1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 197,4 Kb.
səhifə25/39
tarix05.06.2023
ölçüsü197,4 Kb.
#125065
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli

 

 
62 


Sofistika

14

. Sofistik tafakkur usuli dastlab qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘lib, o‘rta asrlarda
ayniqsa keng tarqaladi va rivojlanadi. 
Qadimgi davr yunon falsafasida biron-bir xunarni yoki biron bir bilim sohasini mukammal egallagan 
kishilar sofistlar, deb atalgan bo‘lsa, keyinchalik o‘rta asrlarga kelib, notiqlik, donishmandlik, bilimdonlik 
bilan nom chiqargan kishilar ham, turli omonim so‘zlar asosiga ko‘rilgan turli fikrlar bilan kishilarning 
boshini qotiradigan, ustamonlik bilan ular fikrlarini chalg‘itadigan kishilar ham sofistlar, deb atala 
boshlanadi. 
Sofistik tafakkur usuli yoki sofistika muhokama jarayonida bilib turib, ataylab yolg‘on asoslardan 
yolg‘on xulosalar chiqarish asosida fikr yuritish usulidir. Shu sababli sofistikani Forobiy «yolg‘ondakam 
donolik» deb, izohlaydi. Uning fikricha, sofistik tafakkur usuli bilan fikr yurituvchi kishi o‘rganilishi lozim 
bo‘lgan narsalarni o‘rganishda aqlni to‘g‘ri yo‘ldan chalkashtiradi va yolg‘onni rost shaklda tasavvur 
qilishga majbur qilib, kishini to‘g‘ri fikrlashdan adashtiradi. 
Sofistika ijtimoiy ildizlarga ega. Sofistik tafakkur usuli haqiqatni ataylab buzib, yolg‘on fikrni 
haqiqat sifatida ko‘rsatishga asoslanadi. Bu narsa doimo ma’lum manfaatdan kelib chiqib qilinadi. Bunga 
odatda formal mantiq qonunlarining talablaridan kelib chiqib yondashish ham imkon tug‘diradi. Sofistik 
tafakkur usulida kishi rasmiy formal ta’riflar bilan cheklanadi va shu asosda fikr yuritadi. Lekin sofistik 
tafakkur usulini ham faqat salbiy jihatdan qarash to‘g‘ri emas. Sababi: sofistik tafakkur usuli ilmiy bilishda, 
haqiqatni aniqlashda salbiy rol o‘ynasa ham, biroq u san’atda, har xil komik vaziyatni yaratishda, badiiy 
tasvirda ijobiy rol o‘ynaydi. Sofistik tafakkur usuli ham inson tafakkurining bir qirrasi, bir tomoni sifatida 
tafakkurning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Dialektik tafakkurning qaror topishida sofistik tafakkurning 
o‘ziga xos muhim o‘rni ham bor. Forobiy yozganidek, mantiq qonunlariga qatiy bo‘ysuniladigan fikr 
jarayoni sofistik tafakkur usulidan kishini xalos qiladi. Fikrning mantiqiy bo‘lishi uchun u formal mantiq 
qonunlaridan dialektik mantiq qonunlari darajasiga ko‘tarilishi lozim. 


Yüklə 197,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin