1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 197,4 Kb.
səhifə23/39
tarix05.06.2023
ölçüsü197,4 Kb.
#125065
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli

 

 
60 

yuz beradigan turli xil o‘zgarishlarni anglay borib, dunyoning uzluksiz harakatda, o‘zgarish va rivojlanishda 


ekanligini tushuna boshlaganlar. Ular, shu bilan birga, tabiat va jamiyat voqea-hodisalarida juda ko‘p 
davriy, takrorlanuvchi hodisalarni ham bila borganlar. Masalan, yil fasllari, kun bilan tunning o‘rin 
almashishi va shular kabi. Lekin dastlabki davrlarda mutafakkirlar rivojlanishni butunlay yangi narsaning, 
yangi bosqichning paydo bo‘lishi, deb tushunish darajasiga ko‘tarila olmaganlar. Rivojlanishni butunlay 
yangi sifat o‘zgarishi, eskiga nisbatan jiddiy yangining paydo bo‘lishi, deb tushunishda Uyg‘onish davri 
Sharq va O‘rta Osiyo mutafakkirlari, keyinchalik esa o‘rta asr xristian, diniy va tarix falsafasi mutafakkirlari 
bir qadar oldinga ketadilar. Ularning qarashlarida rivojlanish g‘oyasini insoniyat jamiyati tarixiga tatbiq 
etishga urinishlarni uchratamiz. 
Rivojlanish g‘oyasini bir butun dunyo rivojlanishi bilan bog‘lab tushunishda muhim qadamni 
birinchi bo‘lib fransuz faylasufi Rene Dekart qo‘yadi. U, dunyoni xudo yaratayotib, unga dastlabki turtkini 
kiritgan va uni harakatga keltirgan, deydi. XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari Volter va Russo inqilobiy 
qayta qurishni o‘z ichiga olgan tarixiy rivojlanish g‘oyasini ilgari surishadi. Ularning izdoshi Kondorse esa 
o‘zining jamiyatning ilgarilama harakati, uzluksiz taraqqiyot to‘g‘risidagi ta’limotini yaratadi. Bu muta-
fakkirlar o‘z qarashlarida g‘oyaviy omillar (masalan: ahloq, din, huquq va shu kabilar) jamiyatni harakatga 
keltiruvchi, rivojlantiruvchi asosiy kuchlardir, degan g‘oyani ilgari suradilar. 
Nihoyat, rivojlanish to‘g‘risidagi har xil qarashlarning sintezi sifatida bir butun taraqqiyot nazariyasi 
faqat nemis klassik falsafasidagina paydo bo‘ldi. Bu falsafaning asoschilaridan biri Immanuil Kant 
rivojlanish g‘oyasini quyosh sistemasi va barcha yulduzlar dunyosini izohlashga tatbiq etib, uni hatto 
insonning ijtimoiy rivojlanishiga, xususan, insonning ahloqiy rivojlanishiga ham joriy etishga urinadi. 
Kantning shogirdi Gerder esa rivojlanish g‘oyasini butun xalqlarning tarixi taraqqiyotiga va insoniyat 
madaniyati taraqqiyotiga birinchi bo‘lib tatbiq etadi. Bu davrga kelganda, dialektika tushunchasi endi 
rivojlanish g‘oyasini ifodalay boshlaydi. 
Dialektikani rivojlanish haqidagi har taraflama, mazmun jihatdan boy va chuqur ta’limot sifatida 
birinchi marta nemis klassik falsafasining buyuk vakili Gegel ishlab chiqdi. Gegelning ulug‘ xizmati shu 
bo‘ldiki, u birinchi bo‘lib, butun tabiiy, tarixiy va ma’naviy dunyoni bir jarayon shaklida, ya’ni uzluksiz 
harakat qilib, o‘zgarib, qaytadan tuzilib, taraqqiy qilib turadigan holda ko‘rsatdi va bu harakat bilan 
taraqqiyotning ichki bog‘lanishini ochib berishga urindi. Natijada, insoniyat tarixi insoniyatning o‘zining 
taraqqiyot jarayoni sifatida maydonga chiqdi va endilikda tafakkurning vazifasi bu jarayonning barcha 
yanglishib yurishlari ichida uning izchil bosqichlarini kuzatib borish va zohiriy tasodiflar orasida bu 
jarayonning ichki qonuniyatlarini isbot etishdan iborat bo‘lib qoldi. 
Gegelning taraqqiyot to‘g‘risidagi bu qarashi dialektika haqidagi falsafiy ta’limotni yanada boyitadi. 
Gegel birinchi bo‘lib dialektikaning barcha kategoriyalari va qonunlarini ta’riflab bergan edi. Lekin 
dialektika Gegelda mistiklashtirilgan, bir tomonlama, boshi bilan turgan dialektika edi. Chunki Gegelning 
fikricha, dialektika «fikrning har qanday ilmiy kengaytirilishining harakatlantiruvchi jonidir va u shunday 
bir prinsipdan iboratdirki, bu prinsip yolg‘iz o‘zi fanning mazmuniga immanent aloqa va zaruriyat kiritadi». 
Keyingi davrlarda fan va amaliyot rivoji natijasida dialektika tabiat, jamiyat va tafakkur 
taraqqiyotining, ulardagi aloqadorlik va bog‘lanishlarning eng umumiy qonunlari haqidagi fan; voqelikdagi 
narsa va hodisalar, ularning fikriy in’ikoslari o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi prinsiplar, ularni doimo 
o‘zgarish va rivojlanishda, ichki ziddiyatlar taqozosi bilan yuz beradigai «o‘z harakati»da, deb qaraydigan 
bilish nazariyasi; har tomonlama boy, ziddiyatlarga to‘la tarixiy taraqqiyot haqidagi ta’limot sifatida 
maydonga chiqadi. 


Yüklə 197,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin