‘lgan ritmli, 
bir–biriga muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda misralar bir–biriga teng, vaznlari 
qaytariladigan, oxirgi tovushlari bir–biriga o‘xshash satrlarga aytiladi». Uning fikriga ko‘ra, 
she’r taqlidiy fikr natijasi o‘laroq uch xil yo‘l bilan yuzaga keladi. Birinchisi lahn – uyg‘unlik, 
undan keyin kalom – so‘z keladi (bunda albatta timsolli–obrazli so‘z nazarda tutiladi). 
Uchinchisi vazn. Mana shu uch yo‘lning bir-birga mos kelishi natijasida she’r paydo bo‘ladi.
Van Vey (699|701–759|761). Xitoyda VI asrdan boshlab buddhachilikning chan mazhabi 
keng yoyildi. Chan (yaponchasi dzen) O‘rta asrlar Xitoy san’atiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Chan-
buddhachilik san’atining dastlabki namoyandalaridan biri shoir, rassom va nafosatshunos Van 
Veydir. U va uning davrasi ijod jarayonini ziyolanishga, nurlanishga o‘xshatadilar va san’atning 
vazifasini insonni poklash, forig‘lash, qutqarishdan iborat deb biladilar. 
Lyu Yuy (1611–1679). Teatr san’atining forig‘lantirish xususiyati haqida yana bir 
nafosatshunoslik teatr nazariyotchisi Lyu Yuyajoyib fikrlar bildiradi. U o‘zining «Bekorchining 
tasodifiy qaydlari» risolasida kulgililik mezoniy tushunchasiga o‘ziga xos yondashadi. Uning 
nazdida kulgi kishidagi har qanday niqobni ochib tashlaydi, uni ich-ichidan qiynayotgan 
narsadan, salbiy ehtiroslar va ishga solinmagan quvvatning ortiqchaligidan ozod qiladi.
Noo teatri. O‘rta asrlar yapon teatr san’atida Noo teatri alohida o‘rin tutadi. Noo 
spektakllari «alo tuyg‘uni» uyg‘otuvchi «alo vazifani» bajarishlari kerak edi. Unda hamdardlik, 
dahshat, shavq–hammasi go‘zallikdan lazzatlanishni alohida his etish bilan hal etiladi. Bu 
go‘zallik o‘zida ko‘rinishdan xunuklikni, dahshatni mujassam etishi mumkin; ular Noo teatrida 
o‘zlarining aksi bo‘lmish go‘zallikka aylanadilar. Buning uchun har bir sahna obrazida go‘zal 
bo‘la olishning yashirin imkonini topa bilish lozim. Bunday mo‘jiza faqat yuksak san’atga xos. 
Dzen mazhabi. Shu o‘rinda yapon budhachiligidagi Dzen mazhabi haqida to‘htalib 
o‘tish joiz. Dzen (chan) XII asr oxirlarida Xitoydan kirib keldi va keng tarqaldi. Dzen ta’limotiga 
ko‘ra, har qanday san’at, agar u hodisalarning, moddiy dunyoning, ma’naviy mohiyatiga 
erishishi uchun ko‘maklashsa, u mangu haqiqat tomon o‘tadigan ko‘prikdir. Dzen estetikasi 
badiiy ijodda shaxs va ob’ekt orasidagi aloqani ushlab turish uchungina yetarli bo‘lgan eng kam 
so‘z, eng kam ifoda vositalariga asoslanadi. 
Tosh bog‘lar san’ati. Butunlay yangi bo‘lgan bu san’at dzen buddhachilik ta’siri ostida 
vujudga keldi. Tosh bog‘larning asosiy g‘oyasi bog‘ – mikrokosm kompozitsiyasi orqali cheksiz 
olamni his etish tuyg‘usini berish va insonning o‘zligiga sho‘ng‘ib ketishi uchun sharoit 
yaratishdir. Har bir tosh bog‘ ikki asosiy unsurga ega, ular – suv va tosh. Suv tabiiy yoki qumdan 
iborat ramziy suv ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Tosh doim tabiiy tarzda qo‘llaniladi.
Ikebana.Yaponlar davlat ramzi sifatida xrizantema gulini tanlagan, o‘z qalbi tabiatini 
gullagan olcha timsolida ko‘radigan halq. Yaponiya alohida gulchilik, guldastalar tizimi san’ati–
ikebana bilan ham mashhur. Ikebana – sirlarga to‘la yurak va qo‘llarning nozik harakatlari 
san’ati. Bunda muhimi –gullarning ko‘pligi-yu o‘simliklarning turli-tumanligi emas, balki har bir 
gulning o‘ziga xosligi, ko‘rinishining takrorlanmasligi, rangi, shakli Insonni o‘rab turgan 
gullardagi ranglar majmui xuddi sukunat va ohista, mayin musiqa ohangidek taranglashga asab 
torlarini yumshatishi lozim. 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin