1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 197,4 Kb.
səhifə22/39
tarix05.06.2023
ölçüsü197,4 Kb.
#125065
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli

 

 
59 

dialektika tushunchasining paydo bo‘lishi, u o‘zining dastlabki davrlardagi tor ma’noni ifodalashiga 


qaramasdan, o‘sha davrlardan to bizning kunlarimizgacha qo‘llanib kelingan sermazmun falsafiy suhbat 
usulining paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynadi va insoniyat madaniyatining rivojlanishiga katta hissa bo‘lib 
qo‘shildi.
Asrlar davomida to‘planib borgan dialektik munozara madaniyati murakkab muammolarni 
muhokama qilish, ulardagi turli qarama-qarshi nuqtai nazarlarni ochish, aniqlash va tushunish mahoratining 
qaror topishi inkor qilib bo‘lmas ahamiyat kasb etdi. Bora-bora dialektika qarama-qarshi nuqtai nazarlar
ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochish usuli sifatida qaraladigan bo‘ldi.
Shunday qilib, sekin-asta inson ijodiy tafakkuri o‘z tabiati bilan dialektik ekanligi haqidagi tasavvur 
paydo bo‘ldi. Lekin ma’lum vaqt o‘tishi bilan dialektika faqat kishilarning o‘zaro munozaralarigagina xos 
emasligi ma’lum bo‘la bordi. Oqibatda, dialektika faqat inson fikrlash jarayonigagina xos bo‘lmasdan, balki 
u tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarga ham xos, deb qarala boshlandi. Ayniqsa, bu qarash borliq 
shakllari va turlari o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorliklarning, ular doim o‘zgarib, rivojlanib, bir holatdan 
ikkinchi holatga o‘tib turishlarining aniqlanishi bilan yanada rivojlandi. Natijada, «dialektika» tushunchasi 
insonni, uni qurshab turgan dunyoni bilish, uni tushunish va izohlashning umumiy usuli ma’nosini ifodalay 
boshlaydi.
Vaqt o‘tishi bilan «dialektika» tushunchasi hamma narsalar: xoh katta, xoh kichik bo‘lishiga 
qaramasdan, o‘zgarib, o‘zining oldingi xususiyatlarini o‘zgartirib, ilgari ega bo‘lmagan yangi xususiyatlar 
hosil qilib borishlarini ham ifodalay boshlaydi. Shu asosda asta-sekin dunyoni dialektik tushunish, borliq va 
bilishga dialektik qarash qaror topa boshlaydi. Lekin dunyodagi barcha o‘zgarish, aloqadorlik va 
rivojlanishlarni falsafiy jihatdan tushunib etish juda qiyinlik bilan kechdi. Sababi: insoniyat taraqqiyotining 
juda uzoq davrlarigacha kishilar kosmosni, o‘simliklar, hayvonot dunyosini, hatto kishilarning o‘zlarini ham 
o‘zgarmas, doimo bir xilda turadi, deb bilishgan. Dunyoning o‘zgaruvchanligi, undagi narsa va 
hodisalarning bir-birlariga bog‘liqligi to‘g‘risidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishi insoniyatning dunyoni 
bilishi jarayonida juda katta kashfiyot bo‘lgan. 
Dunyoning o‘zgaruvchanligi to‘g‘risidagi dastlabki fikrlar ham qadimgi Xitoy, Hindiston hamda 
Yunonistonning falsafiy ta’limotlarida ilgari suriladi. Qadimgi davr faylasuflari, garchi hali harakatning turli 
ko‘rinishlari va xillari to‘g‘risida ilmiy dalillarga ega bo‘lishmasa ham, borliqning umumiy o‘zgaruvchi 
xarakteri haqida o‘z davrlari uchun yangi fikrlarni ilgari surishadi. 
Kishilar dastlabki vaqtlardan boshlab o‘z tajribalarida narsa, hodisalardagi o‘zgaruvchan 
xususiyatlar bilan birga, ularda ma’lum barqaror, o‘zgarmas xususiyatlarning ham mavjudligini anglay 
boshlaganlar. Nihoyat, dunyo o‘zgaruvchanmi, yoki o‘zgarmasmi? degan savollar paydo bo‘lib, bu 
savollarga mutafakkirlar turli xil javob berganlar. Amaliyot bergan ko‘pdan-ko‘p ma’lumotlarga va o‘z 
kundalik tajribalariga tayangan ko‘pchilik mutafakkirlar dunyo o‘zgaruvchan, deyishgan. Lekin bunga 
qarama-qarshi bo‘lgan, dunyo o‘zgarmas, barqaror, deyuvchi mutafakkirlar ham o‘zlarining muayyan 
asoslariga ega bo‘lishgan. Natijada, dunyoning, undagi narsa va hodisalarning ham o‘zgaruvchan, ham 
barqaror o‘zgarmas xossalari haqidagi qarashlar kelib chiqadi. Haqiqatan ham, narsa va hodisalar ma’lum 
vaqt ichida har qancha o‘zgarsa ham, ayni vaqtda ularning ma’lum tomonlari o‘zgarmay qolaveradi. Xullas, 
bunday qarashlar to‘plana borib, narsa va hodisalarning qarama-qarshi tomonlari, ular o‘rtasidagi ziddiyatlar 
haqidagi qarashlar tufayli falsafada rivojlanish g‘oyasi kelib chiqadi. 
Rivojlanish g‘oyasi inson ongida uzoq asrlar davomida shakllanib boradi. Dastlab kishilar rivojla-
nish to‘g‘risida hech bir tasavvurga ega bo‘lmagan. Lekin keyinchalik ular dunyodagi narsa va hodisalarda 


Yüklə 197,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin