1-mavzu: estetika fanining ob’ekti va va falsafiy mohiyati. Reja



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix20.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#76733
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu estetika fanining ob’ekti va va falsafiy mohiyati. Reja

Fojeaviylik. Fojeaviylik muammosi har doim falsafiy-estetik tafakkur sohiblarining 
e’tiborini jalb qilib kelgan. Fojiaviylik estetika kategoriyalari orasida ulug‘vorlik bilan qator 
yaqinlikka ega. Haqiqiy ulug‘vorlik fojiaviylikning davomi, desak mubolag‘a qilmagan 
bo‘lamiz. Shu bois estetikasida fojiaviylik kategoriyasining ulug‘vorlik kategoriyasidan keyin 
o‘rganilishi bejiz emas. Ulug‘vorlikning barcha xususiyatlari fojiaviylikning ham u yoki bu 
ko‘rinishi orqali namoyon bo‘ladi.
Fojiaviylik kategoriyasining falsafiyligi shundaki, u: 
– insoniy fazilatlardagi yo‘qotilgan narsalarning o‘rnini qoplab bo‘lmasligini ko‘rsatib 
beradi; 
– abadiyatga daxldor shaxslarni tavsiflaydi va baxolaydi; 
– sodir bo‘lgan voqea–hodisaning yakuniga qarab qahramon xarakterining ochib beradi; 
– dunyo manzarasi va inson hayotining mazmuni bo‘yicha falsafiy mushohada qilishga 
undaydi; 
– man etilgan tarixiy zidditlarni fosh etadi; 
– tushkunlik xolati va qayg‘u tuyg‘ularini paydo qilsa–da, Ayni paytda tantana va 
quvonch, hayotdan umidvorlik, hayotga muhabbat xislarini ham yuzaga keltiradi. 
– odamlarni yovuzlik, qabohat va ma’naviyatsizlikdan forig‘ qiladi.
Kulgililik. Bu bordagi mavjud nazariyalar kulgililikning predmetini ob’ektiv xususiyat 
sifatida yoki shaxsning sub’ektiv imkoniyatlari natijasi yohud sub’ekt va ob’ekt o‘zaro 
aloqadorligining natijasi sifatida ko‘rib chiqiladi va mazkur metodologik yondoshuv 
kulgililikdagi ko‘p ma’nolikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. 
Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan. Jumladan, Aflotun ojiz va 
layoqatsizlarni kulgili odamlar, deydi. Nodonlik esa insonni kulgili qiladi. Biroq, kulgililikning 
mohiyati, uning kelib chiqishi sabablari haqida Aflotun biror-bir fikrni aytgan emas. Quldorlik 
tuzumi zodagonlarining namoyondasi bo‘lgan Aflotun uchun kulgililikning demokratik mohiyati 
begona edi.
Aristotel fikricha, kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor yetkazmaydigan va 
zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi. Insondagi jahldorlik, suskashlik, 
qizg‘onchiqlik, subutsizlik, izzattalablik, shuhratparrastlik kabi illatlar kulgililik uchun ob’ekt 
bo‘ladi. Aristotel fikricha, kulgi–axloq hududlarini bezarar buzishdir. Aristotel estetikasida kulgi 
inkor etilib, komediyaning xarakteri nazariy jihatdan asoslanadi. Aristotelning fikriga ko‘ra, har 
qanday ozod inson hazil bilan ro‘baro‘ kelishi mumkin. Bu xolatda kulgi insonning shaxsiy 
ehtiyojini qondiradi. Qiziqchi esa–boshqalarning ermagi, ovunchog‘idir. 
Kulgilililik boshqa nafosatli hodisalar singari faqat ob’ektiv tomonga ega bo‘lmay, 
sub’ektiv tomonlarni ham o‘zida birlashtiradi. Kulgililikning sub’ektiv tomoni – keng ma’nodagi 
hazil (yumor) tuyg‘usidir. (Moler hazil tuyg‘usini insonni hayvondan ajratib turadigan xususiyati 
deb atagan edi.) Hazil – insonlararo munosabatlarni tabiiy va erkin idrok etishi, turli beo‘xshov 
ziddiyatlarni anglagan xolda ularga nisbatan oqilona kulgi bilan javob berish qobiliyatidir. Hazil 
tuyg‘usi juda murakkab aqliy tuyg‘u bo‘lib, unda shaxs o‘zining butun borlig‘i bilan namoyon 
bo‘ladi, unda insonning his–tuyg‘usi, aqliy madaniyati, orzu–umidlari va tabiati aks etadi. 
Shuning uchun ham insonning nima uchun kulayotganligiga qarab, uning qanday illat va qanday 
fazilatga ega ekanligini bilish mumkin bo‘ladi.
Kulgining badiiy shakllari orasida satira alohida o‘ringa ega. Umumnazariy ma’noda 
satira voqelikni badiiy tasvirlash turi bo‘lib, unda hayotning salbiy hodisalari ustidan kulish–


bunday hodisalar asosida yuksak insonning orzulariga zid ekanligini bo‘rttirib ko‘rsatish 
maqsadi yotadi. Satira har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Unga lirika ham, epos 
ham, drama ham begona emas. Satira markazida doim hayotning salbiy voqea–hodisalari 
joylashgan bo‘lib, butun fosh qilish kuchi ularga qarshi qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun 
komediya san’atiga xos tanqidiylik, yo‘nalganlik satirada eng to‘la va eng aniq ifoda topadi. 
Satirani asosan kulgi fosh eitb qo‘yadi, lekin kulgi bu jarayonda qahr–g‘azabdan ajralmagan 
holda namoyon bo‘ladi. 
Satira mazmunining xususiyati uning mubolag‘a (giperbola) va g‘aroyibot hajvi 
(grotesk) kabi keskin bo‘rttirish vositalaridan kelib chiqadi. Jamiyat rivojlanib borishi jarayonida 
satiraning ob’ekti bilan birga uning sub’ekti ham o‘zgarib boradi. Hozirgi davrda umuminsoniy 
maqsad–manfaatlarning ustuvorligi umuminsoniy qadriyatlar vositasida jahon xalqlari hayotidan 
tobora mustahkam o‘rin egallab borayotgan ekan, insoniyatning mana shu bosh taraqqiyot 
yo‘lini to‘sadigan barcha chirik, eskirib qolgan, dogmaga aylangan narsalar, xolatlar adabiyot va 
san’atning o‘tkir va hayotchan satira ob’ekti bo‘lib qolaveradi.
Kulgi–insoniy voqelik. Inson o‘zining aqli yordamida kuladi. U, albatta, o‘zining 
ahmoqligidan ham kulishi mumkin, biroq bu kulgi telbaning mazmunsiz kulgisi hisoblanadi. 
Kulgidagi lazzatning manbaida masxara, istehzo kabi ob’ektlarning ustidan afzallik tuyg‘usi 
yotadi.
Umuman olganda, estetikaning tushunchalari (kategoriyalari) doimiy hamkorlikda 
mustahkamlanib boradi. Ayniqsa, bu jarayonda go‘zallik kategoriyasi bog‘lovchilik vazifasini 
bajaradi. Shuning uchun fojiaviylikda, ulug‘vorlikda, hunuklikda ham go‘zallik unsurlarining 
uchrashi bejiz emas. 
 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin