1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 197,4 Kb.
səhifə26/39
tarix05.06.2023
ölçüsü197,4 Kb.
#125065
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli

Eklektika.

15
Dialektik tafakkur usuliga muqobil bo‘lgan tafakkur usullaridan yana biri bu 
eklektikadir. Eklektik tafakkur usuli ham dastlab qadimgi yunon falsafasida yuzaga keladi. Eklektik 
tafakkur usuli, ayniqsa, O‘rta asr falsafasi va yangi zamon falsafasi sxolastiklari qarashlarida keng 
qo‘llaniladi. Eklektik tafakkur usulida narsa va hodisalarning muhim va nomuhim, asosiy va asosiy 
bo‘lmagan xususiyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar mexanik ravishda birlashtirilib, qorishtirilib 
ifodalanadi. Narsa va hodisalarga, ularning bog‘lanishlariga konkret (aniq), muayyan makon va zamonda
muayyan vaziyat va shart-sharoitda yondashmaslik, ulardagi asosiy va ikkinchi darajali tomonlarni hisobga 
olmaslik asosida eklektik tafakkur usuli paydo bo‘ladi. Eklektik tafakkur usuli, ayniqsa, rahbarlikda 
rahbarning amaliy va nazariy faoliyatida, uning turmush ilgari surayotgan masalalarni to‘g‘ri hal qilishiga 
katta xalaqit beradi. U bunda narsa va hodisalarni, ularni tug‘dirgan hayotiy muammolarning qaysi biri 
muhim, qaysi birini birinchi navbatda hal qilishni bilmaydi, u voqealar zanjiridagi asosiy xalqalarni asosiy 
bo‘lmaganlardan ajrata olmaydi.Eklektik tafakkur usuli turli sohalarda turlicha ko‘rinishlarda namoyon 
bo‘ladi. Eklektik tafakkur usuli asosida ham formal mantiq qonunlaridan noto‘g‘ri foydalanish, narsa va 
hodisalar mohiyatiga yuzaki yondashish yotadi. Natijada, dogmatik tafakkur qaror topadi. 
14
Софистики (юнонча: sоpism — ataylab хаtо asoslar asosida, ko’p ma’noli so’zlarga asoslanib fikr yuritish) — bilib turib, хаtо 

asoslardan yolg’on xulosa chiqarishdir. Bu yerda sufiylik falsafasi emas, balki o’rta asrlarda Yevropada кенг tarqalgan alohida 


falsafiy ta’limot nazarda tutiladi. 
15
Эклектика (юнонча: еklegein — tanlayman, degani) — turli qarama-qarshi nazariyalarni qarashlarni aralash-quralash qilib 

yuboruvchi tafakkur usuli. 




Yüklə 197,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin