Imkoniyat va voqyelik - falsafaning muhim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa va
hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendensiyasini ta'minlaydigan, muayyan
qonuniyatlarga asoslanadi. Voqyelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning
namoyon bo‘lishidir. Imkoniyat va voqyelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy
tamoyillariga ko‘ra, boshqa kategoriyalar bilan bog‘liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.
Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning
rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o‘zida
mujassamlashtirgan.Imkoniyatning voqyelikka aylanishi qonuniy hodisadir. Uning real, formal,
mavhum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin
demokratik huquqiy jamiyat qurishi uchun real imkoniyatlar vujudga keldi. Bunday imkoniyatlar
I.A. Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari
va taraqqiyot kafolatlari» asarida ko‘rsatib berildi.
Imkoniyat kategoriyasini, uning shart-sharoiti bilan aralashtirmaslik kerak. Shart-sharoitlar
oqibat, tasodif, hodisa sifatidagina imkoniyatga ta'sir qiladigan omillar majmuasidan iborat.
Mavjud voqelik tarixiy genezisiga ko‘ra, o‘zida boshqa voqyelikning imkoniyatlarini
mujasamlashtirgan bo‘ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotining hozirgi bosqichi real voqyelik
sifatida, uning keyingi rivojlanish imkoniyatlarini namoyon qiladi.
5. Falsafa tarixida bilishga oid qarashlar evolutsyasi
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Harakat, taraqqiyot, umumiy
bog‘lanish va aloqadorlik to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotlar ham falsafa fani bilan birga paydo bo‘lgan. Bu
muammolar tahlili falsafada «dialektika» tushunchasi orqali ifodalangan. Bu tushuncha falsafa tarixida turli
davrlarda turli ma’nolarni ifodalab kelgan. Dialektika dastlabki davrlarda o‘zaro bahs, munozara olib
boruvchi mutafakkirlarning muhokamalaridagi qarama-qarshi, zid fikrlarning to‘qnashuvi va shular asosida
haqiqatni aniqlash ma’nosini ifodalagan. Antik davr mutafakkirlarining ma’lumotiga ko‘ra, munozarada
ishtirok etuvchilar, o‘z muhokamalarida bir-birlariga muqobil savollarni berib, bu savollarga har tomonlama
yondoshib, ulardagi bir tomonlamaliklarni bartaraf qilishga uringanlar. Bunda, ular, o‘z muhokamalarida har
xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda, ilmiy, nazariy, ahloqiy, siyosiy, huquqiy va shu kabi voqea-
hodisalar to‘g‘risida o‘z qarashlarini ishlab chiqqanlar. Ular shundan kelib chiqib, dialektika deganda o‘zaro
bahslashuv san’atini, munozara asosida haqiqatga erishish usulini tushunganlar. Masalan, antik davr
mutafakkiri Suqrot dialektikani bahslarda yo‘l qo‘yiladigan qarama-qarshi fikrlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni
ochish orqali haqiqatga erishish san’ati, deb tushungan. Dialektikani bahs san’ati sifatida tushunish hatto
o‘rta asrlarda ham davom etgan. Buni o‘rta asrlar mutafakkiri Per Abelyarning «Ha va yo‘q» nomli asari
yaqqol tasdiqlaydi.
Dialektikaga munozara san’ati sifatida qarash o‘rta asrlarda yashagan O‘rta Osiyo mutafakkirlariga
ham xos bo‘lib, hatto bu narsa Uyg‘onish davrlarida ham davom etgan. Bu davr mutafakkirlarida ham
dialektika savol-javob san’ati sifatida o‘zgacha fikrlarni rad qilish usuli bo‘lib xizmat qiladi. Bunga misol
qilib G.Galileyning «Dunyoning ikki sistemasi to‘g‘risidagi bahs» asarini ko‘rsatish mumkin. Umuman,