1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Eklektika.
15 Dialektik tafakkur usuliga muqobil bo‘lgan tafakkur usullaridan yana biri bu
eklektikadir. Eklektik tafakkur usuli ham dastlab qadimgi yunon falsafasida yuzaga keladi. Eklektik
tafakkur usuli, ayniqsa, O‘rta asr falsafasi va yangi zamon falsafasi sxolastiklari qarashlarida keng
qo‘llaniladi. Eklektik tafakkur usulida narsa va hodisalarning muhim va nomuhim, asosiy va asosiy
bo‘lmagan xususiyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar mexanik ravishda birlashtirilib, qorishtirilib
ifodalanadi. Narsa va hodisalarga, ularning bog‘lanishlariga konkret (aniq), muayyan makon va zamonda,
muayyan vaziyat va shart-sharoitda yondashmaslik, ulardagi asosiy va ikkinchi darajali tomonlarni hisobga
olmaslik asosida eklektik tafakkur usuli paydo bo‘ladi. Eklektik tafakkur usuli, ayniqsa, rahbarlikda
rahbarning amaliy va nazariy faoliyatida, uning turmush ilgari surayotgan masalalarni to‘g‘ri hal qilishiga
katta xalaqit beradi. U bunda narsa va hodisalarni, ularni tug‘dirgan hayotiy muammolarning qaysi biri
muhim, qaysi birini birinchi navbatda hal qilishni bilmaydi, u voqealar zanjiridagi asosiy xalqalarni asosiy
bo‘lmaganlardan ajrata olmaydi.Eklektik tafakkur usuli turli sohalarda turlicha ko‘rinishlarda namoyon
bo‘ladi. Eklektik tafakkur usuli asosida ham formal mantiq qonunlaridan noto‘g‘ri foydalanish, narsa va
hodisalar mohiyatiga yuzaki yondashish yotadi. Natijada, dogmatik tafakkur qaror topadi.
14
Софистики (юнонча: sоpism — ataylab хаtо asoslar asosida, ko’p ma’noli so’zlarga asoslanib fikr yuritish) — bilib turib, хаtо
asoslardan yolg’on xulosa chiqarishdir. Bu yerda sufiylik falsafasi emas, balki o’rta asrlarda Yevropada кенг tarqalgan alohida
falsafiy ta’limot nazarda tutiladi.
15
Эклектика (юнонча: еklegein — tanlayman, degani) — turli qarama-qarshi nazariyalarni qarashlarni aralash-quralash qilib