Estetikaning amaliy ahamiyati. Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o‘ziga xos
amaliy ahamiyati bor: estetika ham bundan mustasno emas. Avvalo, u kundalik hayotimizda
nafosat tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik
jamiyatimizning har bir a’zosi go‘zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari
bo‘lishlari lozim. Haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari,
«ommaviychilik san’ati»ni rad qila olishlari lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, estetika
jamiyatning barcha a’zolari uchun muhim ahamiyatga ega.
Estetikaning, ayniqsa, badiiy asar ijodkorlari uchun amaliy ahamiyati katta. Chunonchi,
biror bir san’at turida ijod qilayotgan san’atkor birinchi galda, ma’lum ma’noda, o‘z sohasining
bilimdoni bo‘lishi kerak.
Shuningdek,
dizaynchi–injenerlar,
atrof–muhitni
obodonlashtirish
bilan
shug‘ullanadigan mutaxassislar faoliyatiga nafosat ilmining sezilarli ta’siri mavjud.
Yuqorida ko‘rib o‘tganlarimizdan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, bugungi kun estetika fani
oldida ulkan vazifalar turibdi. Zotan biz qurayotgan fuqarolik jamiyatining a’zosi har jihatdan
kamol topgan, yuksak nafis did egasi bo‘lmog‘i lozim. Qolaversa, hozirgi mashinasozlikni,
aviasozlikni, umuman, sanoatni zamonaviy dizaynsiz tasavvur etish mutlaqo mumkin emas.
Bunda bevosita texnika estetikasining ahamiyati katta. Bulardan tashqari, ayniqsa yoshlarning
nafosat tarbiyasiga alohida e’tibor berish–zamonning dolzarb talabi bo‘lib qarmoqda. Shu bois
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish
tamoyillaridan biri: «Ta’limning ijtimoiylashuvi – ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni
hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish», deb aniq
belgilab qo‘yilgani bejiz emas.
“Estetika” haqidagi qarashlar tarixi.Somir. Somir insoniyat tarixidagi hozirgacha
bizga ma’lum bo‘lgan ilk qudratli davlat bo‘lgan. Shubhasizki, miloddan avvalgi IV ming
yillikda bu davlatning qudrati uning madaniyatida, fuqarolarining badiiy estetik darajasida
hamda faoliyatida namoyon bo‘lgan. Somirliklar birinchi bo‘lib yozuvni kashf etdilar va
giltaxtachalarga qamish qalamlar bilan ilk rivoyat va ilk nasihatlarni yozib qoldirdilar. Shuni
alohida ta’kidlash joizki, hech bir qadimgi madaniyatdan bizning davrimizgacha bu qadar ko‘p
sonli yozma hujjatlar yetib kelgan emas.
Bobilon.Bobilon so‘z san’atida «Enuma elish» («Osmonda qachonki...») dostoni,
Agushayya, Gilgamesh, Adan, Etana, «Ishtarning qa’rga tushishi» haqidagi epik dostonlar,
«Iztirobda qolgan haqgo‘y», «Xo‘jayinning qul bilan suhbati» singari diniy–falsafiy dostonlar
muhim ahamiyatga ega. Ularning hammasidagi asosiy g‘oya – hayot va mamot o‘rtasidagi
kurashdan iborat. «Xo‘jayinning qul bilan suhbati», «Tushkunlik haqidagi suhbat» deb atalgan
dostonlar ular orasida kulgililik tabiatiga ega ekanligi bilan alohida ajralib turadi.
Misr.Estetik tafakkur taraqqiyotiga Qadimgi Misr madaniyati juda katta hissa qo‘shgan.
Barcha qadimgi xalqlar qatori misrliklar ham go‘zallikni hayotda deb bilganlar va uni foydalilik
mezoni bilan o‘lchaganlar. Ma’lumki, Nil daryosi qadimgi Misr farovonligining asosi bo‘lgan. Farovonlik esa, ular
fikricha, go‘zallikdir. Shuning uchun misrliklar Nilni ilohiy daryo sifatida talqin etadilar.
Qadimgi Misr san’atining juda ko‘p turlari ana shu manfaatli go‘zallik asosida vujudga kelgan.
“Avesto”. Bundan 3 ming yil avval qadimgi Xorazmda Spitoma urug‘idan dunyoga
kelgan Zardusht «Avesto» gotlarini badiha yo‘li bilan omma orasida qo‘shiq qilib aytgan. Bu
turkum she’rlar – «got»larda o‘sha hayotiy lavhalar o‘z aksini topgan. «Got» so‘zi aslida «goh»
ya’ni «kuy», «qo‘shiq» degan ma’noni anglatadi. Bu so‘z mumtoz musiqa merosimizda
«Dugoh», «Segoh», «Chorgoh» kabi atamalar tarkibida saqlanib qolgan.