1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 197,4 Kb.
səhifə24/39
tarix05.06.2023
ölçüsü197,4 Kb.
#125065
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli

 

 
61 

Bu dialektika bir butun borliqning eng umumiy aloqadorligi, o‘zgarishi va taraqqiyoti to‘g‘risidagi 


ta’limot sifatida ham moddiy dunyoga, ham uning in’ikosi bo‘lgan inson bilishiga xos ta’limotdir. Shunga 
ko‘ra bu dialektika o‘z ichiga ob’ektiv va sub’ektiv dialektikani oladi. Bunda moddiy dunyoning, undagi 
narsa va hodisalarning aloqadorlik va bog‘lanishlari, ularning harakati, o‘zgarish va rivojlanishlari ob’ektiv 
dialektikani tashkil etadi. Moddiy dunyoning inson miyasidagi in’ikosiga xos bo‘lgan bilish jarayonining 
dialektikasi sub’ektiv dialektika — ob’ektiv dialektikaning kishilar miyasidagi in’ikosidir. Demak, ob’ektiv 
dialektika — bu narsalar, buyumlar dialektikasidir; sub’ektiv dialektika esa, ob’ektiv dialektikaning inson 
ongidagi in’ikosi — ya’ni, tafakkur dialektikasidir. 
Ob’ektiv dialektika sub’ektiv dialektikani vujudga keltiradi. Bu jihatdan dialektikaga yangicha 
yondoshish Gegel dialektikasidan tubdan farq qiladi. Gegel dialektikasiga ko‘ra fikr, tafakkur dialektikasi 
narsalar, buyumlar dialektikasini yaratadi, ya’ni sub’ektiv dialektika ob’ektiv dialektikani tug‘diradi. 
Boshqa faylasuflarning ta’limotiga ko‘ra esa, aksincha, narsalar, buyumlar dialektikasi fikr, tafakkur 
dialektikasini yaratadi. 
Dialektika borliq, ya’ni tabiat, jamiyat va inson tafakkuridagi aloqadorliklar va rivojlanishlarning 
umumiy qonuniyatlari haqida bizga to‘g‘ri yo‘nalish berib, dunyoni o‘zlashtirish va o‘zgartirish yo‘llarini 
ko‘rsatib beruvchi nazariyadir, usuldir. Dialektika dunyoning haqiqiy ilmiy manzarasini yaratib, kishilarda 
ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. Chunki ilmiy asoslangan dialektika, birinchidan, 
dunyodagi har bir narsa yoki hodisaning hamma tomonlarining bir-birlariga bog‘liq bo‘lishi va bir-birlari 
bilan juda mustahkam aloqador ekanligi to‘g‘risida chuqur ma’lumot bersa, ikkinchidan, u bosib o‘tilgan 
bosqichlarni takrorlanayotgandek bo‘lib ko‘rinadigan, lekin ularni boshqacha, yanada yuqoriroq negizda 
takrorlaydigan taraqqiyot, to‘g‘ri chiziq bilan emas, balki spiral tarzda boradigan, ma’lum holatlarda 
boshlang‘ich holga go‘yo qaytganday bo‘lib ko‘ringan, ma’lum tanazzullar va bo‘hronlar bilan bo‘ladigan 
ilg‘or taraqqiyot to‘g‘risidagi ta’limot hisoblanadi. Dialektika kishilarning, ularni qurshab turgan dunyoni 
bilishining umumiy usuli sifatida dunyoga dialektik qarashni vujudga keltirgan. Dunyoga dialektik qarash 
— bu barcha narsa va hodisalarni, ularning inson miyasidagi in’ikoslari — inson bilishini ham o‘zaro 
aloqadorlikda va bog‘lanishda, qarama-qarshiliklar birligi va kurashida, miqdor va sifat o‘zgarishlarining 
bir-biriga o‘tishida, eskining o‘rnini yangi egallashida, xullas, ularni «o‘z harakati»da, o‘zgarib va rivojlanib 
turishida, paydo bo‘lib va yo‘q bo‘lib turishida, va ayni vaqtda hamma narsa o‘zaro bog‘liqlik va aloqa-
dorlikda va o‘zaro munosabatda, deb tushunishdir. Bunday tushunish dialektik qarashni vujudga keltiradi. 
Dunyoga dialektik qarash dialektik tafakkurni yuzaga keltiradi. 
Dialektik tafakkur sub’ekt tafakkurining rivojlanish darajasiga ham bog‘liqdir. Tabiat va jamiyatda 
pirovard natijada hamma narsa dialektik tarzda yuz beradi. Bu dialektik jarayon sub’ekt miyasida in’ikos 
etganda, paydo bo‘lgan tasavvur va tafakkur yo metafizik yoki dialektik yo‘l bilan hosil qilinishi mumkin. 
Dialektik tafakkur shu jihatdan inson tafakkuri taraqqiyotining nisbatan yuqori bosqichiga xosdir. Dialektik 
tafakkur borliqdagi narsa va hodisalar asli qanday bo‘lsa, ularning sub’ekt miyasida muayyan fikr shaklida 
xuddi shunday aks etishidir. Dialektik tafakkur — bu dialektik fikrlash usuli. Dialektik tafakkur ham 
tabiatshunoslik va ijtimoiy fikr taraqqiyoti bilan o‘zgarib, rivojlanib boradi. Uning keyingi davr ijtimoiy 
taraqqiyot bilan, jahon xalqlari hamjamiyatlarining vujudga kelishi bilan bog‘liq yuzaga kelgan shakli, bu 
— yangicha tafakkurdir. Yangicha tafakkurning asosini jamiyatni dialektik tushunish tashkil qiladi. 
Dialektik tafakkur usuli o‘z mohiyati bilan sofistik, eklektik va dogmatik tafakkur usullaridan tubdan farq 
qiladi. Tafakkurning sofistik, eklektik, metafizik-dogmatik usullari dialektik tafakkur usulining 
muqobillaridir. Ular inson tafakkuri faoliyatining turli qirralari sifatida bir-birlariga ham qarama-qarshi, 
ham, ayni vaqtda, bir-birlarini to‘ldiradilar. Ularning har birining inson tafakkuri jarayonida o‘z o‘rni bor. 
Biz ularning har biri bilan qisqacha tanishib chiqamiz. 


Yüklə 197,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin