1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 197,4 Kb.
səhifə27/39
tarix05.06.2023
ölçüsü197,4 Kb.
#125065
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli

 

 
63 


Dogmatika.

16
Dogmatik tafakkur falsafadagi amaliyot va fanning yangi ma’lumotlarini hisobga 
olmay, konkret makon va zamon bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zgarmas tushunchalar va qoidalar bilan ish 
ko‘ruvchi tafakkur usulidir. Dogmatik tafakkurning asosini metafizika tashkil qilib, u dastlab sofistik 
tafakkur usuliga qarama-qarshi o‘laroq, vujudga keladi. Dogmatik tafakkurning paydo bo‘lishi tarixan 
metafizik usulning qaror topishi va rivojlanib borishi bilan bog‘liqdir. Dastlab tabiatshunoslik fanlari 
sohasida tabiatni tekshirish usuli sifatida paydo bo‘lgan metafizika «tabiatdagi buyumlar va jarayonlarni bir-
biridan ajratilgan holda, ular o‘rtasidagi umumiy bog‘lanishdan tashqarida tekshirishga va shuning 
natijasida, ularni harakat holatida emas, balki harakatsiz holatida - muhim darajada o‘zgaradigan narsa 
sifatida emas, balki o‘lik narsalar sifatida tekshirishga» kishilarni odatlantirib qo‘ya boshlaydi. Bunday 
tekshirish va tushunish bora-bora o‘ziga xos dogmatik tafakkur usulini vujudga keltiradi. 
Metafizik-dogmatik fikr qiluvchi kishi nazarida, buyumlar va ularning fikrdagi in’ikoslari, ya’ni 
tushunchalar bir-biridan keyin va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirilishi lozim bo‘lgan ayrim-
ayrim, o‘zgarmas, qotib qolgan, hamisha bir zaylda turadigan narsalardir. Uning nazarida, buyum yo 
mavjuddir, yoki mavjud emasdir va xuddi shuningdek, bir narsa ayni zamonda shu buyumning o‘zi va yana 
boshqacha bo‘la olmaydi. Musbat narsa bilan manfiy narsa bir-birini mutlaqo istisno qiladi... Bu tafakkur 
usuli, daf’atan qaraganda, bizga tamomila maqbul bo‘lib ko‘rinadi. 
O‘rta asr falsafasida metafizika teologiyaning falsafiy asosi qilib olinishi bilan diniy aqidalarga 
ishonish talablari kuchayadi. Bu o‘z navbatida dogmatik tafakkurning yanada keng tarqalishiga sabab 
bo‘ladi. Faqat dialektikaning paydo bo‘lishi bilan, metafizik tafakkurning ilmiy jihatdan asossizligi ma’lum 
bo‘lgandan keyingina, dogmatik tafakkur o‘zining falsafiy asosidan mahrum bo‘ladi. Lekin dogmatik 
tafakkur hozir ham mavjud. Dogmatik tafakkurning mavjudligi, avvalo, inson o‘z bilish jarayonida ba’zan 
bilishning biron bir tomoni yoki biron holatini noo‘rin mutlaqlashtirishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu 
bilan birga, dogmatik tafakkurning mavjudligi hozirgi zamon falsafasida olamning o‘zgaruvchanligi va 
rivojlanishi g‘oyasini inkor etuvchi antidialektik (ya’ni metafizik) konsepsiyalarning mavjudligi bilan 
hamda dialektikani bilmaslik yoki tushunmaslik bilan ham bog‘liqdir. 
Dogmatik tafakkur, ayniqsa, siyosatda juda xavflidir, u bunda sektantlikka, sub’ektivizmga, 
amaliyotdan uzilishga, ijodiy jarayonlarni to‘xtatishga, ijodiy g‘oyalar, nazariya va ta’limotlardan voz 
kechishga, hamma sohada sodir bo‘ladigan yangiliklarni o‘z vaqtida payqamaslikka, istiqbolni oldindan 
ko‘rishga to‘sqinlik qiladi. Dogmatik tafakkurga ega kishilar, ayniqsa, rahbarlik sohalarida jamiyatga juda 
katta zarar keltiradilar, ular jahon (jamiyat) taraqqiyotining o‘zgargan sharoitlarini hisobga olmasdan, o‘zlari 
ko‘nikkan vaziyatga muvofiq eski qarashlarga qattiq yopishib olib, ish tutadilar va fikr yuritadilar. Buni biz 
O‘zbekistonning o‘z mustaqil taraqqiyotini boshlab yangicha rivojlanish yo‘liga o‘tgan davrda ba’zi o‘rta 
bo‘g‘in rahbar kishilar faoliyatlarida yaqqol uchratdik. Umuman, dogmatik tafakkurning hamma xildagi 
ko‘rinishlariga qarshi kurash olib borib, dialektik tafakkurni hamma sohada keng qaror toptirish lozim. 
Faqat dialektik tafakkurgina ijtimoiy taraqqiyotning tarixiy ehtiyojlarini, eski shakllarning yangi rivojlangan 
mazmunga muvofiq kelmasligini, insoniyatning taraqqiyotini ta’minlovchi yangi shakl va mazmunga 
o‘tishning zarurligini to‘g‘ri hisobga olishga yordam beradi. Hozirgi kunda shakllanayotgan sinergetika ham 
dialektika muammolariga yangicha yondoshish kerakligini ko‘rsatmoqda.
6. Globallashuv , globalistika va barqaror taraqqiyot


Yüklə 197,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin